Pedagogik-psixologiyaning predmeti


Download 89.5 Kb.
bet1/7
Sana11.05.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1451794
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIYANING PREDMETI


PEDAGOGIK-PSIXOLOGIYANING PREDMETI
VA MUAMMOLARI
REJA:

  1. Pedagogik-psixologiya fanining predmeti, vazifalari.

  2. Fan sifatida pedagogik-psixologiyaning vujudga kelishi, uning rivojlanish tarixi va hozirgi holati.

  3. Pedagogik-psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari.

Pedagogik-psixologiya psixologiya ilmining tarmog’i sifatida, ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir.


Bolalarning maktabdagi hamda ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti-harakatlarining psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogik-psixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o’rin egallagandir.
Pedagogik-psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko’nikma, malakalarini egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Shuningdek, pedagogik-psixologiya ta’lim tarbiyaning ta’siri oqibatida o’quvchilar ruhiyatida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni, o’quv materiallarining o’quvchilarning yosh davrlarga mos kelishni, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar, o’quv qurollari, asbob-uskunalar, maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo’lgan psixologik talablar kabi muammolarni ham o’rganadi.
Pedagogik psixologiya o’quvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini o’rganadi. O’quvchilarda bilim, iqtidor va malakalarni o’zlashtirish tufayli ular shaxsining tarkib topish qonuniyatlari mavzuni o’z ichiga oladi.
Pedagogik psixologiya ta’lim va tarbiya jarayonida bola shaxsining tarkib topish muommolarini o’rganar ekan, u bolalar psixologiyasi bilan mustahkam aloqada ish ko’radi. Darsliklar, o’quv qo’llanmalari, qurollari, ta’lim va tarbiyaning samarali metodlari, o’quvchilarni mehnat va ijtimoiy faoliyaiga tayyorlash masalalarini har bir o’quvchining o’ziga xos sifatlarni bilmay turib, amalga oshirib bo’lmaydi.
O’quvchi tafakkurining shakllanishi, aql darajasining o’sa borishi, o’quvchilar jamoasidagi o’zoro munosabatlarning mohiyati, har bir o’quvchida bilimlarni o’zlashtirish malaka va ko’nikmalarini bilmay turib, ta’lim va tarbiya ishida muvaffaqiyatga erishib bo’lmaydi. Bu masalalarni amalga oshirish uchung xizmat qiladigan tamoillar va metodlar quyidagilardan iborat:

Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling