Pedagogik muloqot tizimi va uni tashkil etish texnologiyasi


Download 1.08 Mb.
Sana25.04.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1398980
Bog'liq
PEDAGOGIK MULOQOT TIZIMI VA UNI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI

PEDAGOGIK MULOQOT TIZIMI VA UNI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI

reja:

1. Muloqot – pedagogik hamkorlik vositasi sifatida.

2. Muloqot turlari, shakllari va vositalari.

3. Pedagogik muloqot va uning mohiyati


Muloqot – pedagogik hamkorlik vositasi sifatida. Muloqot faqat insonlarga xos bo’lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-birlariga nimanidir aytish istagi tug’iladi. Odatda muloqot shaxslar o’rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog’lanishlar rivojini aks ettiradi. Muloqot ikki va undan ortiq kishilar o’rtasida bilish yoki baholash tarzidagi axborot almashishda namoyon bo’luvchi o’zaro ta’sirdir. U birgalikda faoliyat ko’rsatuvchilar o’rtasida axborot ayirboshlashni ta’minlaydi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladi. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o’zaro birgalikdagi harakati axborotlarni faqat so’zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlash namoyon bo’ladi.
M: shaxs muloqotga kirishar ekan, turli imo-ishoralarni ham qo’llaydi. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. M: muloqot vaqtida suhbatdoshlar avval birlarini hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo’linadi. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o’zaro birgalikda harakat qilish) va pertseptiv (o’zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi. Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o’rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir.
Shaxsning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri muloqotga bo’lgan ehtiyojdir. Muloqotga bo’lgan ehtiyoj qondirilmasa, shaxs ongi ham rivojlanmaydi. Shu sababli kishi doimo muloqotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishi lozim. Kimlar bilandir bo’lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni his qilamiz. Til – eng muloqot vositasi sanalib, u muloqotga kirishuvchilar o’rtasida aloqa bog’lanishini ta’minlaydi. U vositasida axborotni ma’lum qilayotgan hamda uzatayotgan shaxs ham axborot asosida o’z xulq-atvorini ifoda etadi. Pedagogik jarayonda ta’lim oluvchilarning ba’zilarida muloqotga kirisha olmaslik kuzatiladi.
Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi o’zini o’zi ortiqcha yuqori yoki past baholash tufayli o’ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto’g’ri munosabatdir. Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud bo’lib, asosan quyidagilarga ahamiyat berish quyidagi ijobiy natijalarni kafolatlaydi:
1) hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha a’zolari o’rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish;
2) muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay pozitsiyasini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
3) insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to’g’risidagi axborotni egallashga oid maxsus mashg’ulotlarni uyushtirish;
4) shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo’ljallangan ishbilarmonlik o’yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.
Muloqot turlari, shakllari va vositalari. O’z mohiyatiga ko’ra muloqot bir necha turga ajratiladi. Muloqotning quyidagi turlari farqlanadi:
1. Ijtimoiy yo’naltirilgan muloqot (u keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan).
2. Guruhdagi predmetga yo’naltirilgan muloqot (u o’zaro hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish mobaynidagi muloqot – mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki konkret topshiriqni bajarish jarayonida guruh a’zolarining o’rtaida sodir bo’ladi).
3. Shaxsiy muloqot (u bir shaxsning boshqa shaxs bilan o’z muammolarini ochish maqsadida o’rnatgan munosabatlari sanaladi).
4. Pedagogik muloqot (u pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o’rtasida amalga oshiriladigan murakkab o’zaro ta’sir jarayoni sifatida namoyon bo’ladi. Muloqotning shakllari ham turlichadir. Xususan (7-rasm): Muloqotda eng ko’p holatlarda nutq faoliyati ko’zga tashlanadi. Nutq faoliyati shaxs tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirish, ularni avlodlarga uzatish, kommunikatsiya o’rnatish va o’z harakatlarini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayoni sanaladi. Bu turdagi faoliyat aloqa jarayonining o’zidir. Nutq faoliyatining quyidagi turlari farqlanadi:
1) faol nutq (so’zlovchining nutqi);
2) sust nutq (tinglovchining nutqi). Shuningdek, nutq:
1) ichki nutq (monologik va dialogik nutq);
2) tashqi nutq (yozma va og’zaki nutqqa) bo’linadi. Monolog bir shaxsning o’ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqidir. Bu o’qituvchining bayoni, o’quvchining to’laroq javobi, ma’ruza va boshqalardir. Monologik nutq ma’lum qiyinchiliqlarga ega. Monologda gapirayotgan kishi fikrlarning aniqligiga, grammatik qoidalarning saqlanishiga, logika va aytilayotgan fikrlarning izchilligiga e’tibor berish kerak. Monologik nutq dialogik nutqqa nisbatan kechroq shakllanadi. Maktabda o’quvchilarda monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berishlari kerak.
Ikki yoki undan ortiq kishilar o’rtasidagi nutq dialog deyiladi. Dialogik nutqda bayon qilinayotgan fikr ko’p jihatdan undan oldingi fikrga bog’liq bo’ladi. Dialogik Asosiy shakllari 7-rasm. Muloqotning asosiy shakllari Suhbatdosh bilan bevosita “yuzma-yuz” bo’lishga asoslangan muloqot Texnik vositalar (telefon, telegraf va b.) yordamida tashkil etiladigan (bilvosita) muloqot Muayyan kasbiy faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do’stona muloqot Sub’ekt-sub’ekt (dialog) yoki sub’ekt-ob’ektli (monolog) muloqot nutqda suhbatdoshlarga ma’lum bo’lgan ayrim so’zlar tushirib qoldiriladi. Shuning uchun yozib olingan dialog boshqalarga unchalik tushunarli bo’lmasligi mumkin.
Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling