Pedagogik psixologiyada tarbiya tushunchasining sharhlanishi


Download 15.02 Kb.
bet1/3
Sana06.11.2023
Hajmi15.02 Kb.
#1750163
  1   2   3
Bog'liq
tarbiya psixologiyasi


TARBIYA
PSIXOLOGIYASI
Reja:
 
 
  • Pedagogik psixologiyada tarbiya tushunchasining sharhlanishi.
  • Bolalalikning turli yosh davrlarida tarbiyaning o’ziga xosliklari.
  • Balog’at yoshdagilar tarbiyasining psixologik jihatlari.

Pedagogik psixologiyada tarbiya tushunchasining sharhlanishi. Tarbiya – shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aktiv ishtirok etishga qaratilgan barcha ta’sirlar majmui. Tarbiya ta’lim bilan uzviy bog’liq. Ta’lim tarbiyaning muhim vositasi bo’lib, ko’p maqsad va vazifalarga u texnika, adabiyot, san’at, ommaviy informasiya va propagada vositalari (matbuot radio, televideniye) ham tarbiyaga katta ta’sir ko’rsatadi.
Tarbiyaning asosiy turlari oiladagi tarbiya va ijtimoiy tarbiyadir. Jamiyat tarixiy rivojlanishi jarayonida shaxsning shakllanishidagi ijtimoiy tarbiyaning ahamiyati tobbora oshib boradi. Tarbiya ijtimoiy hayotning muhim funksiyasidir. Jamiyat yashash va taraqqiy etishi uchun tarbiya juda zarur. Tarbiya orqali o’tmishning moddiy va ma’naviy boyliklariga vorislik ta’minlanadi: o’sib kelayotgan yosh avlod o’tmish tajribalarini uni yanada boyitadi. Tarbiya shaxsning individual taraqqiyoti, axloqiy, jismoniy kamolatida yetakchi rol o’ynaydi.
Ibtidoiy jamiyatda tarbiya alohida faoliyat deb qaraolmagan, yosh avlod tomonidan keksa avlodning hayot tajribalarini shunchaki o’zlashtirishdan iborat bo’lgan. Tarbiya asosan mehnat faoliyati jarayonida, shuningdek turli urf-odat va o’yinlarni o’tkazish vaqtida amalga oshirilgan.
U avvalo o’sib kelayotgan avlodning jismoniy rivojlanishiga qaratilgan. Ibtidoiy jamiyatda sinflar bo’lgani tufayli hamma bolalar deyarli bir xilda tarbiya olgan. Erkaklar bilan ayollar o’rtasida mehant taqsimot o’g’il bilan qizlar tarbiyasidagi tafovutni keltirib chiqadi.
Sinflar vujudga kelishi bilan tarbiya sinfiy bo’la bordi. Ekspluatatorlar sinfi unda o’z hukumronliklarini mustahkamlash uchun foydalandilar. Quldorlik davrida badavlat kishilar o’sha davrdagi turli o’quv tarbiya muassasalarida tarbiyalangan va ta’lim olgan. Qullar va ularning bolalari og’ir jismoniy mehnat uchun tayyorlangan. Feodalizm davrida tarbiya tabaqalashtirilgan holda olib borildi.
Ma’lumki, shaxsning rivojlanganlik darajasida ta’minlovchi asoslar dastlab oilada yaratiladi. I.A.Karimov ta’kidlanganidek «bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi».
Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his qiladi.
Oila tarbiyasi – oilada ota-onalar, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy kuch oilaviy tartib, ya’ni oila a’zolarining bir-biriga munosabati, ota-ona va boshqa katta kishilarning xulq atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, oila byudjeti, yashash sharoiti va harakati. Oila qanchalik tartibli, uni a’zolari o’rtasidagi munosabat samimiy bo’lsa, oila tarbiyasi bolaning shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi. Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi. Oila tarbiyasi bolaning ilk go’daklik davridan boshlanadi. Oilada uning sog’lig’i, jismoniy kamoloti, to’g’ri ovqatlanishi, uxlash rejimi, ozodalik va shu kabilarga ahamiyat beriladi.
Bolada yoshlikda boshqalarga taqlid etishi kuchli bo’lganligi sababli oiladagi kattalar uning nojo’ya hatti-harak qilishliriga yo’l qo’ymaslik lozim. Bolaning aqliy taraqqiyoti, undagi ijobiy hislatlarning shakllanishiga ham haroakat qilishlariga yo’l qo’ymaslik lozim. Bolaning aqliy taraqqiyoti, undagi ijobiy hislatlarning shakllanishiga ham ilk yoshligidan ahamiyat beriladi. Bola katta bo’lgan sari oila tarbiyasi ham murakkablashadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga har narsaga qiziquvchanlik, intilish juda kuchli bo’ladi. Bu davrda oilada bolaning hatti-harakatini qat’iy nazorat qilib, ijodiy faoliyatga undagi yo’lga solish, qobiliyatining o’sishiga ahamiyat berish zarur. Oilada bolaning hayotiga mos rejim o’rnatish uni tartibli bo’lishga odatlantiradi, o’z xulq atvorini boshqarish ko’nikmasini hosil qiladi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hayotida o’yin asosiy o’rin tutadi. Ota-ona bolalarining va ularning o’yinlarini vaqt-vaqti bilan nazorat etishlari kerak.
Bolaning katta ilk yoshligidanoq bola gigenasi tartibi va jismoniy mashqlarni muntazam o’rganib borish lozim(bolalar va o’smirlar gigiyenasi). Bu ishda kattalarning o’rnak bo’lishi muhim o’rin tutadi.

Download 15.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling