Pedagogik mahorat
Download 0.84 Mb.
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
26-chizma.
Ma’lumki, axborot eskirishi, ayniqsa, shiddat bilan eskirish xususi- yatiga ega, demak, o‘qituvchi uzluksiz ta’lim olishi, ijod qilishi (mustaqil va maxsus tashkil etilgan) zarur. Ta’limni modernizatsiyalash sharoitida uzluksiz pedagogik ta’lim tizimida o‘qituvchi kadrlarni tayyorlashga qo‘yiladigan talablar ortib bor- moqda. O'qituvchi zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o‘z-o‘zini takomillashtirishida masofaviy kurslar bebaho yordam ko‘rsatadi. Internet orqali tayyorgarlik mavzusini tanlash, vaqtni tejash, o‘qitish samara- dorligini oshirish imkoniyatini beradi. O‘zini, o‘z tajribasini ochib berish qobiliyati o‘qituvchi axborot madaniyatining muhim jihati hisoblanadi. Ba’zan o‘qituvchilar ma’muriyatning ishchi dasturlarni, ish yuzasi- dan hisobotlarini, ish yuritishning zamonaviy talablaridan kelib chiqib kompyuterda rasmiylashtirishni talab qilishini to‘g‘ri qabul qilmaydilar. Biroq, hujjatlarni ham texnik, ham dasturiy zamonaviy vositalardan foy- dalanib tayyorlashning ko‘nikma va malakalari aniqrog‘i, istagi o‘qituv- chiga innovatsiyalarga tayyor turadigan mahoratli o‘qituvchi sifatida tavsifnoma beradi. O‘quv faoliyatini diagnostika va monitoring qilish ishlarida komp- yuterdan foydalanish shuningdek, o‘qituvchining axborot kommunikatsi- on texnologiyalarni bilish saviyasini tavsiflaydi. Kompyuterdan foydala- nishda o‘quvchilarning hamda o‘qituvchining sog‘lig‘ini saqlash me’yor- lariga rioya qilish o‘qituvchi axborot madaniyatining ajralmas qismidir. Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, yangi axborot texnologiyalarining tatbiq qilinishi o‘qitishning an’anaviy texnologiyalarini inkor qilmaydi. Kompyuter vositalari va axborot texnologiyalari didaktik jarayonga ulkan ta’sir ko‘rsatadi, uning faolligini muntazam oshirib boradi, biroq shu bilan birga o’quv jarayonida axborot-kompyuter vositalaridan foyda- lanishda pedagogik maqsadga muvofiqlik prinsipiga amal qilish talab etiladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling