Pedagogik qobilivatlar Reja


Download 28 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi28 Kb.
#1529959
  1   2
Bog'liq
Pedagogik qobilivatlar


Pedagogik qobilivatlar
Reja:
1.Pedagogik qobiliyat turlari
2.Didaktik qobiliyatlar
3.Akademik qobiliyatlar
4. Perseptiv qobiliyatlar
5. Nutq qobiliyati
Qobiliyat — bu kishining biror faoliyatga yaroqliligi va shu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishidir. Pedagogik qobiliyat — bu qobiliyat turlaridan biri bo'lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olishini aniqlab beradi. Pedagogik qobiliyatning tuzilishi qanday? Quyida bu m asalani ko‘rib chiqamiz. U zoq yiîlar olib borilgan tadqiqotlar, pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko‘p qirrali psixologik bilimlardan iboratliligini ko‘rsatib berdi. Ana shu tadqiqot m a’lum otlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida m uhim o‘rin egallaydigan qatorkomponentlami (tarkibiy qismlar) ajratib ko‘rsatish mumkin:
Didaktik qobiliyatlar — bu o ‘quvchilarga o‘quv materiallami aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib etkazib berish, o‘quvchilarda fanga qiziqish uyg‘otib, ularda mustaqil, faol fikrlashni uyg‘ota oladigan qobiliyatlardir. Didaktik qobiliyatlarga ega bo‘lgan o ‘qituvchi zarurat tug‘ilganda qiyin o‘quv materialini osonroq, murakkabrog‘ini soddaroq, tushunishi qiyin bo‘lganini tushunarliroq qilib o'quvchilarga moslashtirib bera oladi. 0 ‘qituvchining m ana shu xislatlarini bilib oigan o‘quvchilar odatda: ,,0‘qituvchining eng muhim tomoni ham uning hamma narsani aniq, ravshan va tushunarli qilib berishida. Bunday o‘qituvchining q o iid a mazza qilib o ‘qiging keladi“; „U nisi esa hech narsaga yaramaydigan o ‘qituvchi, hech ham aniq tushuntirib bera olmas edi“; ,,0 ‘quv m aterialini o ld id a tirik odam lar em as, balki qandaydir mexanizmlar bordek, zerikarli va noaniq — mujmal qilib tushuntiradi. Biz bunday o ‘qituvchilarni yoqtirmaymiz“ — deydilar.
Pedagogik qobiliyatlar psixologiyasi.
Pedagogik faoliyatdagi muhim jihatlardan biri bu pedagogik qobiliyatdir.
Pedagogik qobiliyat – bu qobiliyat turlaridan biri bo‘lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olishini aniqlab beradi.
Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko‘pqirrali psixologik bilimlardan iboratligini ko‘rsatib berdi. Ana shu tadqiqot ma’lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o‘rin egallaydigan qator komponentlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1, Didaktik qobiliyatlar. Bu bolaga o‘quv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg‘otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg‘ota oladigan qobiliyatdir.
Didaktik qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi zarurat tug‘ilganda qiyin o‘quv materialini osonroq, murakkabrog‘ini soddaroq, tushunish qiyin bo‘lganini tushunarliroq qilib, o‘quvchilarga moslashtirib bera oladi.
Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog N.Gonobolin juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko‘ra bilish xarakteridagi matnda o‘qituvchining fikri bo‘yicha ayrim sinf o‘quvchilari uchun qiyin deb hisoblangan qismlarni alohida ko‘rsatib, nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib berish, shundan so‘ng esa matnni o‘quvchilarga yengil va ularning o‘zlashtirishlari uchun qulay qilib qayta tuzish tavsiya etiladi.
Qobiliyatli o‘qituvchi shu bilan bir qatorda materialni o‘zlashtirish, o‘quvchilarni diqqat e’tiborini jalb qilishni ham nazarda tutadi. Bunday o‘qituvchi zarur sharoit yaratilmaguncha darsni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan dars o‘quvchilarda himoya qiluvchi tormozlanishni vujudga keltirib, miya faoliyatini tormozlaydi va o‘qituvchining so‘zlari yetarlicha idrok qilinmaydi.
2. Akademik qobiliyatlar – matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlar sohasiga xos qobiliyatlardir.
Qobiliyatli o‘qituvchi o‘z fanini faqat fan doirasidagina emas, balki atroflicha keng, chuqur bilib, bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib, o‘quv materialini mutlaqo egallab, unga katta qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo‘lsa-da tadqiqot ishlarini olib boradi. Ko‘pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o‘qituvchi o‘z fani bo‘yicha bunday yuksak bilim saviyasiga erishish, boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirish, o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘ota olish uchun u yuksak madaniyatli, har tomonlama mazmunli keng dunyoqarashli odam bo‘lmog‘i lozim.
3. Perseptiv qobiliyatlar – bu psixologik kuzatuvchanlik, o‘quvchi shaxsining individual psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda yondoshish, o‘quvchining vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog‘liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatdir.
4. Nutq qobiliyati – kishining o‘z tuyg‘u-hislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Bu o‘qituvchilik kasbidagi muhim hislatlardan biri hisoblanadi. Chunki o‘qituvchidan o‘quvchilarga uzatiladigan axborot asosan ikkinchi signal tizimi – nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatidan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. O‘qituvchi nutqi, uning talaffuzi aniq-ravshan, oddiy va o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lishi kerak. Beriladigan axborotlar shunday tuzilishi kerakki, bunda o‘quvchilarning diqqat-e’tibori yuqori darajada faollashtirilishi lozim.
5. Tashkilotchilik qobiliyati -bu birinchidan, o‘quvchilar jamoasini uyushtira bilish, bunda jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o‘zining shaxsiy ishini to‘g‘ri tashkil qila olish qobiliyatidir. O‘qituvchining o‘z ishini tashkil qila bilishi deganda, uning o‘z ishini to‘g‘ri rejalashtirib, uni nazorat qila olishi nazarda tutiladi. Tajribali o‘qituvchilarda vaqtta nisbatan o‘ziga xos sezuvchanlik - ishni vaqt bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlab, mo‘ljallangan vaqtdan to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Dars davomida, albatta, ko‘p hollarda vaqtni behuda yo‘qotish ham mumkin. Lekin bu yo‘qolgan dars rejasini tuzatish zaruriyati tuzilgan hollarda bo‘lishi mumkin. Tajribali o‘qituvchilar vaqtni seza bilishni o‘rganish uchun dars rejasini yoki matnda vaqtni nazorat qilish uchun belgilar olib borishni tavsiya etadilar. Jumladan: darsning 10, 20, 30 va boshqa daqiqalari davomida mabodo, ko‘zda tutilmagan vaqt ortib qolgan taqdirda foydalanish uchun qanday qo‘shimcha materiallarn tayyorlash yoki vaqt yetmay qolgan taqdirda qanday materialni keyingi darsga qoldirish mumkinligi haqida maslahat beradilar.
6. Avtoritar qobiliyati - bu o‘quvchilarga bevosita emotsional - irodaviy ta’sir etib, ularda obro‘ orttira bilishdan iborat qobiliyatdir. Avtoritar qobiliyat o‘qituvchining rostgo‘yligi, irodaviy uddaburonligi, o‘zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy hislatlari hamda qator shaxsiy hislatlarga, shu bilan birga o‘quvchilarni ta’lim-tarbiyasida javobgarlikni his etish, uning e’tiqodi, o‘quvchilarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni singdira olganligiga ishonchi kabi hislatlarga ham bog‘liqdir.
7. Kommunikativ qobiliyati - bu bolalar bilan muloqotda bo‘lishga, o‘quvchilarga yondashish uchun to‘g‘ri yo‘l topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o‘zaro aloqa bog‘lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir. Pedagogik takt psixologiyasini o‘rganishda psixolog I.V.Straxov benihoyat katta hissa qo‘shgan. Uning fikricha, bunda muhimi -o‘quvchilarga ta’sir etishning eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta’sirni qo‘llashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga e’tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga olish, o‘quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarini hisobga olish zarurdir.
8. Pedagogik xayol — bu kishining o‘quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyihalashtirishda o‘z ish-harakatlarining natijasini oldindan ko‘ra bilishda namoyon bo‘ladigan qobiliyatdir. Bu qobiliyat o‘qituvchi ma’lum o‘quvchidan kelgusida kim chiqishini ko‘z oldiga keltirishda, tarbiyalanuvchilarda u yoki bu xildagi hislatlarni rivojlanishini oldindan ko‘ra bilishida namoyon bo‘ladi. Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiyaning kuchiga, o‘quvchilarga bo‘lgan ishonch bilan bog‘liqdir.
9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati — bu qobiliyat bir vaqtning o‘zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo‘lib, o‘qituvchi ishida g‘oyat muhim ahamiyatga egadir. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zining diqqat-e’tiborini o‘quv materialini qanday bayon etilishiga, uning mazmuniga, o‘z fikrlarini atroflicha qilib qanday ochib berishga yoki o‘quvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan birga bir vaqtning o‘zida barcha o‘quvchilarni kuzatib, ularni toliqqan-toliqmaganligiga, e’tiborli yoki e’tiborsizligiga, darsni tushunish-tushunmasligiga ahamiyat berib, o‘quvchilarning intizomini kuzatadi hamda oqibat natijada o‘zining shaxsiy xulq-atvoriga (yurish-turishiga, o‘zini tutishiga, mimika va pantomimikasiga) e’tibor beradi.
Xulosa kilib, shuni aytish joizki, o‘kituvchining barcha ijobiy, umuminsoniy axlok me’yorlariga mos keluvchi hislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz quyidagi hislatlarini olib karaydigan bo‘lsak, bularning barchasi ham o‘ta muhim omillardir. Jumladan, o‘kituvchining tashki kiyofasi uning obro‘si shakllanishiga ta’sir etadi. O‘kituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning poqizaligi, saranjom – sarishtaligi, o‘zini chiroyli tutishi kaddi-komati va yurish-turishlari o‘quvchilarda juda yaxshi taassurot koldiradi.
N.V.Kuzmina o‘qituvchi faoliyatidagi ba’zi qobiliyatlarga muvofiq keluvchi asosiy tarkibiy qismlarga qonstruktivlik (pedagogik maqsadga mos keluvchi materialni tanlay olish va uni namoyon etish vositalarida aks etadi), tashkillashtirish, kommunikativlik (tarbiyalanuvchilar bilan muloqot o‘rnata olish qobiliyati) va gnostik (bilimlardan foydalanish va qo‘llay olish qobiliyati) qobiliyatlarni kiritadi. Bundan tashqari, N.V.Kuzmina pedagogik qobiliyatlarga pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, pedagogik takt, diqqatning taqsimlanishi, talabchanlikni kiritadi.
Maxsus pedagogik qobiliyatlar ichida bolalarni tarbiyalash qobiliyati o‘ziga xos sinfni tashkil etadi. Ular ichida asosiylar deb quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Boshqa odamning ichki kechinmalarini to‘g‘ri baholay olish, hamdardlik, hamfikrlik (empatiya) qobiliyati.
2. Bolalar uchun qilayotgan ishlarda namuna va o‘rnak bo‘la olish qobiliyati.
3. Bolalarda olijanoblik hissini, yaxshi inson bo‘lishga xohish va intilishni, yuqori axloqiy maqsadlarga erishishni shakllantirish qobiliyati.
4. Tarbiyalanuvchi bolaning o‘ziga xos xususiyatlariga tarbiya ta’sirlarini moslashtira olish qobiliyati.
5. Odamda ishonch hissini uyg‘ota olish, uni tinchlantirisha olish, o‘z-o‘zini rivojlantirishni qo‘llab quvvatlash qobiliyati.
6. Har bir bola bilan muomala qilishning kerakli usulini topa bilishi, o‘zaro tushunishga erisha olish qobiliyati.
7. Tarbiyalanuvchi tomonidan o‘ziga nisbatan hurmat uyg‘ota olish, bolalar orasida hurmat qozona olish qobiliyati.
Pedagogning tarbiyachi sifatidagi qobiliyati ham uning o‘qituvchilik qobiliyatiga muvofiqdir. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, yaxshi o‘qituvchi bo‘lishdan ko‘ra yaxshi tarbiyachi bo‘lish birmuncha murakkabroqdir.
Ba’zan yaxshi o‘qituvchi bo‘lib, nisbatan kuchsiz tarbiyachi bo‘lish mumkin. Ba’zan esa yaxshi tarbiyachi bo‘lib, yaxshi o‘qituvchi bo‘lish murakkablik qiladi. Bu holat ayrimlarda o‘qituvchilik, ayrimlarda esa tarbiyachilik faoliyat doirasining asosiy ekanligini anglatadi.
Maxsus pedagoglik qobiliyatlari ichida shundaylari ham borki, ularni aniq o‘qituvchilik yoki tarbiyachilik faoliyatiga mansub deb ajratib bo‘lmaydi. Negaki, ular har ikkalasi uchun ham bir xilda zarurdir. Bu narsa - pedagogik muloqot, muomaladir. Psixolog olim V.A.Kan-Kalik bunday qobiliyatni tadqiq qilib shunday yozgan edi. Pedagoglik ishi o‘z tuzilishida ikki yuzdan ortiq tuzilmani tashkil qiladi. Muloqot uning eng murakkab tomonlaridan biridir, negaki u orqali pedagogik faoliyatning eng asosiy maqsadi - o‘qituvchi shaxsining o‘quvchi shaxsiga ta’siri amalga oshiriladi. Pedagogning muhim mahoratlaridan yana biri o‘quvchilar bilan uzoq va samarali ta’sir o‘tkazishni tashkil etishidir. Odatda bu mahoratni pedagogning kommunikativ qobiliyati bilan bog‘laydilar. Kasbiy pedagoglik muloqotiga ega bo‘lish - shaxslararo muloqotga tegishli bo‘lgan pedagog shaxsining muhim tomonidir.
Insonni inson tomonidan bilish - insonni shaxs sifatida umumiy baholashdir. U odatda bir ko‘rishda olingan taassurotlar natijasida jamlanib, uning shaxsini ayrim tomonlari, motivlari, va kelgusi rejalarini baholash; tashqi ko‘rinish va odamning ichki hissiyotlari o‘zaro bog‘liqligini baholash; jestlari, imo-ishoralari, mimika va pantomimikalarni o‘qib bilishda namoyon bo‘ladi.
Odamni o‘z-o‘zini bilishi o‘z bilimlarini, o‘z qobiliyatlarini, o‘z xarakterini va boshqa shaxsning o‘zidagi xususiyatlarini baholash; sirtdan qaraganda odam qanday qabul qilinadi va u boshqa odamlar ko‘zida qanday namoyon bo‘lishini bila olishdir.
Muloqat jarayonidagi holatni to‘g‘ri baholay bilish – bu holatni kuzata bilish qobiliyati, undan foydali axborot belgilarini ajratib olish va ularga e’tiborni qaratish, vujudga kelgan holatning ijtimoiy va psixologik mazmunini to‘g‘ri baholash va qabul qilishdan iboratdir.
Pedagogik nuqtai nazardan qiziqarli bo‘lgan, lekin kam o‘rganilgan va amaliyotda ko‘pdan-ko‘p muammolar keltirib chiqaradigan turi pedagogik muloqatning noverbal shakli deb nomlanadi. Bu bilan bog‘liq kommunikativ qobiliyat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: notanish odamlar bilan muomalaga kirisha bilish, ziddiyatlarni oldini ola bilish, yuzaga kelgan tushunmovchilik va ziddiyatlarni o‘z vaqtida yecha bilish, boshqa odam tomonidan o‘zini to‘g‘ri tushinishni va qabul qilishni ta’minlaydigan tarzda o‘zini tuta bilish, boshqa odamga o‘zining qiziqishlari va hissiyotlarini bayon etishga imkon berish, muloqotdan o‘zi uchun yuqori darajada foyda ola bilish qobiliyati.
Insonning o‘z -o‘ziga nisbatan qilgan harakatlarida namoyon bo‘lgan qobiliyati, o‘zining xulq - atvoridagi faoliyatini boshqarishni bilishi, atrof-muhitdagi odamlar bilan o‘zaro muloqat qilganda zarur bo‘lgan qobiliyatdir. Bu narsa bizni boshqa odamlar tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishimiz va to‘g‘ri tushinishimizni ta’minlaydi. Bunga yana insonni odatlaridan va kamchiliklaridan qutilishga bo‘lgan layoqati, ya’ni muloqatga to‘siq bo‘ladigan, muloqat uchun zarur bo‘lgan foydali malaka va ko‘nikmalar shakllantirishga bo‘lgan qobiliyatini ko‘rsatish mumkin.
Pedagogning individual faoliyat uslubi
O‘qituvchilik – inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq, e’zozlab kelingan kasbdir.
Nasiriddin Tusiy o‘zining "O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘risida" degan asarida shunday deydi: "…O‘qituvchi munozaralarni olib borishni, rad etib bo‘lmaydigan darajadagi isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi lozim… O‘qituvchi nutki hech qachon va hech qaerda zaharxandali, qo‘pol yoki qattiq bo‘lishi mumkin emas. Dars paytida o‘qituvchining o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin…"
Qobiliyatli, ijodkor inson –u har doim o‘ziga xos shaxsdir. Pedagogda individuallikning shakllanishi bolani ijodiy shaxs sifatida tarbiyalashga yordam beradi. Har qanday katta odam ongli ravishda pedagoglik kasbini tanlar ekan, u tanlagan yo‘lini amalga oshirish chog‘ida allaqachon shaxs bo‘lib shakllanadi va shak-shubhasiz individualdir. O‘qituvchi va tarbiyachilar ichida turli-tuman shaxslar qancha ko‘p bo‘lsa, ular bolalarni o‘qitib tarbiyalaganlarida bu bolalar ko‘pdan-ko‘p, shu bilan birga foydali individual xususiyatga ega bo‘lishlarining ehtimoli shuncha yuqoridir.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan, har bir o‘qituvchi va tarbiyachi ega bo‘lishi lozim bo‘lgan pedagogik faoliyatning umumiy talablari, pedagogik qobiliyatning ko‘pdan-ko‘p jihatlari bilan ularning individuallikka intilishlarini qanday bog‘lash mumkin? Pedagogik faoliyatning individual uslublarini ko‘rib o‘tamiz. Ular quyidagicha namoyon bo‘ladi:
pedagogik tajribalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa o‘qituvchilar yoki tarbiyachilar tomonidan ko‘chirib olishning kelajagi yo‘q hamda bu hol yomon natijalar beradi. Buning yuzaga kelish sababi shundaki, pedagogning psixologik individualligini aynan qaytarish qiyin, ularsiz natijalar o‘z-o‘zidan boshqacha bo‘lib chiqadi. Bu holatdan chiqib ketish uchun pedagogik tajribaning muhim qismini ajratib olib, ongli ravishda muammo qo‘yish va uni ijodiy individual qayta ishlab, hal etish lozim. Boshqacha qilib aytganda, har qanday pedagogik tajribani shundayligicha ko‘chirib olmaslik kerak: undagi asosiy g‘oyani aniqlab, doimo o‘zligicha qolmog‘i, ya’ni yorqin individual hislatlarga ega bo‘lmog‘i lozim. Bu holat bolalarni o‘qitish va tarbiyalash samarasini kamaytirmaydi, balki sezilarli darajada oshiradi, unga yuqori pedagogik tajribani o‘rganish orqali erishiladi.
O‘qituvchi tomonidan tashkil etilgan o‘quv jarayonida sub’ektning ta’lim olishi uning o‘ziga xosligi va xarakterida namoyon bo‘ladi, bu uning o‘quv usuliga ta’sir ko‘rsatadi. Shakllangan individual o‘quv usullari sxematik ravishda ikki qutb bilan ko‘rsatilishi mumkin: “ijobiy” – “salbiy”. Quyida keltirilgan jadval o‘quv jarayonida bunday usullarni ko‘rsatib beradi. O‘qituvchi dars jarayonida buni inobatga olgan holda yondoshishi maqsadga muvofiqdir.
O‘quv jarayonida o‘quvchilarning individual farqi
(G.Klaus bo‘yicha)
Yu.A.Samarin fikricha, o‘quv faoliyati samaradorligining ko‘rsatkichi o‘quvchilarda tafakkurning tizimliligi bilan dinamikligining kengayishidan
iboratdir. Shunday ekan, pedagog doimo ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishda bu jihatlarni inobatga olishi kerak.
D.B.Elkonin boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyatini boshqarishga oid o‘z nazariyasini ishlab chiqqan bo‘lib, uning fikricha, o‘quv faoliyatini boshqarish uchun quyidagi tarkibiy qismlarni o‘quvchilar egallab olishlari zarur:
1) berilgan o‘quv topshirig‘ini yechish uchun vositalar tanlash;
2) topshiriqlarni yechish jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qilish;
3) o‘zlashtirilgan bilimlar, ko‘nikmalar sifatini baholash;
4) o‘z-o‘zini va topshiriq yechimini tekshirish;
5) o‘z oldiga maqsad qo‘ya olish;
6) simvollar (alomatlar, belgilar) bilan predmetning ichki munosabatlari mavjudligini tushunish kabilar.
N.D.Levitov mazkur muammo bilan bevosita shug‘ullanmagan bo‘lsa-da, lekin o‘qituvchi tomonidan o‘quv faoliyatini boshqarish imkoniyati va uning mezonlari to‘g‘risida muhim fikrlarni ilgari suradi. O‘quv faoliyatini idora qilish uchun quyidagi jabhalar ishtirok etishi shart:
1) tafakkurning mustaqilligi;
2) o‘quv materialining tez va puxta o‘zlashtirilishi;
3) o‘quvchilardagi aqliy topqirlik;
4) ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyat mohiyatiga chuqur kirib borish, ya’ni muhim alomatni nomuhimdan ajrata bilish;
5) fikrlashda tanqidiylik, ijodiylik va boshqalar.
Bularning muayyan tizim shakliga kelganligi ta’limni optimallashtirishning puxta negizini va shart-sharoitini yaratadi.

Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling