Pedagogik mahorat
- chizma. Intellektning asosiy sifatlari
Download 0.84 Mb.
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qituvchi pedagogik qobiliyatini rivojlantirish funksiyalari
- umumiy va maxsus
3- chizma. Intellektning asosiy sifatlari.
Ошибка! 4-chizma. O‘qituv chi intellektiga tavsifnom a. Biroq, kishidagi tabiiy layoqat nishonalari mukammal kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatli olib borilishini ta’minlamaydi. Kishi o‘zidagi layoqat nishonalarini doimiy ravishda rivojlantirib borishi kerak, bu esa faqat shijoatli kasbiy faoliyat jarayonida amalga oshirilishi mumkin. O‘qituvchi pedagogik qobiliyatini rivojlantirish funksiyalari “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da barkamol, erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash hamda komil inson g’oyasi - milliy va umum- bashariy mohiyatga ega bo‘lgan, odamzodga xos eng yuksak ma’naviy ezgulikka undaydigan olijanob g‘oya sifatida ulug‘langan. Mazkur g‘oyani yosh avlod ongiga singdirishda o‘qituvchi kadrlarning roli beqi- yos. Bu esa ulardan avvalo mukammal kasb qobiliyatiga ega bo‘lishni, bilimi, mahorati, ilmiy nazariy va amaliy salohiyatidan oqilona foyda- lanishni taqozo etadi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kid- laganidek: «Biz iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivoj- lanishni ma’naviy o‘nglash, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un bo‘lishni»8 - istayotgan bir davrda yashayapmiz. Bu istak esa yoshlar ta’lim - tarbiyasi bilan shug'ul- lanayotgan kasb egalarini yuksak kasbiy tayyorgarlikka, g'oyaviy - siyosiy e’tiqodga, tashkilotchilik va boshqaruvchilik malakalariga ega bo‘lish lozimligini taqozo qilmoqda. Chunonchi, bu hol ta’lim tizimi va kasb-hunar ta’limi muassasalari yangilanayotgan, ta’lim - tarbiyaning mazmuni, shakli, usullari, vositalari majmuiga, o‘quv - tarbiya jarayoni- ga o‘zbekona urf - odatlar faol kirib borayotgan bir sharoitda yuz ber- moqda. Bu o‘zgarishlar har bir o‘qituvchini yangicha fikrlashga, shar- qona ish yuritishga, tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka, ma’naviy - ma’ri- fiy ishlarning faol ishtirokchisi bo‘lishga undaydi. Shuning uchun ham bugungi kunda o‘tgan davrdagidan ko‘proq pedagogika fani oldida yan- gicha fikr yuritadigan o‘qituvchi - tarbiyachini tayyorlash, uning kasbiy mahorati va malakasini takomillashtirish uchun o‘qitish va tarbiya- lashning zamonaviy shakl, usul, vositalarini ishlab chiqish juda muhim- dir. Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘qituvchilik kasbini tanlagan har bir yigit va qiz o‘ziga shu kasbni sevishi yoki sevmasligi to‘g‘risida savol beradi. Zero masalaning yana bir muhim tomoni borki, bu bo‘lajak o‘qituvchi pedagogik qobiliyatga egami yoki yo‘qmi degan muammo paydo bo‘ladi. Vaholanki har bir kasb, qobiliyat orqali egallanadi va mukammal o‘rganiladi. Pedagogik qobiliyatlar o‘z funksiyasiga ko‘ra umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Umumiy qobiliyatlar mavjud bo‘lganda o‘qituvchi o‘z pedagogik kasbiy faoliyatini mukammal egallab, mohirona olib borish bilan birga, boshqa turli xil faoliyatlar bilan ham muvaffaqiyatli shug‘ullanadi. Umumiy qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ta’lim- tarbiya jarayonida har qanday qiyinchilik va ziddiyatlarni qiynalmasdan bartaraf etadilar. O‘qituvchining pedagogik qobiliyatini tahlil qilgan N.V. Kuzmina shunday yozadi: “TaHim - tarbiyada ro‘y beradigan kopgina kamchilik- lar o‘qituvchi o‘z pedagogik qobiliyatining amaliy yo‘nalishlarini yaxshi bilmasligi, iste’dodning o‘qituvchida yo‘qligi natijasida ro‘y beradi”. Maxsus qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar faqat o‘zlari egallagan kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanadilar. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling