Pedagogik psixologiya predmeti va vazifalari Pedagogik psixologiya fanining muammolari


Download 24.13 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi24.13 Kb.
#1165918
  1   2   3
Bog'liq
pedagogik psixologiya


Pedagogik psixologiya
Reja:

Kirish


  1. Pedagogik psixologiya predmeti va vazifalari

  2. Pedagogik psixologiya fanining muammolari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Kirish
Pedagogik-psixologiya psixologiya ilmining tarmog`i sifatida, ta`lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta`sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o`rganuvchi fandir.
Bolalarning maktabdagi hamda ta`lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti-harakatlarining psixologik qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogik-psixologiya ikki fanni, ya`ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o`rin egallagandir.
Pedagogik-psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko`nikma, malakalarini egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo`ladigan individual tafovutlarni, o`quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Shuningdek, pedagogik-psixologiya ta`lim tarbiyaning ta`siri oqibatida o`quvchilar ruhiyatida sodir bo`ladigan o`zgarishlarni, o`quv materiallarining o`quvchilarning yosh davrlarga mos kelishni, turli ta`lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar, o`quv qurollari, asbob-uskunalar, maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo`lgan psixologik talablar kabi muammolarni ham o`rganadi.
Pedagogik psixologiya o`quvchilarga beriladigan ta`lim va tarbiyaning psixologik asoslarini o`rganadi. O`quvchilarda bilim, iqtidor va malakalarni o`zlashtirish tufayli ular shaxsining tarkib topish qonuniyatlari mavzuni o`z ichiga oladi.


  1. Pedagogik psixologiya predmeti va vazifalari

Pedagogik psixologiya–psixologiya fanining tarmog`i sifatida ta`lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta`sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o`rganuvchi fandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti bolalarni maktabda bilim, ko`nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo`ladigan individual tafovutlarni, ularda mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri – maktabdagi ta`lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo`lib, bu hol yangi ta`lim dasturiga o`tish bilan bog`liqdir. Pedagogik psixologiya uch bo`limdan iborat: ta`lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va o`qituvchi psixologiyasi.
Pedagogik-psixologiya psixologiya ilmining tarmog’i sifatida, ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir.
Bolalarning maktabdagi hamda ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti-harakatlarining psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogik-psixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o’rin egallagandir.
Pedagogik-psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko’nikma, malakalarini egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Shuningdek, pedagogik-psixologiya ta’lim tarbiyaning ta’siri oqibatida o’quvchilar ruhiyatida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni, o’quv materiallarining o’quvchilarning yosh davrlarga mos kelishni, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar, o’quv qurollari, asbob-uskunalar, maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo’lgan psixologik talablar kabi muammolarni ham o’rganadi.
Pedagogik psixologiya ta`lim va tarbiya jarayonida bola shaxsining tarkib topish muommolarini o`rganar ekan, u bolalar psixologiyasi bilan mustahkam aloqada ish ko`radi. Darsliklar, o`quv qo`llanmalari, qurollari, ta`lim va tarbiyaning samarali metodlari, o`quvchilarni mehnat va ijtimoiy faoliyaiga tayyorlash masalalarini har bir o`quvchining o`ziga xos sifatlarni bilmay turib, amalga oshirib bo`lmaydi.
O`quvchi tafakkurining shakllanishi, aql darajasining o`sa borishi, o`quvchilar jamoasidagi o`zoro munosabatlarning mohiyati, har bir o`quvchida bilimlarni o`zlashtirish malaka va ko`nikmalarini bilmay turib, ta`lim va tarbiya ishida muvaffaqiyatga erishib bo`lmaydi.
Pedagogik psixologiyaning vazifalari:
1) ta`lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalalarini o`rganish;
2) bilish jarayonlarining shakllanishini tadqiq qilish;
3) aqliy taraqqiyotning ishonchli ko`rsatkichlarini aniqlash;
4) ta`lim jarayonida aqliy taraqqiyotning samarali bo`lish sharoitlarini o`rganish;
5) pedagog va bolalar o`rtasidagi, bolalar va bolalar o`rtasidagi o`zaro munosabat xususiyatlarini o`rganish;
6)bolalarga individual yondoshish bilan bog`liq bo`lgan masalalarni o`rganish.
7)pedagogik faoliyatni amalga oshirishning psixologik qonuniyatlarini o`rganish.
O`qitish o`quvchining bilim faoliyatini o`stirish bo`lib, ikki tomonlama jarayondir. Bu jarayon o`qituvchi va o`quvchi tomonidan amalga oshiriladi. Bu jarayonda o`qituvchi tomonidan o`quvchilarga ularning yoshi va individual hususiyatlari hisobga olingan holda fanlar asoslari singdiriladi. O`qituvchining faol faoliyati tufayli o`quvchilarning bilimlarni o`zlashtirish maqsadi amalga oshiriladi. Bilimlarni o`zlashtirish o`quvchining bilish faoliyatidir. Bu faoliyat tufayli o`quvchilarga bilim, iqtidor, malakalar singdiriladi, ular shaxsi shakllantiriladi. O`qish faoliyati tufayli o`quvchilar tabiat va jamiyatga doir bilim asoslari bilan qurollanadilar.
Hozirga vaqtda ta`limning bir qancha shakllari bor. Bular o`quvchining obyektiv olamga faol munosabatida nomoyon bo`ladi va uning o`yin, mehnat va o`qish faoliyatida aks etadi.
Amaliy pedagogik faoliyatda ilmiy g‘oyalar va pedagogik tarbiyani qo‘llash pedagog mehnatiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Lekin bu mehnat natijalari darhol ko‘rinmaydi. Uning mahsulini ko‘rish uchun yillab mehnat qilish kerak. Pedagog faoliyatini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bu faoliyat o‘zining sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham turlicha bo‘ladi. Haqiqiy fidoiy pedagoglar o‘z faoliyatida eng yaxshi natijalarga erishadilar. Tajribali novator pedagoglar bolalarga samarali ta’lim-tarbiya berish bilan bir qatorda pedagogika fanidan yangi yo‘l ham ochmoqdalar. Pedagogik mehnatni amalga oshirish jarayonida quyidagi xususiyatlarni o‘z faoliyatida amalga oshirishlari zarur:
Pedagogning ijodkorligi bolaning ijodkorligini uyg‘otadi. Ular o‘z bolalarini vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash bilan birga ularning qalbida olijanob fazilatlarni qaror toptiradilar.
Shunday ekan, pedagoglarning pedagogik mahoratida shaxsiy faoliyat tizimini ishlab chiqish muhimdir. Hayot - kashfiyotlar olami. Tajriba, uslub, fikrlar rang-barang. U samarali mehnat natijasida isbot va dalillar orqali bolalar qalbiga ko‘chadi. Ularning tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar, bolalar muallimning faxri, kelajagidir. Shu bois ularning niyati bolalarni, bolalarni mustaqil yurt quruvchilari, muxandislari, ilmu ma’rifat fidoiylari safida ko‘rishdir.
Har bir pedagognig o‘z faoliyat tizimini ishlab chiqishi va unga qat’iy amal qilishi uning ta’lim sohasidagi muvaffaqiyatlarining muhim omillaridan biridir. Pedagog bir xil metodlarda dars o‘tish bilan cheklanib qolmasligi lozim. Aksincha, u o‘qitish metodlarini takomillashtirish ustida tinimsiz ishlashi zarur.




  1. Download 24.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling