Pedagogik nazkat
Pedagogik texnikani namoyon etishda oqituvchining tashqi korinishi
Download 56.33 Kb.
|
Pedagogik nazka-WPS Office
3. Pedagogik texnikani namoyon etishda oqituvchining tashqi korinishi
Oqituvchining tashqi korinishi pedagogik texnikasini namoyon etuvchi muhim xususiyatlaridan biridir. Har qanday insonning tashqi korinishi atrofdagilarga estetik mano va zavq kasb etib, doimiy etiborda bolishini unutmaslik kerak, Oqituvchining tashqi korinishini asosan namoyish etuvchi muhim hususiyatlari uning chehrasidagi mehribonlik, jiddiylik, yurishida bosiqlik, tabiiylikdir. Oqituvchi sinfga kirishi bilan sozsiz oquvchilar etiborida boladi, ular bilan muloqotga kirishadi. Sinf sahnasida bajarilayotgan uning xoh ijobiy, xoh salbiy xatti-harakatlari oquvchilarga tasir otkaza boshlaydi. Ayniqsa, yosh oqituvchilar ilk bor darsga kirishlaridan oldin his-hayajonini, qorquvini engishlari, ozlarini erkin tutishlari, birinchi dars paytida sodir bolishi mumkin bolgan har qanday muvaffaqiyatsizlikdan ozlarini yoqotmasliklari lozim. Oqituvchining tashqi korinishida, pedagogik texnikasi tizimidagi mimik, pantomimik holatlar muhim ahamiyatga ega. Oqituvchining hatti-harakatini bevosita namoyish etuvchi mimik va pantomimik ifodasi, oqituvchining imo-ishorasida, manoli qarashlarida, ragbatlantiruvchi yoki itsehzoli tabassumida namoyon boladi va ular oqituvchi-tarbiyachining pedagogik tasir korsatishida, mashgulotlarni samarali va mazmunli otishida puxta zamin tayyorlab beradi. MIMIKA - bu oz fikrlarini, kayfiyatini, holatini, hissiyotini qosh, koz va chehra muskullarining harakati bilan bayon qilish sanatidir. Baozan oqituvchi chehrasining va nigohining ifodasi oquvchilarga katta tasir korsatadi. Mimik harakatlar, ifodalar malumotlarning hissiy ahamiyatini kuchaytirib, ularni chuqur ozlashtirish imkoniyatini beradi. Oquvchilar oqituvchining muomalasi va xatti-harakatiga qarab kayfiyatini, munosabatini tezda «uqib» oladilar. SHuning uchun oiladagi bazi noxushliklar, hissiyotga berilish, gam va tashvishning oqituvchi chehrasida va mimik belgilarida ifodalanishi mumkin emas. CHunki ushbu noxushliklar oqituvchining pedagogik faoliyatiga dars mashgulotlarini mukammal bajarishida ozining salbiy tasirini korsatadi. Oqituvchining chehrasida, mimik belgilarida faqat dars mashgulotlariga xos bolgan, oquvchilarga talim va tarbiyaviy topshiriqlarai echishga yordam bera oladigan korinishlarni ifodalash lozim. Oqituvchining chehrasidagi ifoda, nutqi, oquvchilar bilan ozaro munosabati uning individual xarakteriga mos bolishi kerak. Oqituvchi chehra korinishidagi mimik ifoda, talim-tarbiya qonuniyatlariga mos ishonch, maqullash, taqiqlash, norozilik, quvonch, faxrlanish, qiziquvchanlik, befarqlik, ikkilanish kabi xususiyatlarni ifodalashi mumkin. 333333333 Download 56.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling