Pedagogik texnikani shakllantirish uslublari va uning psixologik xususiyatlari
Download 420.56 Kb. Pdf ko'rish
|
pedagogik-texnikani-shakllantirish-uslublari-va-uning-psixologik-xususiyatlari
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 583 w www.oriens.uz June 2021 Amerikalik olimlar: R.Ganye va L.Briggslar pedagogik texnologiya usulida dars о‘tishning quyidagi shaklini taklif etganlar. Dars о‘tishning bu usuli xususiy о‘quv maqsadlariga erishishga hamda fikrlash (tafakkur)ning maxsuldorligi darajasini rag‘batlantirishga qaratilgan: 1. О‘quvchilar diqqatini jamlash. 2. Talabalarga dars maqsadini yetkazish. 3. Kerakli bilimlarni esda qoldirish va kо‘nikmalarni egallash zarurligini uqdirish. 4. О‘quvchida qiziqish uyg‘otib, harakat qilishga undaydigan о‘quv materiallarni taqdim etish. 5. О‘quvchilarning javob xarakatlarini ma’qullab rag‘batlantirish. 6. Talaba о‘zlashtirganidan xabardor bо‘lib borish. 7. Talabaning fikrlash (tafakkur) faoliyatini boshqarish, bilim va malakalarni mustahkamlashni rag‘batlantirib borish. 8. Talabalarning harakatlarini baholash. Ingliz olimi A.Romishevskiy pedagogik texnologiya metodining quyidagi variantlarini tavsiya etadi: 1. Kerakli bilimlarnigina yetkazish. 2.Dastlabki reproduktiv darajada kо‘nikmalarni shakllantirish. 3. Bola bajaradigan ish – harakatini yaxlit holda va qismlari bо‘yicha namoyish etish. 4. Malaka hosil qilishni soddalashtirish (topshiriqni qismlarga ajratib bajarish). 5. Talaba mustaqil bajarayotganidan doimiy xabardor bо‘lib, maqullab, uni rag‘batlantirib borish. 6. Maxsuldor, tadqiqiy bosqichga о‘tish. 7. Xilma – xil muammoli vaziyatlarni tashkil etish – nostandart vazifalarni bajarish. 8. о‘quvchi о‘z faoliyatini tahlil etib, о‘qituvchi (guruh) bilan qanday bajarganini muxokama etib borish. Amerikalik olim F.S.Keller oliy о‘quv yurtlari uchun pedagogik texnologiya usulining individuallashtirilgan tizimini ishlab chiqdi. Keller rejasining muhim belgilari quyidagilar: 1. О‘quv materiali mazmunini (oldin о‘tilgan bо‘limning mazmunini ham) talaba tо‘liq о‘zlashtirib olishga erishish. 2. Har bir talaba о‘z о‘zlashtirish tezligiga binoan alohida ishlashi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling