Pedagogik mahorat
Bilimlarni og‘zaki usul bilan tekshirish
Download 0.84 Mb.
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilimlarni yozma - grafik usulda tekshirish
- Bilimlarni amaliy - laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish orqali tekshirish
Bilimlarni og‘zaki usul bilan tekshirish metodi asosan ikki qism- dan: birinchisi, tekshirish savollari va vazifalari, ikkinchisi esa, qo‘yilgan savol va vazifalarga javoblar hamda talablardan tashkil topadi. Bunda savol va topshiriqlarning mazmunini belgilashda, o‘rganilayotgan o‘quv materiali mazmuni bilan ilgari o‘tilgan materiallar mazmuni orasidagi bog‘lanishni tahlil qilish, o‘tilgan mavzuni nazorat qilishda esa yetakchi bilimlarni ajratish zarur bo‘ladi.
Savol va berilgan topshiriqlarning sifati o‘quvchilarning aqliy faoli- yatlarining xarakteriga bog‘liq bo‘lganidan, ular o‘quvchilarning xoti- rasini faollashtirish, fikrlash (solishtirish, umumlashtirish, yaxlitlash va hokazo) va nutqini rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim. Bilimlarni yozma - grafik usulda tekshirish, o’quvchilarning nazariy bilimlarini; o‘quvchilarni masalalar va boshqa eksperimental topshiriqlarni bajarishda qo‘llay olish ko‘nikmasi va malakasini; o‘quvchilarda berilgan masalalar bo‘yicha shakllangan ko‘nik- malarni tekshirishni nazarda tutadi. Yozma - grafik usulda ishlarni tekshirish metodikasi quyidagi to’rt etapda bajariladi: nazoratni o‘tkazishga tayyorgarlik; uni tashkil etish; o‘tkazish; natijalarni tahlil qilish. Nazoratni tashkil etishda nazorat etaplarining maqsadlarini belgilash, nazorat obyektlarining mazmunini tanlash, tekshirish vazifalarini tuzish lozim bo‘ladi. Bilimlarni amaliy - laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish orqali tekshirish. Ushbu usul yordamida, o‘quvchilarning erishgan nazariy bilimlari asosida amaliy masalalarni echish, turli jadvallardan, formula- lardan, chizmalar va o‘lchash asboblaridan unumli foydalanish ko‘nik- masi va malakalari tekshiriladi. Amalda masalalar echishda o‘quvchidan masalalarni echishning algo- ritmini tuzish talab etiladi, chunki bunday tekshirishda o‘quvchi faoliyatining mantiqiy ketma-ketligi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi ma’lum bo‘ladi. Shunday qilib, o‘qituvchi tomonidan tekshirishning turli metodlari qay darajada muvaffaqiyatli ekanligi tanlanganligi, o‘quvchilar bilim- larini odilona baholashda muhim ko‘rsatkichlardan sanaladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida pedagogik jarayonlarni quyidagicha samarali tashkil etish mumkin: o‘qituvchilar o‘rtasida mehnat taqsimotini to‘g‘ri tashkil etish; masofaviy o‘quv kurslari va elektron adabiyotlarning yaratuvchisi bo‘lgan jamoaga o‘qituvchilar, kompyuter dasturchilari va mutaxassisla- rining birlashuvi; pedagogik jarayonning tashkil qilinishini takomillashtirish va o‘qi- tuvchi faoliyati samaradorligining monitoringini olib borish. Yangi zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o‘qituvchilarning pedagogik mahorati oshirish uchun: ta’limda texnologik asoslarning tez rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘l- gan yangi kurslarni yaratish; o‘quv kurslarini yaratish asosida o‘qituvchilarning ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bo‘lgan talablarning va o‘quv materiallari sifatini nazorat qilishga oid ehtiyoj- larning qondirilishi; o‘quv jarayonida o‘quvchi faoliyatining ustuvor mavqe tutishini, o‘quv jarayoni salmog‘ining o‘qituvchidan o‘quvchiga ko‘chishini ta’minlash; yangi kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish asosida, o‘qi- tuvchining har bir o‘quvchi bilan teskari aloqasining vujudga kelishini amalga oshirish. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling