Pedagogik psixologiyaning yuzaga kelish tarixi
Download 18 Kb.
|
Abdullayev Bahodir
—Nasriddin Tusiy“O‘qituvchi munozaralarni olib borishni, rad etib bo‘lmaydigan darajada isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jamadar mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi lozim... O‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qo‘pol yoki qattiq bo‘lishi mumkin emas. Dars paytida o‘qituvchi o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin...”O’qituvchining o’rni va uning vazifalari o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan belgilanadi. Zamonaviy o'qituvchi ijtimoiy psixolog bo'lmas-ligi mumkin emas. Shuning uchun ham u o'qituvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni yo'lga solish, bolalar jamoasida ijtimoiy-pisixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. O’qituvchi pedagogic jamoa a’zosi sifatida pedagogic faoliyatni uyushtirishda bevosita ishtirok etib, turli fan o’qituvchilari va sinf rahbarlarining metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir o'qituvchi o'quvchilarning ota-onalari va jamoatchilik oldida ma'ruzalar o'qib, suhbatlar olib borar ekan, demak, u pedagogik bilimlar targ'ibotchisi hamdir. Vazifalarning shu qadar ko'pligi uchun ham jamiyatning o'qituvchilar oldiga qo'yadigan talablari xilma-xildir. Yosh avlodning ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq psixologik muammolari yirik olimlar, faylasuf va yozuvchilarini ham muntazam jalb etib kelgan. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar diniy-ahloqiy ta’limotlar zamirida yoritilgandir.A.N.Radishev birinchilar qatori bola psixik taraqqiyotini tabiiy-ilmiy yusinda asoslab berishga urindi. Uning «Peterburgdan Moskvaga sayoxat» kitobi bu borada pedagogik-psixologik asarlar sirasidan munosib o‘rin egallaydi. Yozuvchining fikricha, inson tashki muhit haqidagi taassurotlarini sezgilar orqali idrok etadi, shu yo‘sinda uning tafakkuri, ulg‘ayib shakllanadi.Nemis psixologi E.Meyyerman bolaning o‘quv maskani davrida uning ruhi va tanasida kechayotgan o‘zgarishlarni to‘liq bilmay turib, unga buyruq yoki tazyiq o‘tkazib bo‘lmaydi, deb ta’kidlaydi. Uning fikricha eksperimental pedagogikaning maqsadi ayni shu muammolarga qaratilmog‘i darkor.Download 18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling