Pedagogik prognozlash funksiyalari va tuzilishi


Download 53 Kb.
Sana10.11.2020
Hajmi53 Kb.
#143274

Pedagogik prognozlash funksiyalari va tuzilishi

Har bir predmet uning metodlari bilan chambarchas bog'langan.

Pedagogika yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o'qitishning real jarayonlariga xos bo'lgan ichki aloqa va munosabatlarini tekshirish hamda bilish usullari va vositalari majmuini tushunamiz.

Fan metodlari uning metodologiyasiga mohiyati va prinsiplariga bog'liq bo'ladi. Pedagogikaning bunday mustahkam va ishonchli falsafiy asosi dialektik metoddir.

Pedagogikaning hodisalarini o'rganish va ularning qonuniyatlarini aniqlash masalasida bir-biriga qarama-qarshi ikkita yo'nalish metofizik va dialektik yo'nalish mavjuddir.

Metofiziklar pedagogikaning hodisalari va faktlarini o'zgarmas, vaqt, joy va konkret sharoitlardan tashqari boshqa ijtimoiy hodisalar bilan aloqasi bo'lmagan hodisa sifatida olib qaraydilar.

Dialektik metod esa metofizika talqiniga qarama-qarshi o'laroq, o'qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatlarini o'rganishni talab etadi.

Pedagogikao’zmazmuniniboyitishvayangilashmaqsadidamavjudpedagogikhodisavajarayonlarniuningmaqsadivavazifalarigamuvofiqkeladiganusullaribilano’rganadi. Shu ma‘noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot usullari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o’qitishning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, blish yo’llari, uslublari va vositalari majmuini tushunamiz. Boshqa fanlar qatorida pedagogika fani ham o’z tadqiqot ob‘ektiga va ilmiy tadqiqot metodlariga ega.

Pedagogikaning ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to’g’ri tanlansa ta‘lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi. Shu sababli pedagogik ilmiy-tadqiqot usullariga dogmatik yondashish mumkin emas.Ikkinchi tomondan, ilmiy tadqiqot usullari tizimi hali hozircha fanda to’la yaratilgan, hal etilgan emas.

Ilmiy tadqiqot pedagogika fanini ham takomillashtirib borishga, ayrim pedagogik hodisalarni tekshirishga, ularni to’g’ri hal etish yo’llarini aniqlashga yordam beradi. Hozirgacha mavjud va ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy-tadqiqot usullariga tayanib fikr yuritish mumkin:

1) Kuzatish usuli; 2) suhbat usuli;

3) Adabiyotlar bilan ishlash usuli; 4) Test, so’rovnomalar usuli;

5) Maktab hujjatlarini o’rganish; 6) Eksperiment, sinov usuli;

7) Matematik metod; 8) Tadqiqot natijalari va ularni amalga tadbiq etish usullari;



3.2. Ilmiy tadqiqot usullariga qo'yiladigan talablar.

Binobarin, pedagogik tadqiqot metodlariga ob'ektivlik o'qituvchilik pedagogik faoliyatini oshirishga qaratilgan tadqiqot vazifalarining aniqligi, o'quvchilarning yosh xususiyatlarini, bolalar psixologiyasi qonuniyatlarini hisobga olish kabi talablar qo'yiladi. Lekin, bolalarni o'qitish va tarbiyalash amaliyotining o'zi hamma vaqt pedagogik tadqiqotlarning manbai hisoblanadi. Faqat maktab tajribalarigina har bir ilmiy nazariyaning haqqoniyligi hisbolanadi.

Tadqiqot metodlarining tanlash fanning o'zi uchun muhim ahamiyatga egadir, uning metodlari qanchalik mukammal bo'lsa, shu fan oldida turgan aktual vazifalar shunchalik muvaffaqiyatli hal etiladi.Hozirgi pedagogik tadqiqotlarning metodlar tizimini to'la hal etilga deb bo'lmaydi.

“Pedagogika tajribasini o'rganishda quyidagi metodlar: kuzatish, eksperiment, suhbat, o'quvchilar ijodini o'rganish, tarbiya muassasalarini hujjatlarini o'rganish turli xilda qo'shib olib borilishi mumkin”.

“Ilmiy - pedagogik tadqiqotning asosiy metodlari kuzatish, suhbat, tekshirish, eksperiment metodlari singari faoliyat natijalarini o'rganishdan iborat”

Hozirgi vaqtda quyidagi metodlar asosida ishlaydi. Bular: pedagogik kuzatish, so'rash, o'quvchilar faoliyati natijalari va o'quv -tarbiya muassasalari hujjatlarini o'rganish, pedagogik eksperiment, modellashtirish, ilg'or tajribalarni o'rganish va yoyish, sosiologik, matematika va statistika materiallarini ishlash kibernetika, anketa, intervyu olish va tasvirga olish singari metodlardan foydalaniladi.

Pedagogik kuzatish murakkab va maxsus xususiyatga egadir. Bunda kuzatilayotgan pedagogik hodisaning mohiyatini ko'ra bilish, o'qituvchi va o'quvchi harakatlarining o'zaro aloqasi dialektikasini, ulardan har birining individualligini aniqlay olish lozim. Har pedagog kuzatuvchan bo'lishi ayrim hodisa va dalillarning tavsilotlarini payqay olish, ularni tahlil qila bilish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim. Kuzatishlar biror maqsadga qaratilgan holda amaliy va sistemali yo'lga quyilgan bo'lsa, eng kerakli dalillarni, mazkur kuzatishdan o'z vaqtida chiqarilgan pedagogik - psixologik xulosalarni hisobga olgan holda tashkil qilinsa, samarali bo'ladi. Kuzatish ta'lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va takomillashtirish maqsadida olib borilishi mumkin. Masalan, o'qitish jarayonida bolalarning qanday o'sayotganligi, darslar jarayonlarida bilim berish va tarbiyalash vazifalari birligi qanday amalga oshirilayotganligi; fan asoslarini o'rganishda o'quvchilarnig tafakkuri qanday faollashayotganligini va boshqalar aniqlanadi.

3.3. Ilmiy tadqiqot metodlariga tavsif berish

Kuzatish- o’rganishlozimbo’lganpedagogikhodisanima‘lummaqsadnuqtainazaridankelibchiqqanholdakuzatuvchikuzatishbayonnomasiniolibboradi. Kuzatish ob‘ektiga oid bo’lgan aniq faktik material tayyorlanadi.Kuzatish aniq belgilangan reja asosida olib boriladi. Kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yig’ish, hisobga olish, aniqlash uchungina emas, balki ta‘lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va mukammallashtirish maqsadida amalga oshiriladi.

Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o’quvchilarning tabiiy faoliyatlarini, balki ularning ilmiy dunyoqarashlari shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi hamda ularni tahlil etadi.Bunday kuzatishlar ta‘siri natijasida pedagogika fani mazmunining boyishiga sabab bo’ladi.

Ta‘lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to’g’ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat usulidan foydalaniladi. Odatda, suhbat usuli maktab o’qituvchilari va o’quvchilari jamoasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka hamda guruhli tartibda ish olib borilganda qo’llaniladi. Bunda suhbat usulini tadbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish yo’llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi. Suhbat tadqiqotning mustaqil yoki yordamchi metodi sifatida qullaniladi.

Suhbat olib borishda tadqiqotchi quyidagilarga e‘tibor berish kerak:

Suhbat uchun oldindan savol tuzish.

Vaqti va o’tkazish joyini belgilash.

Suhbat uchun qulay sharoit va erkin gaplashish imkonini yaratish.

Suhbat natijalarini zudlik bilan tahlil qilish, qiyoslash, tegishli xulosa chiqarish va maktab hayotiga tadbiq qilish pedagogik jihatdan qimmatlidir.



Maktab hujjatlarini o’rganish - o’quvchilarning shaxsiy delolari, metodistlarninng xabarlari, sinf jurnallari, kundaliklari, yig’ilishi va majlislar bayonnomalari tadqiqoti uchun olib borilayotgan ta‘lim-tarbiya ahvoli, darajasi haqida ob‘ektiv axborot manbai hisoblanadi. Maktab hujjatlarini tekshirish orqali o’qituvchilar va o’quvchilar jamoasi, ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma‘lumotlar olinadi.

Eksperiment – so’zi lotincha «sinab ko’rish», «tajriba qilib ko’rish» ma‘nosini anglatadi.Eksperimental – tajriba ishlari asosan ta‘lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqiy jarayonlarini tekshirish aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Tajriba ishlari ta‘lim va tarbiya o’rtasidagi qonuniy aloqalarni aniqlash, natijalarni hisobga olish asosida yangi usullarin tadbiq etishga, ta‘lim-tarbiya samaradorligini oshirishga qaratiladi. Shuningdek, ta‘lim-tarbiya jarayonining borishini, tuzilish va natijalarini oldindan ko’ra bilish imkoniyatini beradi.

Eksperiment usuli sharoitga qarab 3 xilda o’tkaziladi:

1) Tabiiy eksperiment. 2) Laboratoriya eksperimenti.

3) Amaliy tajriba.

Matematik metod– ommaviy materiallarni tahlil qilishda (masalan, anketalashtirish yo’li bilan to’plangan materiallarni yoki ma‘lumotlarni umumlashtirish uchun) qullaniladi.Bu metod eksperiment natijalarini aniq baholashini, xulosalarning ishonchli bo’lishini ta‘minlaydi.

Tadqiqot natijalari va ularni amalga tadbiq etish.Pedagogikada bu jarayon turli yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin.Chunonchi, tadqiqotchilarning seminarlarda, ilmiy konferentsiyalarda tadqiqot natijalari bo’yicha ma‘ruzalar bilan chiqish ilmiy maqolalar, kitoblar nashr etish, o’qituvchilarga mo’ljallangan metodik tavsiyalari bo’lishi mumkin.Pedagogikada hali hal etilmagan muammolar juda ko’p.Bular ilmiy – tadqiqot olib borish yo’li bilan hal etiladi.

Demak, pedagogika shaxsni muayyan maqsadga qarata ta‘lim-tarbiya berish, rivojlantirish, tarkib toptirish mohiyati va qonuniyatlari haqidagi fandir.

3.4. Anketa, kibernetika, sosiologik metodlariga tavsif

Anketa metodi.Anketa fransuzcha so'z bo'lib, tekshirish degan ma'noni anglatadi. Anketa metodi o'quvchilardan so'rash metodi bo'lib, u o'quvchilar tarkibining sifati to'g'risida kerakli ma'lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun, shuningdek kasbga yo'llashni belgilash uchun ma'lum bir shaklda o'tkaziladi. Bu metodni qo'llashda quyidagi talablarga amal qilish kerak:

1.Anketalar o'quvchilarning pedagogik va ruhiy tavsifini tuzishning manbai va universal vositasiga aylantirmasligi kerak.

2.Anketalar juda katta va noaniq bo'lmasligi kerak.

3. Anketani o'tkazishda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish va vaqt normada berilishi kerak va hokazo.



Kibernetika metodi.Kibernetika grekcha so'z bo'lib, rolni boshqaraman, idora etaman, boshqarish san'ati degan ma'noni anglatadi.Kibernetika ishlab chiqarishni, texnikani, tirik organizmlarni, kishilik faoliyatini boshqarishning umumiy prinsip va vositalarini ishlab chiqadi. Kibernetika mazmunini informasiya, dasturlashtirish, boshqaruvchi tizimlar, model yasash singari asosiy nazariyalar tashkil etadi.

Pedagogika kibernetika o'quv jarayonini,o'qitish va bilim berish jarayonlarini boshqarishning alohida shakli sifatida o'ziga xos xususiyatga ega,chunki pedagogik jarayon bilan ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish o'rtasida juda katta farq bor.

Sosilogik metod. Yuqoridagi sanab ko'rsatilgan metodlar qo'llashda tadqiq qilinayotgan o'quvchilar soni chegaralangan ularning kamchiligi ham shunda ekanligini bilishimiz darkor. Bunday paytda o'quvchilarning ko'pchiligi bilan ommaviy ravishda pedagogika fanining u yoki bu muammosini hal etishda sosiologik metodini qo'llash talab qilinadi. Misol uchun maktab o'quvchilari o'zlarining bo'sh vaqtlardini qanday o'tkazishini aniqlash uchun tezlikda anketa savollari asosida so'rash ko'plab o'quvchilardan o'tkaziladi va aniq bir xulosaga kelinadi.

Keyingi yillarda pedagogika fanida matematik metod va xususan statistika materillarini ishlash metodlari keng qo'llanilmoqda. Masalan; maktablarning birida matematika fani bo'yicha o'quvchilarning uy ishlarini bajarilishi o'rganilganda IV sinfda uy vazifalarini mustaqil bajarish -80(, VI sinfda-75(, VIII sinfda-55( tashkil qilganligi aniqlangan. Buning asosiy sababi nimaligi aniqlash darkor.Buning sababi ikki tomonlama yuz berishi mumkin.Birinchidan , mazkur matematika fanining o'qua dasturi murakkablashganligidan yoki shu fanni o'qitish sifati pastligidan izlash kerak .

Pedagogika ilmiy tekshirishlari metodlaridan biri nazariy pedagogik g'oyalarni tahlil qilish metodidir.(Metod teoreticheskogo analiza pedagogicheskix idey).Bu metod ta'lim-tarbiyaning chuqur muhim masalalarini ilmiy umumlashtirish bilan emas. Balki uni amalga oshirishda yangi qonuniyatlarni tajribaga asoslangan(emprik metod) yordamida amalga oshiriladi.Buni quyidagi misol bilan isbotlash mumkin. Shaxsni umumiy maqsadli rivojlantirish, shaxsni har tomonlama rivojlantirish bilan o'zaro aloqadorlikda amalga oshadi.

Bundan shunday xulosa chiqarish to'g'ri bo'ladi. Tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama rivojlantirishini ta'minlamog'i kerak.



Modellashtirish - bu real mavjud pedagogika tizimiga aynan o'xshash maxsus andoza (model) ni yaratib, unda bu tizimni tashkil qilish va faoliyat ko'rsatish prinsiplarini takrorlagan holda uning moddiy yoki hayoliy tarazda ishlab ko'rish demakdir. Modellashtirish yordamida tizimning ushbu aniq holatda muhim bo'lmagan xususiyatlaridan chetga chiqish mumkin. Tadqiqotchi pedagog bu metoddan foydalanarkan, ayrim xususiyatlar, shakllari va jarayonlarni analitik tarzda o'rganish o'rniga nazort qiladigan sharoitlardagi yaxlit tizimlarni sintetik tarzda bilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Turli fanlardan dars beradigan o'qituvchilar o'quvchilar bilan ishlashda o'z maqsadlariga erishishda o'ziga xos ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanishdi.Masalan, matematika o'qituvchisi kibernetika metodidan, fizika o'qituvchisi o'quvchilar ijodini o'rganish metodidan, ximiya o'qituvchisi anketa metodidan boshlang'ich sinf o'qituvchisi suhbat metodidan foydalanib o'z maqsadiga erishdi.
Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling