Pedagogik psixologiyaning yuzaga kelish tarixi
Download 71.62 Kb.
|
(Tayyor) Pedagogik psixologiyaning yuzaga kelish tarixi
XIX – asrning 70- 80 yillariga kelib, tadqiqotning ikki yo‘nalishi: ota – onalarning o‘z bolalarini kuzatishi (bolalar rivojlanishini kundaliklarga qayd etish) va olimlar tomonidan bolalar rivojlanishini (ma’lum bir dasturga tayanib) o‘rganish vujudga keldi. Bolalarning psixologik va fiziologik rivojlanishi, aqliy mehnat qilishning zaruriy shart – sharoitlari va bilish faoliyatlari rivojlanishi, hulq – atvor me’yorlarining o‘zlashtirilishi kabilar tadqiq etiladi (P.F.Kaptereva, P.F.Lesgaft, I.A.Sikorskiy, N.N.Lange kabilarning ishlarida kuzatiladi).Tadqiqot jarayonida eksperiment metodidan foydalanishni birinchi bo‘lib 1879 – yilda I.A.Sikorskiy boshladi. Lekin undan foydalanish ilm – fan dunyosida yaxshi qarshi olinmadi. 1880 – yillar o‘rtalariga kelib psixologik laboratoriyalar joriy etilganidan so‘ng, eksperiment metodi rus psixologiyasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.Bolalar rivojlanishining asosiy xususiyatlari haqida umumiy qoidalar shakllantirildi: • Rivojlanish bosqichma – bosqich va izchil davom etadi. Umuman olganda, u o‘z ichiga faqat olg‘a borishni nazarda tutadi. Ammo bir chiziqda ketmaydi, bu chiziqdan chetlanish va to‘xtab qolishlar ham kuzatiladi. • Jismoniy va ruhiy rivojlanish o‘rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Bunday uzviy aloqadorlik aqliy, emotsional va irodaviy sifatlar o‘rtasida ham kuzatiladi. To‘g‘ri tashkil etilgan tarbiya va ta’lim jarayonlari barkamol va har tomonlama rivojlanishga asos bo‘ladi. • Rivojlanish jarayonida muayyan tana a’zolari va psixologik faoliyatning ba’zi taraflari ishtirok etadi, ammo hammasi barobar emas va ishlash tezligi va tempi ham bir hil emas.• Rivojlanish o‘rta me’yorda kechadi, lekin turli sabablarga ko‘ra tezlashib ketishi yoki • Rivojlanish to‘xtab aksincha sekinlashishi mumkin.qolib, kasallikka ham aylanishi mumkin. • Bolalarning kelajakdagi rivojlanishi haqida erta prognoz qilish mumkin emas. Maxsus qobiliyatlar umumiy rivojlanishga tayangan bo‘lishi lozim. • Bolalar rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni sohtalashtirmaslik kerak, har bir yosh davriga o‘z rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tish imkonini yaratish zarur.Download 71.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling