Pedagogik psixologiyada tarbiya tushunchasining sharhlanishi


Bolalikning turli yosh davrlarida tarbiyaning o’ziga xosliklari


Download 15.02 Kb.
bet2/3
Sana06.11.2023
Hajmi15.02 Kb.
#1750163
1   2   3
Bog'liq
tarbiya psixologiyasi

Bolalikning turli yosh davrlarida tarbiyaning o’ziga xosliklari
Uyida tinchi yo’qning har qayerda tinchi yo’q deydilar. Darhaqiqat, oilasida baxtli bo’lgan kishi har qayerda ham –ishxonada, ko’cha-kuyda, do’stlar davrasida, sayru-sayohatda ham kayfiyati yaxshi bo’lib, ko’ngli ochilib, xursand yuradi. Bordi-yu, kishi oilada tinchi bo’lmasa, uyidan ko’ngli to’liq bo’lmay, o’zini baxtsiz sanar ekan, har doim bu baxtsizlik soya tashlab turadi va kishining ko’ngli chekkasi doim xafagazak bo’lib turadi.
Oilada totuvlik muhitining, oilaviy baxtning barqg’arorligi bir necha omillarga bog’liq, chunonchi, er-xotin o’rtasidagi chuqur mehr-oqibat, o’zaro hurmat va do’stlik, oila a’zolari o’rtasidagi qadr-qimmat, o’zaro sadoqat va h.k. Bu omillar qotarida ota-ona va kattalar bilan bolalar o’rasidagi munosabat alohida o’rinda turadi. Biz bu o’rinda ana shu muhim omil ustida to’xtalib o’tmoqchimiz.
Qariyalar, ota-onalar o’z turmush tajribalari orqali biroz bo’lsada, farzandlarning psixologik xususiyatlaridan xabardorlar. Lekin bu xabardorlik aksari umumiylik xususiyatiga ega bo’lib, bolalarning yosh va individual xususiyatlariga asoslanmagan bo’ladi. Shu tufayli ko’p oilalarda aksari ota-ona bilan bolalar o’rtasida «anglashilmovchilik g’ovi» vujudga keladi. Bunday munosabatni tubdan o’zgartirish lozim.
Ota-onalar farzandlarining o’zlariga xos psixologik xususiyatlarini yaxshi bilib olishlari zarur. Ayni vaqtda ular bolalarda ham katta yoshdagilarda va qariyalarga nisbatan iliq muhabbat, hurmat munosabat ideal sifatida qarash kabi his tuyg’ularni shakllantira borishi kerak. Farzandlarga qilingan yumshoq va qo’pol muomila ularning ruhiy dunyosida albatta ijobiy yoki salbiy taassurot qoldiradi. Bunday taassurot oqibati bolalarning o’yinlariga va o’qish faoliyatiga ham ta’sir qiladi. Shunga ko’ra, qariyalar va ota-onalar farzandlarining fe’l-atvorini, qiziqishini, umuman olganda ularning ruhiy dunyosini chuqur bilganlaritaqdirdagina oilada chinakam totuvlik muhiti mavjud bo’lishi mumkin.
Kichik yoshdagi bolalar maktab ostonalariga oyoq bosishlari bilan o’yin faoliyati o’sib o’tadi. O’qituvchi bilan notanish bolalar bilan muomila qilish ular uchun noqulay vaziyatni vujudga keltiradi. Ba’zi bolalar bunday holatning oldini olish uchun uni ortiqcha erkalatmaslik, qo’ygan talablarini hamisha amalga oshiravermaslik kerak.
O’smirlik davrida (11-15 yoshlar) bolalarning ruhiy dunyosida katta o’zgarishlar yuz beradi. Bu o’zgarishlarga qator omillar sababchi bo’ladi. O’smirning biologik rivojlanishi, maktab pedagogik jamoa tarkibining kengayishi, tevarak-atrof muhiti va boshqa omillar shular jumlasidan. Endi o’smirning maktabda, oilada, ko’cha-kuyda o’zini tutishi o’zgaradi, ijtimoiy-siyosiy masalalarga qarashi boshqacharoq tus oladi. Xuddi shu davrda o’smirlarning to’z shaxsiy fikrini qattiq ushlash, boshqalar fikriga tanqidiy munosabatda bo’lish, kamchiliklarga o’z vaqtida iqror bo’lmaslik, o’jarlik, o’zbilarmonlik, o’zini kattalardek his etish xususiyatlari ko’zga tashlana boshlaydi.
Ota-onalar o’smirlar bilan muloqotga kirishida ularning izzat-nafsiga tegmaslik hamda ularni kalaka qilmaslik zarur. Aks holda ularning ota-onaga bo’lgan muhabbati, samimiy hurmati o’rnini ko’ngil sovish, nafrat hissi egallashi mumkin. O’smirga haqiqatni silliq muomila orqali tushuntirish, uni ko’proq mas’uliyatli vazifalarni bajarishga tortish, diqqatini salbiy narsa va obyektlardan chetga burish lozim. Bu narsa o’smirda ishonch hamda oddiy g’urur hislarini vujudga keltiradi. Bundan tashqari, uni ota-ona oldidagi farzandlik

Download 15.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling