PEDAGOGIK MASALA VA VAZIYATLARNI YECHISHDA KASBGA OID BILIMLARDAN FOYDALANISH.
REJA:
Pedagogik faoliyatda o’quvchilar faoliyati boshqarish va pedagogik vaziyatlar.
Vaziyatlarni tashkil etish metodikasi va murakkab jarayonlar.
Pedagogik vaziyatlar va ularning o’qituvchi kasbiy shakllanishidagi o’rni.
Xulosa.
Faydalanilgan adabiyotlar.
Pedagogik amaliyot va vaziyatlar jarayonidagi ijtimoiy faollik motivastiyasi ayni paytda pedagogik omil vazifasini o’tashi mumkin ekan. Chunki, amaliyot jarayonida talabada kasbiga nisbatan qiziqish ortib borishi yaqqol ko’zga tashlanadi.
Shu bilan birga o’quvchi, ya’ni shaxs olamiga xos muhitning tobora ichiga kirib borishga intilgani sari o’qituvchilik kasbining ijtimoiy rivojlanishidagi o’rnini anglay boshlaydi.
Shu bilan birga o’quvchi, ya’ni shaxs olamiga xos muhitning tobora ichiga kirib borishga intilgani sari o’qituvchilik kasbining ijtimoiy rivojlanishidagi o’rnini anglay boshlaydi.
O’qituvchilik kasbining ijodkorlik xarakteri o’qituvchining doimo izlanish hamda faol harakat sari undashi bu kasbning ijtimoiy mazmunini tashkil etishini talaba tushunib etadi. Shaxsning ijtimoiylashuvi uzluksiz jarayon bo’lgani kabi, ta’lim tizimi ham uzluksiz, izchil hamda uyg`un xarakterda bo’lishligi talabada yangicha tafakkurning tub mohiyatini anglab etishi sari undaydi.
Pedagogik faoliyat xar doim boshqa faoliyat ustidan boshqarishga o’xshaydi, bu esa o’quvchilar faoliyatini boshqarish demakdir. Pedagog faoliyat ko’rsatayotgan o’quvchiga nisbatan asabiylashmasligi, ovozini ko’tarmasligi kerak. U o’quvchiga shunday muomala qilishni bilsinki, bola o’qituvchi maqsadini amalga oshirish uchun kerakli qaror qabul qilsin bunday qarorga kelish o’quvchidan o’sha aqlliylikni talab qilmasada pedagog maqsadni amalga oshirishi bilan axamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |