Pedagogik mahorat


O‘QITUVCHI MEHNATINI ILMIY JIHATDAN TO‘G‘RI TASHKIL ETISH VOSITALARI


Download 0.84 Mb.
bet149/231
Sana25.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1119222
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   231
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

O‘QITUVCHI MEHNATINI ILMIY JIHATDAN TO‘G‘RI TASHKIL ETISH VOSITALARI

30-chizma.

O‘qituvchi mehnatining ta’lim-tarbiyaviy mohiyati ijobiy natijalar berishi uchun, o‘qituvchi sinf jamoasi bilan o‘tkazilayotgan har qanday tadbirni belgilangan vaqtda amalga oshirishi, mehnat va dam olish uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalana olishi, o‘z mehnati faoliyatida sog‘- ligiga, ruhiy holatiga e’tibor berishi lozim.
Ayniqsa, yosh o‘qituvchilar mehnatini ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etishda quyidagi boshlang‘ich yo‘nalishlar muhim ahamiyatga ega:

  1. -yo’nalish. O‘qituvchi kasbiga oidfaoliyat:

  1. o‘z ishiga, mutaxassisligiga oid bilimlarni mukammal egallash;

  2. mamlakatimiz Qonunlari, ta’lim sohasiga taalluqli hujjatlarni puxta bilishi;

  1. pedagogika, psixologiya va o‘z mutaxassisligiga oid eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lib borish;

  2. o‘quvchilar jamoasi va har bir shaxs haqida ma’lumotlarni o‘rganish;

  3. ilg‘or va tajribali o‘qituvchilar mehnat faoliyatini o‘rganish va o‘z ishida tadbiq etish;

  4. o‘z ustida ishlash va o‘z-o‘zini tarbiyalash.

2-yo‘nalish. O‘z kasbiy mahorat elementlarini hosil qilish:

  1. pedagogik faoliyatga oid, shaxsiy pedagogik mahoratni takomillashtiruvchi ko‘nikma va malakalarni egallash;

  2. o‘z mehnatini va qobiliyatini me’yorida to‘g‘ri ishlata olishi;

v) mutaxassislikka oid ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalana olishi uchun diqqatni jamlay bilish.
3-yo‘nalish. O‘quvchilar guruhi bilan ishlay olish:

  1. pedagogik faoliyatning shart-sharoitlari va guruh jamoasidagi ma’naviy holatni boshqara olish;

  2. guruh jamoasidagi psixologik muhitni doimiy nazorat qilish;

v) ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarga ijodiy yondashuv;

  1. pedagogik faoliyatga insonparvarlik va demokratik prinsiplar asosida yondashish;

  2. o‘quvchilar xulqi va bilimini o‘z vaqtida rag‘batlantirib borish;

  3. jamoada shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishni to‘g‘ri tashkil etish;

j) o‘quvchilarning kundalik rejimga to‘g‘ri va doimiy rioya qilishini tashkil etish.
Pedagogik mehnatni ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etishda o‘qituv- chining kun tartibi muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchi o‘zi uchun eng opti­mal bo‘lgan va yuqori samara beradigan kun tartibini tanlay olishi lozim. O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda qo‘yiladigan talablar ilk bor I.P. Rachenko, R. Rasulova kabi olimlar tomonidan tadqiq qilin- gan. Ularning tavsiyasiga ko‘ra o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etishda eng muhim talablar deb quyidagilarni e’tirof etadilar:


  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling