Pedagogik texnikani shakllantirish uslublari va uning psixologik xususiyatlari


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


Download 420.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana30.01.2023
Hajmi420.56 Kb.
#1140780
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
pedagogik-texnikani-shakllantirish-uslublari-va-uning-psixologik-xususiyatlari

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA. 
Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, 
izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Pedagogik texnikani 
shakllantirish uslublari va uning psixologik xususiyatlari haqida tahlil olib borildi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning tarixi va ma’naviy 
merosini o’rganishga oid bergan uslubiy ko’rsatmalari hamda, N.N. 
Azizxo‘jaevaning “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” nomli kitobi 
tadqiqotning nazariy-uslubiy asosi bo’lib xizmat qiladi.
 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
582 
w
www.oriens.uz
June 
2021
 
 
MUHOKAMA VA NATIJALAR. 
Jamiyatning ta’lim sohasidagi buyurtmasi (maqsadi) umumiy tarzda davlat 
hujjatlarida, davlat boshlig‘ining asarlari, nutqlarida ifodalanadi. Hatto о‘quv 
dasturlarida kо‘rsatilgan maqsadlar ham umumiy tarzda bir – ikki jumlada 
ifodalanadi, ulardan aniq bir narsani anglash qiyin. Agar jamiyat – davlat 
buyutmasidan – ta’lim tizimining maqsad – vazifalariga, undan shu о‘quv yurtining, 
о‘quv predmetining, uning bо‘limlari, mavzulari, ayrim о‘quv masalalarining 
maqsadi, vazifasiga qarab berilsa, о‘ziga xos maqsadlar tizimi hosil bо‘ladi. 
Yangi pedagogik texnologiyaga binoan о‘quv jarayonidagi muhim 
о‘zgarishlarning yо‘nalishlari quyidagilar: diagnostik maqsadlar asosida о‘quv 
maqsadlarini oydinlashtirish; joriy va yakuniy baholashlarni aniq ajratish; 
rejalashtirilgan ta’lim natijasiga erishishni kafolatlash; о‘quv faoliyati kо‘rinishlarini 
hamda о‘qituvchi va talabaning о‘zaro ta’siri vositalarini sharoitga qarab tanlash
о‘quv materialini reproduktiv topshiriqlarni bajarish orqali ishlab chiqish; etalon – 
natijani о‘zlashtirish uchun о‘z – о‘zini tekshirib boruvchi kichik – kichik guruhlarda 
ishlash kabilar. 
О‘quvchi oldiga qо‘yiladigan vazifa ta’limning natijasi hisoblanadi. Demak, 
tekshiriladigan va baholanadigan narsa, bu – ta’limning natijasidir. 
О‘quv vazifalarini aniqroq ifodalash uchun quyidagilarga amal qilish lozim. 
- har bir muhim masala – vazifalar guruhini ifodalashni: “mashg‘ulot ohirigacha 
talabalar ... ni bilishi kerak” iborasi bilan boshlash; 
- har bir vazifani tartib raqami bilan belgilash; 
- har bir vazifani “sanab kо‘rsating, ayting, eslang, nomoyish eting, bajarib 
kо‘rsating, tanlang, hisoblab chiqing” fe’llari vositasida ifodalash; 
- har bir vazifani о‘quvchining faoliyati atamasi bilan qо‘yish; 
- har bir vazifa ta’limning aynan bir natijasini kо‘zda tutsin (bir savolga ikki – 
uchta javob berish mumkin bо‘lmasin); 
- har bir vazifani о‘zlashtirish natijasini, maqsadga erishilganini о‘lchash 
mumkin bо‘lsin. 
О‘quv vazifalari biror о‘quv masalasini: mavzu bilim yoki pretmetni о‘rganib 
chiqilgach, talabaning bilam va kо‘nikmalarini obyektiv baholash (og‘ziki; yozma 
yoki test usulida) ga imkon yaratishi lozim. 
Chet ellik pedagog olimlar pedagogik texnologiya masalasida ta’limning 
yuqoriroq darajalari uchun ham о‘quvchilar faoliyatini tashkil etish usullarini ishlab 
chiqmoqdalar. 



Download 420.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling