Pedagogik texnologiya turlari


KEYS TEXNOLOGIYA VA INTERNET TARMOQLI TEXNOLOGIYA


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/75
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#197487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
oqitishning zamonaviy usullari fani boyicha oquv materiallari

 

KEYS TEXNOLOGIYA VA INTERNET TARMOQLI TEXNOLOGIYA 

 

Keys  texnologiya:  o’quvchilar  o’quv  qo’llanmalari  bilan  ta’minlanadilar  va 

mustaqil ravishda o’zlari tayyorlanadilar.  

O’quvchilarni  maxsus  O’quv-metodik  kompleks  (yoki  keys)  ko’rinishidagi 

axborot  o’qitish  resurslari  bilan  ta’minlash,  va  bular  yordamida  ular  turli  axborot 

tashuvchi vositalar (elektron yoki chop etilgan) qo’llab mustaqil o’qishi. 

Materiallarni  o’quvchilarga  berish  barcha  foydalanish  mumkin  bo’lgan  usullar 

bilan amalga oshiriladi; telekommunikastiya vositalari o’quvchilar bilan o’qituvchini 

muloqotini  ta’minlash  uchun,  hamda  ularga  qo’shimcha  axborot  resurslarini  berish 

uchun qo’llaniladi.  

Shuning uchun elektron pochta mavjud bo’lishi shart.  

Seminarlar, konsultastiyalar 

Kunduzgi  ko’rinishdagi  mashg’ulotlarni  (konsultastiyalarni)  tashkil  qilishga 

muhim  rol  ajratiladi,  bir  guruh  uchun  hamda  bir  kishi  uchun  (individual),  maxsus 

tayyorlangan o’qituvchi (tyutor) tomonidan o’tkaziladi. 

Gurahdagi  mashg’ulotlar, konsultastiyalar va yakuniy attestastiya  yoki imtihon 

kunduzgi mashg’ulotlarni o’tkazishga mo’ljallangan ayditoriyada (sinfda) o’tkaziladi.  

Odatda kirish seminari o’tkaziladi, kunduzgi konsultastiyadar, xaftasiga 1 yoki 2 

marta, yakuniy seminar va testlarni tyutorlar tekshiradi. 

O’quv-metodik kompleksning tarkibiga kamida quyidagilar kirishi kerak: 

  O’quvchining semestr bo’yicha ishchi rejasi;  

  Fanning ishchi dasturi (mazmuni, hajmi,  o’rganish va o’qitish tartibi, kirish, 

konsultativ, nazorat va attestastiya larni o’tkizish jadvali); 

  Fanni  o’rganish  bo’yicha  va  turli  mashg’ulot  va  attestastiyaga  tayyorlanish 

bo’yicha metodik ko’rsatmalar; 




 

  Fan  bo’yicha  o’quv  qo’llanma,  metodik  va  didaktik  ravishda  MT  uchun 



tayyorlangan; 

  O’z-o’zini nazorat qilish va attestastiya uchun didaktik materiallari (vazifalar, 

nazorat ishlari, testlar to’plami); 

  Fan bo’yicha praktikum (laboratoriya ishi) yoki amaliy qo’llanma – agar fan 

o’quv rejasida amaliy mashg’ulotlar bo’lsa; 

  Masofaviy  ta’limni  tashkil  etish  bo’yicha  qo’llanma  (o’quvchini  mustqil 

ishini hisobga olgan holda).  

 UMK  tarkibiga  qo’shimcha  axborot  resurslari  kiritilishi  mumkin:  darsliklar, 

o’quv  qo’llanmalari,  ma’ruza  matnlari,  xrestomatiya  va  ma’lumotnomalar,  lug’atlar 

va boshqa materiallar. 

 Keys-texnologiyada  kompyuter  va  maxsus  jihozlarga  alohida  talablar 

qo’yilmaydi.  Shuningdek  talabara  o’quv  materialini  oladigan  kommunikastiya 

kanallariga ham maxsus talablar qo’yilmaydi. 

Keys-texnologiya  o’quvchilar  internet  resurslaridan  foydalanish  imkoniyatiga 

ega bo’lmaganda qo’llaniladi.  


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling