Pedagogik mahorat
Download 0.84 Mb.
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
Birinchidan, o’zaro hamkorlikdagi faoliyat ijodkorlikni, mas’u- liyatni, faollikni va eng asosiysi muloqot madaniyatiga rioya etishni talab qiladi.
Ikkinchidan, har bir darsda o'qituvchi ham, o'quvchi ham belgilan- gan maqsadni aniq qo‘ya bilishi, amalga oshiriladigan vazifalarni to‘g‘ri belgilab olishi lozim. Uchinchidan, dars jarayonida bilimlar mazmunining ilmiyligi, uzluksizligi, izchilligi va tarbiyaviy xarakteri, o‘qituvchining notiqlik san’ati asosida bayon etish shaklining mukammalligi, qiziqarliligi o‘quv- chilarda ta’limiy va tarbiyaviy tomondan o‘rganiladigan qadriyatlarga qiziqishni kuchaytiradi, ularda tarixiy, adabiy, milliy va diniy xarakterdagi milliy qadriyatlar bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish ishtiyoqi rivojlanadi. To‘rtinchidan, o’qituvchining pedagogik mahorati, nazariy va uslubiy tayyorgarligi, o‘z kasbiga, faniga munosabati, olib boradigan darsi andozasini va uning natijasini oldindan ko‘ra bilish, har bir dars samaradorligini ta’minlovchi texnik va texnologik belgilardan biridir. Beshinchidan, dars jarayonida o’quvchilar jamoasiga erkin fikr yuritish, o‘z fikr-mulohazasini erkin bayon etishga imkoniyat yaratish, o‘quvchilar jamoasi fikriga tayanish, ularning fikr-mulohazalari, istak- xohishlarini e’tiborga olish, o‘quvchilarning mustaqil ishlaridan keng foydalanish zarur. Oltinchidan, o’quvchilar bilimiga, xulqiga beriladigan bahoning xolisona va adolatli bo‘lishi barcha ta’lim va tarbiyaviy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etilishiga ijobiy ta’sir etuvchi omil ekanligini unutmaslik kerak. Xulosa qilib ta’kidlash joizki, ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quv- chilar ongiga muloqot asosida milliy qadriyatlar va ma’naviy madani- yatni shakllantirish, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muloqotini hozirgi zamon pedagogik talablari asosida mukammal tashkil etilishini ta’minlaydi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling