Pedagogik qobilyatni va maxoratni shakillantirish hamda rivojlantirish
Download 393.6 Kb.
|
PEDAGOGIK QOBILYATNI VA MAXORATNI SHAKILLANTIRISH HAMDA RIVOJLANTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.“Qobiliyat” va “pedagogik qobiliyat” tushunchalarining mohiyati.
PEDAGOGIK QOBILYATNI VA MAXORATNI SHAKILLANTIRISH HAMDA RIVOJLANTIRISH Reja: 1.“Qobiliyat” va “pedagogik qobiliyat” tushunchalarining mohiyati. 2. Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari. Empatiya va pertseptiv qobiliyatlar. Didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ, bilish va anglash qobiliyatlari. 3. Kommunikativ kobiliyat (muloqot orqali ta’sir etish va muhitga kirishib ketish). 4. O’qituvchi tomonidan o’quvchi bilan muloqotda bo’lish jarayonida qo’llaniladigan pedagogik ta’sir ko’rsatish usullari: ishontirish, uqtirish, ma’qullash va tanqid qilish. 5. O’qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish uslubi: bo’lajak muloqot modulini ishlab chiqish, qisqa muddatli dars yoki tadbirlarni o’tkazish, o’z ustida ishlashga doir mashqlar. 1.“Qobiliyat” va “pedagogik qobiliyat” tushunchalarining mohiyati. Odamning qobiliyatlari bilim va ko’nikmalarini egallashda muhim hisoblanadi. Bilim va ko’nikmalar egallandimi yoki yo’qmi, bularning hammasi juda ko’p sharoitlarga bog’liqdir. Qobiliyat taraqqiy etmay so’lib ham ketishi ham mumkin. O’quvchida hali zarur ko’nikma va malakalar tizimi hamda mustaqil bilimlar va tarkib topgan ish uslublari yo’qligiga asoslanib, jiddiy tekshirmay shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo’q deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy xatosi bo’ladi. Qobiliyatlar bilim, ko’nikmalar va malakalarda ko’rinmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo’ladi. Ya’ni boshqacha aytganda mazkur faoliyat uchun muhim bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayoni turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, engil va mustahkam amalga oshirilishida namoyon bo’ladi. Demak, qobiliyat shaxsning faoliyatini muvofaqqityali amalga oshirish sharti xisoblangan va bilim, ko’nikma hamda malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan, farqlarda namoyon bo’ladigan individual-psixologik xusuiyatdir. Agar shaxsning ma’lum sifatlari yig’indisi odamning pedagogik jihatdan asoslab berilgan vaqt oralig’ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, bu narsa bizga, unda mazkur faoliyat nisbatan qobiliyati bor deb xulosa chiqarishga asos bo’ladi. Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichiga Iste’dod deb ataladi. Iste’dod deb odamga qandaydir murakkab mehnat faoliyatini muvofaqqiyatli mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar uyushmasiga aytiladi. Iste’dod mahoratning dastlabki shartidir. Mohir usta bo’lmoq uchun juda ko’p mehnat kerak. Iste’dod esa mehnat ozod qilmaydi, katta ijodiy va mashaqqatli mehnatni taqozo qiladi. Iste’dodli kishilar shubxasiz mehnat orqali mashxur bo’lgan, mahorat darajasiga erishganlar.O’qituvchining bolalar bilan ishlash jarayoni muvofaqqiyatli bo’lishi ko’p jihatdan unda pedagogik qobiliyatlarning mavjudligiga va pedagoglik nazokatini egallab olganligiga bog’liq bo’ladi. Savol: Qobiliyat nima? 1 soniyali fikrlashda ushbu jadvalning to’ldiring?
Savol: Pedagogik qobiliyatchi? Download 393.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling