Pedagogik texnikani shakllantirishning ustuvor yo’nalishlari-pedagogik muammo sifatida. Talaba: Mavlonov M. O ilmiy rahbar: Kiyamov N. S annotasiya


Download 121.5 Kb.
Sana30.03.2023
Hajmi121.5 Kb.
#1309530
Bog'liq
Mavlonov.M.O


Pedagogik texnikani shakllantirishning ustuvor yo’nalishlari-pedagogik muammo sifatida.
Talaba: Mavlonov M.O
Ilmiy rahbar: Kiyamov N.S
Annotasiya:
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy mustaqillikka erishishi, o’z navbatida barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim va tarbiya sohasida yosh avlodni jahon ta’limi andozalariga binoan bilim berish, pedagogik texnika, nutq madaniyati kabi ustuvor vazifalar ko’tarilgan.
Kalit so’zlar: Mustaqillik, ijtimoiy, siyosiy, ta’lim, tarbiya, Ilm, bilim, pedagogika, pedagogik texnika, nutq, nutq madaniyati, milliy, qadriyat, so’zlashish odobi, vosita, pedagogik ta’lim, axloqiy, estetik, nafas, ovozni boshqarish, nutq tempi, texnologiya, diqqat, xayol, kuzatuvchanlik, ishtiyoq, qobiliyat, an’ana, urf-odatlar, kamtarlik, dilkashlik.
Приоритетные направления формирования педагогической техники как педагогической проблемы.
Ученик: Мавлонов М.О.
Научный руководитель: Киямов Н.С.
Аннотация:
В данной статье поднимаются такие приоритетные задачи, как достижение общественно-политической независимости Республики Узбекистан, воспитание подрастающего поколения по мировым стандартам образования, педагогические методики, культура речи, как и во всех сферах.
Ключевые слова: Самостоятельность, социальная, политическая, образование, воспитание, Наука, знание, педагогика, педагогическая техника, речь, речевая культура, национальный, ценностный, речевой этикет, инструмент, педагогическое воспитание, нравственное, эстетическое, дыхание, управление голосом, темп речи. речь, техника, внимание, воображение, наблюдательность, страсть, умение, традиция, обычаи, скромность, сердечность.
Priority directions of formation of pedagogical technique as a pedagogical problem.
Student: Mavlonov M.O
Scientific supervisor: Kiyamov N.S
Annotation:
In this article, priority tasks such as the achievement of socio-political independence of the Republic of Uzbekistan, education of the young generation according to world education standards, pedagogical techniques, speech culture, as in all fields, are raised. .
Key words: Independence, social, political, education, upbringing, Science, knowledge, pedagogy, pedagogical technique, speech, speech culture, national, value, speech etiquette, tool, pedagogical education, moral, aesthetic , breath, voice control, pace of speech, technology, attention, imagination, observation, passion, ability, tradition, customs, modesty, heartiness.

Ijtimoiy-siyosiy mustaqillikka erishish O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Bu davrda, barcha sohalarda bo’lgani kabi, ta’lim va tarbiya soxasida ham yosh avlodga jahon ta’limi andozalariga muvofiq bilim berish va uni milliy qadriyatlarimiz negizida tarbiyalashning ijtimoiy-xuquqiy asoslari ishlab chiqildi.


Prezidentimiz I.A.Karimov “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” mavzusidagi ma’ruzalarida shunday deydilar: “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz. Ana shunday buyuk vazifalar va ularni amalga oshirish uchun ajratilayotgan mablag’lar haqida gapirar ekanmiz, ertangi kunimiz uchun, bolalarimiz, farzandlarimizning baxti uchun mehnat qilish, fidoyilik ko’rsatish – bu barchamizning muqaddas burchimizdir, desam, o’ylaymanki, butun xalqimizning fikrini ifoda qilgan bo’laman”x [1.xalq so’zi. 2010 yil 30 yanvar no.21]
Pedagogika fanining muhim vazifalaridan biri – ta’limning jamiyat hayotida tutgan o’rni, uning maqsad va vazifalari, ta’lim darajalari, ta’lim-tarbiyani amalga oshirish mexanizmlari, uzluksiz ta’lim tizimi komponentlari, ta’lim jarayonining mazmuni, ta’lim natijasiga qo’yiladigan talablarning shaxs, Davlat hamda jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan yondashilgan holda ishlab chiqilishida namoyon bo’ladi.
Ta’limning maqsad va vazifalari, uning mazmunini aniqlaganda, pedagogika fani, birinchi navbatdagi masalaga shaxsni rivojlantirish, uning manfaatlarini Davlat va jamiyat manfaatlari bilan uyg’unlashtirish, shaxs faoliyati, dunyoqarashini Davlat va jamiyatni rivojlantiruvchi omil darajasiga ko’tarishga erishishni nazarda tutmog’i lozim. Bunda ta’limni shaxs va jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi mexanizm darajasida asoslash nazarda tutiladi.
Pedagogik faoliyatda muloqot ta’lim oluvchilarga zamon talablari asosida ta’lim berish vazifalarini hal qilish vositasi, tarbiyaviy jarayonlarni ijtimoiy-pedagogik jihatdan ta’minlash tizimi sifatida namoyon bo’ladi. Ta’lim jarayonida pedagogik va nutqiy texnika, madaniyat sohibi bo’lishga undaladi, o’qituvchi esa bu jarayonni faollashtiruvchisi sifatida maydonga chiqadi, uni tashkil etadi va boshqaradi.
Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi Qonuni, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa hujjatlarda o’qituvchining mahoratini belgilovchi pedagogik texnikaga ham alohida e’tibor berilgan. Shu sababli nutq texnikasi va madaniyatini o’z ichiga oluvchi pedagogik texnikani shakllantirishni dolzarb masala deb belgiladik.
Nutq madaniyati, so’zlashish odobi haqida buyuk allomalar, mutafakkirlarimizning fikr-mulohazalari, asarlari bizgacha yetib kelgan va tarbiyaviy ahamiyatini hanuzgacha saqlagan. Shuningdek, ma’rifatparvar yozuvchi-shoirlarimiz, arboblarimiz ham bu borada katta meros qoldirganlar. Zamondoshlar ichida ham ushbu mavzu ustida qator ilmiy ishlar, izlanishlar olib borilgan. T.Qudratovning “Nutq madaniyati asoslari”, .Maxmudovning “O’qituvchi nutqi madaniyati”, S.Mo’minovning “So’zlashish san’ati”, E.Begmatov, A.Boboyevalarning “O’zbek nutqi madaniyat “ ocherklari, N.Maxmudovning “Ma’rifat manzillari” risolasi, A.Xoliqovning “Pedagogik mahorat”, X. Ibragimov, Sh.Abdullayevalarning “Pedagogika” o’quv qo’llanmalari shular jumlasidandir. Bundan tashqari kompetentlik, kasbiy kompetentlik, kommunikativ, nutqiy kompetentlik, uni yoshlarda shakllantirish haqidagi ilmiy tadqiqot natijalari
Pedagogik texnika – o’qituvchining nafaqat ta’lim–tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy faoliyatida zarur bo’lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir. Pedagogik texnikaning muhim jihatlari – bu avvalo o’qituvchining mahoratini belgilovchi kasbiy ko’nikmalari hisoblanadi, ya’ni uning savodli va ifodali so’zlay olishi, o’z fikr-mulohazasini va bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi, his-tuyg’usini jilovlay olishi, o’zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo’lishi, aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag’batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so’zning cheksiz qudrati orqali o’quvchilar ongiga va tafakkuriga ta’sir o’tkazishi, hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo’lishi kabilardir.
O’qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko’nikma va malakalardan iborat ekanligi, pedagogik texnika o’qituvchining ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil qilishida, o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishida qanday rol o’ynaydi kabi muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o’ziga jalb etib kelmoqda.
Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo’lib o’rganiladi. Birinchi guruh komponentlari o’qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog’liq bo’lib, ta’lim–tarbiya jarayonida o’z–o’zini boshqarish malakalarida ( refleksiya) namoyon bo’ladi:
• ta’lim-tarbiya jarayonida o’z hatti-harakatlarini boshqarishi, (mimika, pantomimika);
• ta’lim-tarbiya jarayonida o’z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli nojo’ya ta’sirlarga berilmaslik;
• mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchanlik, xayol) egaligi;
• nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish, nutq tempi) bilishi va o’z o’rnida qo’llay olishi.
Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari o’qituvchining shaxs va jamoaga ta’sir ko’rsatish malakalari bilan bog’liq bo’lib, bu guruh ta’lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi:
• o’qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ qobiliyatlari;
• ma’lum bir reja asosida o’z oldiga qo’yilgan talablarning bajarilishini nazorat qilishi;
• o’quvchilar jamoasida ta’lim-tarbiya bilan bog’liq bo’lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi;
• o’quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara olishi.
O’qituvchining tarbiyalanuvchi obyektlar oldida o’z harakatlarini boshqarishida aktyorlik san’atiga xos bo’lgan xususiyatlari, ya’ni mimik va pantomimik qobiliyatlari muhim rol o’ynaydi. Aktyor bir obrazni ma’lum bir muddatda tayyorlab, bir yoki bir necha marotaba bir xil ko’rinishda sahnada namoyish etsa, o’qituvchi butun o’quv yili davomida, har bir darsda yangi mavzuni o’tilgan mavzular bilan bog’lab, zamonaviy integrasion usullarda o’quvchilar ongiga yetkazish uchun chuqur tayyorgarlik ko’radi, sinf jamoasidagi o’ziga xos pedagogik va psixologik muhitni, har bir o’quvchining shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olib pedagogik faoliyat ko’rsatishga majbur. Bunday ulkan mas’uliyatni yuqori saviyada bajarish uchun o’qituvchidan yuksak pedagogik texnik tayyorgarlikka ega bo’lish talab etiladi.
Hozirgi zamon o’qituvchisi pedagogik mahorat tizimida pedagogik texnikaning rolini beqiyos deb biladi. Chunki u o’qituvchiga o’z gavdasini tuta bilish (mimika, pantomimika), his-tuyg’ularini (emosiyasini) boshqara olishi, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallashi va ularni o’quv faoliyatida, o’qishdan tashqari ta’lim va tarbiyaviy faoliyatlar jarayonida qo’llash yo’llarini tushuntiradi.
Demak, pedagogik texnika o’qituvchi kasbiy faoliyatida shunday kasbiy va shaxsiy malakalar yig’indisiki, u o’qituvchining pedagogik faoliyatiga ta’sir ko’rsatishi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va boshqarish ishlarida asosiy yo’l ko’rsatuvchi bo’lib xizmat qiladi.
Olimlarning fikriga ko’ra o’qituvchi professiogrammasi o’qituvchiga qo’yiladigan maxsus talablarni o’z ichiga oladi hamda har bir fan o’qituvchisining alohida ixtisoslashgan xarakteristikasini belgilab beradi. Jumladan, ular umumta’lim maktablarida pedagogik faoliyat olib boradigan “O’qituvchi-murabbiy professiogrammasi”da quyidagi hislatlar, ya’ni “Pedagogik texnika” malakalari mujassamlashgan bo’lishini ta’kidlaydilar:
1) O’qituvchining shaxsiy hislatlari: bolalarni sevishi, kamtarligi, dilkashligi, mehnatsevarligi.
2) Kasbiga xos bilimi: ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyatini bilishi, pedagogik va psixologik bilim asoslarini egallashi, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga asosan psixologik imkoniyatlarini anglashi, tarbiyaviy ta’sir etishning samarali usullaridan oqilona foydalana olishi, ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan faoliyat mazmunini puxta bilishi.
3) Kasbiga xos hislatlari: milliy mafkura, umuminsoniy qadriyatlar, milliy an’ana va urf-odatlarning asl mohiyatini tushunishi, kuzatuvchanligi, pedagogik qobiliyatga egaligi,o’zini qo’lga ola bilishi, o’zini anglay olishi, pedagogik takt, nutqiy madaniyati.
4) Shaxsiy pedagogik uddaburonligi: dars mashg’ulotlarida zarur materiallarni tanlay olishi, o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarishi, ta’lim-tarbiya jarayonini istiqbolli rejalashtirishi, o’quvchilar jamosini boshqara olishi.
5) Tashkilotchilik malakalari: o’quvchilar jamoasini uyushtira bilishi, turli vaziyatlarda ham o’quvchilar jamoasini boshqarishi, amaliy muammolarni hal etishda uddaburonligini namoyish eta olishi.
6) Kommunikativ malakalari: o’quvchilarni o’ziga jalb etishni bilishi, o’quvchilar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik muloqotlarni tashkil qilishi, o’quvchilarning jamoada o’zaro munosabatlarida bir xil muvozanatni tartibga solishi.
7) Gnostik malakalari: o’quvchilarning asab psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay olishi, o’z pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi, ustoz o’qituvchilar mahoratini nazariy va amaliy jihatdan o’rganib borishi, psixologik va pedagogik adabiyotlardan to’g’ri foydalana bilishi, o’quvchilar xulq-atvorini mukammal o’rganishi.
8) Ijodiy hislatlari: o’z pedagogik mahoratini doimiy takomillashtirib borishi, o’quvchilarni tarbiyalashda o’z dasturini ishlab chiqishi va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishi, o’quvchilar nazari bilan voqyelikni tahlil qilish qobiliyati, o’quvchilarga pedagogik ta’siri natijalarini oldindan ko’ra olishga intilishi shular jumlasidandir.
Shunday kilib pedagogik mahorat mazmunida pedagogik texnika muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, u ta’lim-tarbiya uchun zarur bo’lgan umumpedagogik malakalar yig’indisidan iborat. Uning tarkibida o’qituvchining nutq texnikasi, o’z fikri, his-tuyg’ularini so’zda aniq ifoda etish, mimik, pantimimik ifodalar mohiyat mazmunini chuqur egallash, aktyorlik, rejissyorlik malakalariga ega bo’lish, o’z hissiyotini boshqara olish kabi muhim kasbiy mahoratning tarkibiy qismlari yotadiki, ularni bilmasdan turib, o’quvchi yoshlarga ta’sir ko’rsatish, o’qitish, tarbiyalash ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin emas. Pedagogik texnika elementlari bilan qurollanish o’qituvchi o’z kuchini, vaqtini tejab ijodiy ishlash uchun shart-sharoitlar yaratib beradi.
Shuni ham alohida qayd etib o’tmoq joizki, qayd qilingan pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari kompleks amalga oshirilsa, kutilgan muddaoga erishiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. Xalq so’zi. 2010 yil 30 yanvar, № 21.

  2. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. //Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. –Toshkent; “Sharq”, 1997, 20-29 betlar.

  3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “O’zbekiston”, 2009. – 176 b.

  4. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism: Pedagogika nazariyasi. (M.X.Toxtaxodjayeva va boshqalar) – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2007. – 380 b.

Download 121.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling