Pedagogik tajribani tashkil etish shartlari


Ilgor pedagogik texnologiyalarni ta’lim – tarbiya jarayoniga tadbik qilish mahorat i


Download 95.8 Kb.
bet6/7
Sana20.06.2023
Hajmi95.8 Kb.
#1635374
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
26.PEDAGOGIK TAJRIBANI TASHKIL ETISH SHARTLARI

Ilgor pedagogik texnologiyalarni ta’lim – tarbiya jarayoniga tadbik qilish mahorat i.


O’quv tarbiyaviy jarayonni ilgor pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash «Qadrlar tayyorlash milliy dasturi» amalga oshirish shartlaridan biridir.
O’quv jarayonini rivojlantirish, o’quv – dars maqsadi va mazmuniga mos keladigan metodlar, vositalar va didaktik materiallarni tanlash pedagogik texnologiyani ta’lim jarayoniga tadbik qilishdir. O’quv tarbiyaviy jarayonni ilgor pedagogtk texnologiyalar bilan ia’minlash o’qituvchidan ijodiy faoliyatni hamda soxa bilimlarini talab etadi.
Zamonaviy o’qituvchi faoliyati o’quv materiallarini uzatuvchi oddiy metodist sifatida emas, balki «O’qituvchi - texnolog» nuktai nazaridan baholanadi. Texnologiya – bu shaxsni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish konunlarini uziga jo kilgan va yakuniy natijani ta’minlaydigan pedagogik faoliyatdir.
Psixologik – pedagogik adabiyotlarda pedagogik faoliyat turlari (ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi, safarbarlik, tadkikotchilik, tashkilotchilik, kommunikatsiya va boshqalar) olimlar tamonidan tadkik qilingan.
Shu bilan birgalikda pedagogik faoliyat muntazam uzgaruvchan, yangilanuvchan, rivojlanuvchanligi bilan ajralib turadi, unga ijtimoiy buyurtma uzluksiz ta’sir kursatadi.
Ta’limni texnologiyalashtirish tarixiy jarayon ekanligini, zamonaviyligi esa ilmiy – texnik tarakkiyoti bilan belgilanishini e’tiborga olib pedagogik texnologiyaning uziga xos vazifa, tamoyillaridan biri bu respublikamizda faoliyat kursatayotgan ijodkor o’qituvchilar ish uslublarini muntazam urganib borish va ular tomonidan yaratilgan metodlarni yangi pedagogik texnologiya darajasiga kutarish, amalga oshirishdar.
O’qituvchining ta’lim – tarbiya vazifalarini davlvt ta’lim standartlari talablariga va pedagogik shartlarga mos ravishda tashkil etishi uning mahorat ini aniqlashda asosiy mezon hisoblanadi (nazarda tutiladi).
Ijodkor o’qituvchi uchun asosiy kasbiy – me’yoriy kursatkich esa, bu birinchi navbatda pedagogik jarayonda uz urnini bunyodkor sifatida his etish va anglab etishi, pedagogik vakillikdagi uz urnini baholay olishidir.
Tub isloxatlarning bosh har akatlantiruvchi kuchi yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tadbik etishdan iborat ekan, o’qituvchi yangi ta’lim tizimi, mazmuni, o’quv rejasi, o’quv dasturlari darsliklar asosida o’quv jarayonini loyixalashtirishga uz mahorat ini namoyon kilgan holda yangicha yondashishi, uni yangicha tashkil etishi lozim.
Ta’lim mazmunini va uning tarkibini kengaytirish, chuqurlashtirish, takomillashtirish, xususan, ta’lim mazmuniga nafaqat bilim, kunikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil etuvchi ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak – atrofga munasabatlarni ham kiritish g’oyasi shu trtibga kundalang qilib kuyilganligini ham e’tiborga olishi zarur.
Shuningdek, ta’lim mazmuni, uning kampanentlari, tarkibi, vazifalari, dalillar bilan qonuniyatlar, yakkollik va mavxumlik, bilimlar bilan haqiqatni mustaqil bilish metodlari urtasidagi makbul keladigan munosabatlarni aniqlash lozim.
Dars jarayonida, ta’lim – tarbiyada o’quvchi asosiy har akatlantiruvchi kuch, ta’lim jarayonining sub’ekti bo’lishi kerak, ya’ni ukish, urganish, mutolaa qilish o’quvchi zimmasiga utishi kerak.
O’qituvchining vazifasi esa o’qitishdan ukishni urgatishga, bilim berishdan o’quvchi larning bilimlarni mustaqil egallashlariga kumaklashishdan iborat bo’lishi kerak.
Ta’lim jarayoniga yangicha yondashib, ijodkorlik, bunyodkorlik tadbik etilsagina ta’lim samarasi yangi boskichga kutariladi, ya’ni bolaning talabi, moyilligi, istak – xaxishi, uning imkoniyatlari darajasida kondiriladi; o’quvchi ning o’quv mehnatiga ma’suliyati, javobgarligi oshadi; bilimlarni egallash malakalari shakllanadi; unda uz bilimini uzi boyitishga ishonch paydo bo’ladi; shaxsning jamiyatda uz urnini tezrok topib olishi uchun muxit yaratiladi.
Buning uchun biz o’quvchi ga «Sen buni bilishing kerak» degan majburlovchi da’vatdan «Menga bu zarur va men buni bilishga, uni hayotda kullashga kodirman» degan ichki ishonch va intilishni uygotishga utishimiz kerak.
Shunday ekan didaktik jarayonning har bir boskichi ilmiy jixatdan asoslangan o’qitish metodlari va vositalarini tanlashni takozo etadi.
Didaktik jarayonni har bir boskichiga mos keladigan metodlar 3 gurux metodlardan tashkil topadi:
Birinchi gurux ukish va mehnatga ragbatlantiruvchi va mativatsiyalovchi metodlar;
Ikkinchi gurux o’quv faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari;
Uchinchi gurux o’quv – bilish faoliyatini boshqarish metodlari.
Demak, didaktik jarayon samaradorligini belgilovchi omillardan biri o’qitish metodlarini didaktik jarayon boskichlariga mos holda to’g’ri tanlash va ularni okilona kullash printsipiga rioya qilish ekan.
Shuningdek didaktik jarayonni tashkil etishda o’qituvchi o’quv – bilish faoliyatini tashkiliy shakllantirish ham ta’lim mazmuniga mos holda tanlab olishi kekrak. O’qitishning tashkiliy shakli deganda – talabalarni o’qitish jarayonida yaratilgan shart – sharoitlar yigindisi tushuniladi.
Bunda o’qituvchi didaktik jarayon ishtirokchisi kim? – u qanday boshqarilishi kerak? – qanday texnik vositalar kullaniladi va boshqalarga e’tibor berishi zarur.
Har btr dars oldiga ta’lim – tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar kuyiladi. Darsni tashkil qilish shakli o’quvchi larning o’zaro alokalariga bog’liq bo’lib, u maqsadlarga, o’quv materiali hususiyatlariga, ta’lim metodlari va o’quv imkonichtlariga bog’liq. O’quv jarayoniga yangicha karashning tub moxiyati shundan iboratki, o’qitishda ichki mativatsiyadan (diqqatni tortish, ichki tuygu, istak, zaruratni shakllantirish) kelib chiqish kerak. O’quv jarayonida asosiy har akailantiruvchi kuch – o’quvchi uchun ham, o’qituvchi uchun ham ichki mativatsiya bo’lishi kerak. O’quvchi larda bilim olishga intilish va bilim olishga extiyoj bo’lishi, ukish maqsadlarini ichki zaruratga aylanishi kekrak.
O’quvchi larda tashabbuskorlik va mustaqillikni, bilimlarni puxta va chuqur uzlashtirishni, zarur ma’laka va kunikmalarni, kuzatuvchanlikni, boglanishli nutqni, xotira va ijodiy tasavvurni tarbiyalashga imkon beruvchi didaktik printsep bu – ta’limdagi faollikdir.
Jaxon pedagogik leksikoni qator idan allaqachonlar «innovatsiya» tushunchasi keng urin olgan. Bu tushuncha «yangilik», «islox» degan ma’noni anglatadi.
Keng ma’noda kraganda ta’lim tizimidagi har qanday uzgarish – bu pedagogik innovatsiyadir.
Ta’lim tizimidagi har qanday yangiliklarga texnologiya deb atalishi boisi ham shunda
Xozirgi davrga kelib pedagogik yangiliklar, ularni baholash va pedagogik jamoa tamonidan uzlashtirish, nixoyat uni amaliyotda kullash haqidagi ta’limot sifatida karaladi. Bu ta’limot uch yunalishni uz ichiga oladi:
Birinchisi, pedagogik neologiya (yunoncha «neo» - «yangi» va «logos» - «ta’lim», yangilik haqidagi ta’limot) deyilib, bunda pedagogika soxasidagi har qanday yangiliklar urganiladi, umumlashtiriladi.



Download 95.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling