Pedagogik tajribani tashkil etish shartlari


Download 95.8 Kb.
bet1/7
Sana20.06.2023
Hajmi95.8 Kb.
#1635374
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
26.PEDAGOGIK TAJRIBANI TASHKIL ETISH SHARTLARI


PEDAGOGIK TAJRIBANI TASHKIL ETISH SHARTLARI


Reja:



  1. Pedagogik ma’lumotlarni ajratish ko’nikmasi va ularni to’g’ri tanlay bilish.

  2. Ilg’or pedagogik tajribani o’rganishga oid ma’lumotlarni to’plash.

  3. Pedagogik mahoratni takomillashtirishda pedagogik ijodkorlik va pedagogik tajribalarni amaliyotda qo’llay bilish.

  4. O’zining pedagogik faoliyatiga to’g’ri baho bera olish.

  5. O’qituvchini Ilg’or ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirish va ta’lim- tarbiya jarayoniga tadbiq qilish mahorati.

  6. Adabiyotlar ro’yxati


Pedagogik faoliyat o’z mahoratiga ko’ra ijodiy xarakterga ega. Ma’lumki shaxs oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug’iladi. O’qituvchilik faoliyati ana shunday xususiyatga ega. Pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakteri bilan bog’liq. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini, uning dunyoqarashi, e’tiqodi, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga buysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalarni echish jarayonidir.
Pedagogik ijodkorlik manbai-bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba muammoli vaziyatlarga boydir.
Ilg’or pedagogik tajriba deganda biz o’qituvchining o’z pedagogik vazifasiga ijodiy yondoshishini, o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasida yangi, samarli yo’l va vositalarni qidirib topishni tushunamiz.
Ilg’or-pedagogik tajriba o’qituvchi tomonidan qo’llaniladigan shu shakli va usullari. Uslub va vositalaridir.
Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlarni ochish o’quv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli o’zgarishlar kiritadi. O’quvchilarning bilim faoliyatini boshqarish, yangi ko’rinishdagi o’quv jarayonini modellshtirish muammolarini echishga sabab bo’ladi. Ijodiy ishlaydigan o’qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o’qitish va tarbiyalash, ilg’or o’qituvchilar ish tajribalarini o’rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik, ko’nikma va malakalariga ham ega bo’lishi zarur.
Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o’qituvchining ijodkor bo’lishini, fanining muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olish, fan yutuqlarini o’quvchilarga etkaza olish va nihoyat o’quvchilarni ham ijodiy fikrlashga tadqiqot ishlariga o’rgata olishni talab qiladi.
Shuning uchun o’qituvchi avvalo tadqiqotchilik malakalarini egallashi zarur. O’qituvchi ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish davomida olimlarni to’playdi, tahlil qiladi, ular asosida xulosalar chiqaradi.
Pedagogik tajriba o’qituvchining o’quv ishlari jarayonida egallaydigan bilim va ko’nikmalari yig’indisidir. Bu o’qituvchining pedagogik mahorati bo’lib, u pedagogika fanining rivojlanishida boshlang’ich omil hisoblanadi. Pedagogik tajriba to’plash tizimi.


  1. Download 95.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling