Pedagogik qobilivatlar Reja


Pedagogning o‘zini-o‘zi boshqarish muammosi


Download 28 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi28 Kb.
#1529959
1   2
Bog'liq
Pedagogik qobilivatlar

Pedagogning o‘zini-o‘zi boshqarish muammosi
Bo‘lajak pedagoglarning oliy o‘quv yurtida olgan psixologik bilimlari ikki unchalik yoqimli bo‘lmagan xossaga ega. Ular, birinchidan, pedagogga amaliyotda zarur bo‘lgan barcha bilimlarni o‘z ichiga qamrab olmagan, bunga sabab pedagogik oliy o‘quv yurtlarida psixologik fanlarni o‘qitish uchun ajratilgan dars soatlari hajmining chegaralanganligidir. Ikkinchidan, bu olingan bilimlar tezda eskirib qoladi va hech bo‘lmaganda besh yilda bir marta yangilab turishni talab etadi, buni o‘z-o‘ziga ta’lim berish yoki malaka oshirishda amalga oshirsa bo‘ladi.
Pedagogning amaliy faoliyatida psixologik ma’lumotlar olishi mumkin bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati yetarli darajada salmoqlidir. Holbuki, pedagogga muntazam ravishda ilmiy kitoblarni va jurnallarni o‘qishga hojat yo‘q, asosiy psixologik bilimlar jamlangan holda keltirilgan, pedagogik faoliyat uchun foydali bo‘lgan bo‘limlarga murojat qilishning o‘zi yetarlidir.
Pedagogning kasbiy faoliyati davomida juda zarur jiddiy jihat – bu o‘z- o‘zini boshqarishdir, ya’ni o‘z psixik holati va xulq- atvorini boshqara olish qobiliyati, murakkab pedagogik holatlarda muqobil harakatlana olishidir.
O‘z - o‘zini boshqarish zaruriyati quyidagi hollarda kelib chiqadi:
O‘z- o‘zini boshqarishning psixologik asoslari bilish jarayonini o‘z ichiga oladi: Sezgi, idrok, diqqat, xayol, tafakkur, xotira, nutq shuningdek shaxs hislatlari – xulq atvori, emotsional holati, vaziyatga munosabati. Yuqorida qayd etib o‘tilgan psixik jarayonlarda o‘z-o‘zini boshqarish odam hususiyatlari va holatlari, uning irodasi va ichki tuyg‘ulari bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, ichki tuyg‘u barcha psixik holatlarni boshqarishda erkinlik asosi bo‘lib xizmat qiladi, iroda bo‘lsa xatti - harakatlar quvvati va yo‘nalishlari ta’minlaydi.
Qabul qilishni o‘z- o‘zidan boshqaruv aniq qabul qilish vazifalarini qo‘yadi – obrazni tuzish, qo‘yilgan savollarga nimani kuzatish kerak? Nima uchun kuzatish? Qanday qilib kuzatish? kabi aniq javob topish kerak. Kuzatuvni boshlashdan avval biz o‘zimiz uchun bu savollarga javob berishimiz lozim bo‘ladi.
Tafakkurni o‘z- o‘zida boshqarishning asosiy usullari quyidagilardir.
- hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifa shartlarni diqqat bilan tahlil qilish;
- talab qilingan natijani berilgan shartlar bilan solishtirish, bunday maqsad kerakli natijani olish uchun yetishmagan narsani aniqlash;
- doimiy ravishda mashq o‘tkazib borib, tafakkurni chiniqtirish;
- tafakkurni aniq yo‘nalishdagi mashqlar bilan chiniqtirish, ya’ni ketma- ket izlanish va yetarli darajada hal qilinishning alternativ yo‘llarni ko‘rib chiqish (bu – vosita anglash jarayoni “sikllanish” deb nomlanadi)
- vazifani hal qilishning yo‘llari bilan bog‘liq bo‘lgan aniq farazlarni o‘z ichida yoki ovoz chiqarib so‘zlash (gapirish).
- Bajarib bo‘lingan xatti-harakatlar natijalarini va faraz(g‘oya)larni doimiy ravishda yozib borish.
- O‘z - o‘zini emotsional boshqarish organizmning muskul to‘qimalari tizimi boshqara bilish qobiliyatiga asoslangan, emotsiogen holatlardan tahlil qilib tafakkurni ongli ravishda faol jalb etish.
Kanadalik psixolog olim Djeyms Marsha yigit-qizlarning kasbiy tayyorgarlik davrini to‘rt bosqichga ajratadi:
1. Yoshlarda kasb haqidagi tasavvur va bilimlarning kamligi, hali noaniqligi bosqichi. Bu bosqich hali shaxsning e’tiqodlari aniq emasligi, kasbni tanlamaganligi, kim bo‘lishi noaniqligi bilan tavsiflanadi.
2. Muddatidan oldin aynan o‘xshashligini topish bosqichi. Shaxs o‘z kuchi, xohishi bilan emas, boshqaning fikri bilan, boshqa kishiga ergashib, tegishli munosabatlar tizimiga qo‘shilishi bilan xarakterlanadi.
3. Moratoriya bosqichi – shaxs o‘zligini aniqlashning krizisi jarayonidaligi bilan, rivojlanishning ko‘p variantlari orasidan o‘zi uchun eng maqbulini tanlashi bilan tavsiflanadi.
4. Erishilgan yutuqning aynanligi bosqichi.
Tanlash mojarosi hal etilganligi, shaxs o‘zligini namoyon etishga amalda kirishganligi bilan belgilanadi. O‘qituvchi eng avvalo o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilar faolligini oshirishni esdan chiqarmasligi, yuzaga kelgan muammolarni mustaqil yechishga o‘rgatishi, o‘quvchi tashabbuskorligi va ijodkorligi asosida o‘zining kimligini namoyish etishiga yordamlashishi zarur. Buning uchun o‘qituvchi shaxsiy hamda kasbiy sifat va fazilatlarni to‘liq egallagan bo‘lishi lozim, bunday o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan ko‘proq do‘stona muloqotda bo‘ladilar, o‘zaro fikr almashadilar, mavzuga doir muammoni tahlil qiladilar va bir qarorga keladilar. O‘qituvchi bu o‘rinda butun e’tiborini mavzu mohiyatini o‘quvchilarga singdirishga qaratib, o‘quvchilar e’tiborini kechinmalarini va o‘zlashtirish imkoniyatlarini alohida e’tiborga oladi. O‘qituvchi shaxsiga xos bo‘lgan bilimdonlik, ijodkorlik, mustaqillik hamda pedagogik faoliyati uchun mas’uliyat va javobgarlikni chuqur his etish o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini ta’minlashning eng muhim omillaridir.
Talabalarda kasbni egallashning shakllanishi ularda majburiyat va javobgarlik hissining tarkib topishi bilan bog‘liqdir. Ularda ana shunday sifat va kechinmalar to‘la shakllangan bo‘lsa, bilimlarni egallash yoki kasbiy kamoloti uchun hech narsa to‘siq bo‘la olmaydi.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1.Pedagogik qobiliyat nima?
2. Didaktik qobiliyat nima?
3. Pedagogning o‘zini-o‘zi boshqarish muammosi yechimi
4. Avtoritar qobiliyat xaqida aytib bering
5. Pedagogik hayol?
E’tiboringiz uchun raxmat
Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling