Pedagogik tajribani tashkil etish shartlari


Download 95.8 Kb.
bet3/7
Sana20.06.2023
Hajmi95.8 Kb.
#1635374
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
26.PEDAGOGIK TAJRIBANI TASHKIL ETISH SHARTLARI

Sh.A.Amonashvilining pedagogik metodikasining mazmuni. U o’quvchilarni fikrlashga o’rgatadi. Uning o’quvchilar o’rtoqlarining ishlarini tekshirib baholaydilar. Bir-birlarining yozma ishlarini taqriz qilishadi.
S.N.Lissikovning pedagogik metodikasi mazmuni. U darsda ko’rgazmalilik, chizma modellar yordamida dars berish o’quvchilarni faollashtiradi va mustaqil fikrlashga o’rgatadi. O’tilayotgan mavzuni sharhlab boshqaruv darsni harakatlantiruvchi asosiy kuchdir,-deydi. Sharhlab beruvchi uchta xarakatni o’zida mujassamlashtiradi.

    1. fikrlash.

    2. so’zlash.

    3. yozish.

I.V.Volkovning pedagogik metodikasining mazmuni. U maktabda bolalar uchun «ijod xonasi» tashkil etib, o’quvchilar bilan ishlashda turli xil yo’nalishdagi ishlarni tanlab, har bir o’quvchini xilma-xil faoliyatida o’z qiziqishiga ko’ra kuchini sinab ko’rish, ularning ijodkorlik sifatlarini namoyon qilishga erishdi.
N.N.Paltishevning pedagogikasining mazmuni. U sinf o’quvchilarini qatorlarga bo’lib o’qitishning tashabbuskori.
1-qator - a’lochilar,
2-qator - o’rta me’yor.
3-qator - yomon o’zlashtiruvchilar.
Bu metodda keyingi ikki qatorning o’quvchilari o’z joylarini o’zgartirish uchun xuddi birinchi qaordagilar kabi o’qishga majburdirlar.


Ochilxon Sharofutdinov pedagogik metodikasining mazmuni. Uning metodi:

    1. darsga puxta tayyorlanish.

    2. O’tilgan temani to’g’ri rejalashtirish.

    3. O’quvchilarda aktivlik.

    4. Ko’rsatmali quroldan foydalanish.

Ilgor ish tajribalarini urganish, umumlashtirish va ommalashtirish.


Xozirgi zamon ta’lim – tarbiya kontseptsiyasi esa yuksak umuminsoniy qadriyatlar asosida tarakkiy kilmokda. Bu «Qadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida» gi Konunlarda kursatib berilgan.
Endi, ta’lim jarayonidagi isloxiy uzgarishlar, yangiliklar, ta’lim tizimiga kirib kelib, ta’lim berish va tarbiyalash uslublarining asosini tashkil kilmogi darkor.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi va «Qadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish jarayonida maktab va o’qituvchilarning eng yaxshi ish tajribalarini urganish va umumlashtirish ishlari ham keyingi yillarda ancha kuchaytirib yuborildi.
Ko’pchilik tuman va viloyatlarda, shahar larda o’qituvchilarning kengashlari yuksak darajada utmokda, ilmiy – amaliy konferentsiyalar va seminarlar utkazilmokda, eng yaxshi pedagoglar ish tajribasini aks ettiruvchi tuplam va broshyuralar nashr etilmokda.
«Xalq ta’limi», «Ta’lim tarakkiyoti», «Boshlangich ta’lim» jurnallari va «Ma’rifat» gazetasi saxifalarida eng yaxshi maktab va o’qituvchilarning yangi pedagogik texnologiyani amalda kullab yaxshi ishlayotganini, ta’lim va tarbiya soxasida yuksak samaradorlikka erishayotganliklarini kursatuvchi materiallar tizimli ravishda chop etilib turibdi.
Pedagoglarning eng samarali ish tajribasini urganish va keng yoyish xozirgi kunning eng muhim vazifasiga aylandi. Shuning uchun, o’qituvchilar va xalq ta’limi soxasida ishlovchi boshqa xodimlar bu masalani tula tushunib olishlari, nazariy jixatdan anglab etmoklari kerak. Maktab va o’qituvchilar tajribasini urganish va umumlashtirish ishini to’g’ri uyushtirish yullarini belgilash talablari tamomila qonuniy bir narsadir.
Shuni aytish lozimki, ayrim o’qituvchilar va xalq ta’limi soxasida ishlovchi boshqa ayrim xodimlar yaxshi, ilgor tajribani urganishni xaligacha noto’g’ri tushunib, yaxshi tajribani darslarning ta’rifidan va maktab xujjatlari (rejalar, daftarlar, rasmlar) ni tuplashdan iborat bo’lsa kerak, deb uylaydilar.
Boshqalari esa, tajribani urganishni inspektorlik taftishi utkazishning uzginasi, deb biladilar. Yana bir xillari, tajribani urganish va umumlashtirishni eksperiment utkazish, kuzatish, takkoslash va xakozalar asosida qilingan pedagogik tekshirishning hususiy metodi, deb biladilar.

Download 95.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling