Pedagogik mahorat
Elektron o‘quv materiallarini yaratish texnologiyalari
Download 0.84 Mb.
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qitishning zamonaviy texnik vositalari.
- Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonida qollay olish boyicha oqituvchilar pedagogik mahoratning quyidagi konikma va malakalariga ega bolishlari kerak
Elektron o‘quv materiallarini yaratish texnologiyalari. Elekt- ron o‘quv materiallari va ularning turlari: elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanmasi, elektron ma’lumotnoma, elektron majmua, elektron katalog va boshqalar. Elektron o‘quv materiallarini yaratish bosqichlari va texno- logiyasi; elektron o‘quv materiallarini yaratish prins iplari; HTML va JavaScript asosida elektron o‘quv materiallarini yaratish. Zamonaviy dasturlash tillari asosida elektron o‘quv materiallarini yaratish (Delphi, Visual Basic, C++ va boshqalar). PowerPoint va FrontPage muhitida ilovalar yaratish. Hypermethod muhitida multimediali ilovalar va elekt- ron o‘quv materiallarini yaratish. O‘quv materiallariga ovoz berish texno- logiyasi va uning vositalari.
O‘qitishning zamonaviy texnik vositalari. Audiovizual axborot: manbalari, o‘zgartiruvchilar, tashuvchilari. Audiovizual madaniyat: tari- xi, kons epsiyalari, tuzilmasi, faoliyat ko‘rsatishi. Inson tomonidan audio- vizual axborotni qabul qilishning psixofiziologik asoslari. Audiovizual texnologiyalar: rasm va rasmga olish, optik proeksiya (statik va dinamik) va uning vositalari, tovush yozish (analogli va raqamli) va uning vosita- lari, televideniye va videoyozuv (analogli va raqamli) va uning vositalari, kompyuterlar va multimediali vositalar. O‘qitishning audiovizual texno- logiyalari: tele va videokonferens iyalar, ularni tashkil etish, audio, video va kompyuterli o‘quv qo‘llanmalari, audio, video va kompyuterli mate- riallarning banki, audio, video va kompyuterli o‘quv qo‘llanmalarini ya- ratishning didaktik prins iplari. O‘qitishning interaktiv texnologiyalari. Mazkur kurs yakunida o‘qituvchilar zamonaviy axborot texnolo- giyalarini ta’lim va tarbiya jarayonida qo‘llay olish bo‘yicha pedagogik mahoratlarini oshiradilar, bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar. Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonida qo'llay olish bo'yicha o'qituvchilar pedagogik mahoratning quyidagi ko'nikma va malakalariga ega bo'lishlari kerak: axborotlarni saqlash, qayta ishlash, tarqatish va namoyish qilish tamo- yillarini bilishi; ta’limda qo'llash mumkin bo'lgan texnik vositalar va ularning tavsif- larini bilishi; ta’lim jarayoni va ilmiy izlanishlarda Internetdan foydalanishi; ta’lim jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish metodologi- yasini bilishi; dasturiy ta’minotning asosiy turlarini bilish va ulardan foydalanishi; fan sohasida ilmiy izlanishlarning dasturiy ta’minotidan foydalanishi; ta’lim jarayonida amaliy masalalarni yechishda axborot tarmoqlarini qo‘llashi; masofaviy ta’lim elektron o‘quv-metodik resurslaridan foydalanishi; multimediali hujjat va loyihalarni yaratishni bilishi; interaktiv interfeysning asosiy xossalari va vazifalarini tavsiflashi; turli darajadagi kompyuter tarmoqlarining imkoniyat va vazifalarini tavsiflashi; kompyuter tarmoqlari orqali olinadigan axborot xizmatlari turlarini tavsiflashi; elektron pochta ishining asosiy tamoyillarini tushunishi; gipermatn texnologiyasi asosini tushunishi; Internetning asosiy texnologik tamoyillarini tushunishi; HTML asoslarini bilishi; Web-sahifa va Web-saytlar yarata olishi; fanlarni o‘qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishi; pedagogik dasturiy vositalardan foydalana olishi; zamonaviy dasturlash tillari haqida tushunchalarga ega bo‘ lishi; fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish- ning maqsadi, mazmuni va vazifalarini bilishi; axborot texnologiyalarini o’qitishda joriy etishning didaktik tamoyil- larini bilishi; axborot texnologiyalaridan darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etishi va uning mazmunini yarata olishi; axborot texnologiyalaridan mustaqil ta’limni tashkil etishda foyda- lanishi; ilg'or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va ulardan dars jara- yonida foydalanishi; o‘z-o‘zini takomillashtirish, rivojlantirish, nazorat qilish ko'nik- malariga ega bo'lishi; axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash sohalarini bilishi; axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va ularning didaktik imkoniyatlaridan foydalana olishi; Internet ta’limiy resurslari to'g'risida tasavvurga ega bo'lishi; axborot va kommunikatsiya texnologiyalari tuzilmasi va ta’minotini, texnik va dasturiy vositalarini egallashi; pedagogik dasturiy vositalarni va ularni yaratish tamoyillarini bilishi; pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini o'zlashtirishi; pedagogik dasturiy vositalarni tanlay olishi; pedagogik dasturiy vositalardan o'quv jarayonida samarali foydalana olishi. O‘qituvchilar masofaviy o‘qitish kurslarini yaratishda ta’lim oluv- chilar motivatsiyasi, o‘quv maqsadlarining qo‘yilishi, o‘quv material- larini qabul qilishga sharoitlar yaratish, o‘quv materiallarini etkazish, teskari aloqa, baholash kabi talablarni inobatga olishlari zarur. Taklif etilayotgan «Ta’limda axborot texnologiyalari» kursini malaka oshirish tizimida joriy etilishi o‘qituvchi kadrlarning innovatsion bilimlarni egallashlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlardan mo‘ljallangan vazifalarni amalga oshirish zamonaviy axborot texnolo- giyalaridan keng foydalanishni hamda o‘quvchilarda omilkorlikni shakl- lantirish maqsadida internet - resurslardan keng foydalanishni ko'zda tutadi, bu esa o‘z navbatida o‘qituvchi kasbiy madaniyatining bir qismi va umumta’lim maktablarida ta’lim muhitini tegishli o‘zgarishi sifatida o‘qituvchilarning yuqori saviyadagi axborot madaniyatiga ega bo‘lishini ko‘zda tutadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling