Pedagogik qobiliyatning shakllantirish yo’llari. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Reja
O’Z-O’ZINI TARBIYALASH VA O’Z USTIDA ISHLASH. PEDAGOGIK TAJRIBANI TO’PLASH TIZIMI
Download 0.92 Mb.
|
Umumiy Pedagokika maruzalar majmuasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur
O’Z-O’ZINI TARBIYALASH VA O’Z USTIDA ISHLASH. PEDAGOGIK TAJRIBANI TO’PLASH TIZIMI.
REJA: Hozirgi zamon o‘qituvchisining pedagogik faoliyati. Dars-ta’lim jarayonining asosiy shakli. Ta’lim jarayonida o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar va ijodiy kayfiyatni boshqarish. O‘qituvchining ta’lim jarayonida kasbiy omilkorligi. O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi faoliyati va darsga tayyorgarligi. O‘qituvchi - pedagogik va psixologik jihatdan o‘z ixtisosligi bo‘yicha maxsus ma’lumotga ega, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatlarga boy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir. Hozirgi kunda o‘qituvchining pedagogik mahoratida “bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil qilish, sintez qilish, baholash” kabi didaktik qonuniyatlar ta’lim berishning muhim kategoriyalari sifatida e’tirof etilgan. O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarining ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilgan. Chunonchi bu borada O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: “Tarbiyachi-ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql idrokini o‘stirishi, ma’rifat ziyosidan bahramand qilishi, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib etishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak”. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur? Avvalo u o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim beradigan fanlardan pedagogik texnologiyalarga asolangan ma’ruza, seminar, amaliy va labaratoriya mashg‘ulotlarini ta’minlashi. Pedagogik va axborot texnologiyalari hamda o‘quvchilar o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi metodlarni pedagogik va axborot texnologiyalarning so‘nggi yutuqlarini uyg‘unlashtirish malakasiga ega bo‘lishi; Ta’lim muassasalarida fanlarni o‘qitish mazmuniga mos ravishda pedagogik tizimni loyihalay olish; Ta’lim beradigan fanlar turkumini rivojlantirish istiqbollarini ochib berishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni muntazam amalga oshira olishi; Ta’lim tarbiyaviy faoliyatda jahonning rivojlangan mamlakatlarida pedagogika va psixologiya sohasida erishilayotgan ilg‘or tajriblarni amalda modernizatsiya qilgan holda qo‘llashi; O‘rta Osiyo mutaffakkirlarining pedagogik qarashlari va ma’naviy meroslaridan ta’lim- tarbiyaviy faoliyatda foydalana olishi; Darsning barcha turlarida, mashg‘ulotlarda zamonaviy axborot texnoligiyalari asosida o‘qitish metodlaridan foydalanish; O‘qitiladigan fan turkumi bo‘yicha avtomatlashtirilgan ta’lim tizimi uchun amaliy dasturlar paketini yaratishi lozim. Zamonaviy o‘qituvchi qiyofasidagi shaxs pedagogik-psixologik jihatdan yuksak tayyorgarlikka ega bo‘lishi uchun unda quyidagi fazilatlar namoyon bo‘lishi kerak: O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy va siyosiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab etishi hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim. Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan texnika, texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan habardor bo‘lishi talab etiladi; O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘z ustida tinimsiz izlanishi shart; O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, ta’lim tarbiyaviy faoliyatda o‘quvchilarning yosh va psixoligik xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘z faoliyatini tashkil etishi kerak; Ta’lim tarbiyaviy faoliyatda pedagogik va axborot texnologiyalarning eng samarali shakl, metod va vositalaridan unmli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. O‘qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi davr talabidir; O‘qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativ layoqatni, pedagogik texnika sirlarini chuqur o‘zlashtirib olishga erishishi lozim. Ayniqsa o‘qituvchi o‘zining individual nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni aks ettirishi kerak: nutqning to‘g‘riligi; nutqning aniqligi; nutqning ifodaviyligi; nutqning sofligi; nutqning ravonligi; nutqning boyligi; nutqning sodda, tushunarli bo‘lishi va boshqalar. O‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar orasida obro‘-e’tibor qozonishini ta’minlaydi. Dars-ta’lim jarayonining asosiy tashkiliy usuli bo‘lib, unda sinf dars tuzilishining barcha xususiyatlarini aks etadi. Darsda o‘qituvchi rahbarligida har bir o‘quvchining bilim olish xususiyatlari hisobga olinadi. O‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlarini rivojlantirish va ma’naviy axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda shakllantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling