Pedagogik texnologiyalardan foydalanish


www.scientificprogress.uz


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana11.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1258728
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
o-quv-mashg-ulotlarida-didaktik-talablardan-va-pedagogik-texnologiyalardan-foydalanish

www.scientificprogress.uz
Page 1844
5. 
Mavzu mazmunida mos ta’lim metodlarini tanlash bu metodlar asosan
qisman izlanish hamda izlanish darajasida bo’lishi zarur. Ta’lim jarayoning doimiy 
ravishda qat’iy belgilangan va uzoq yillar davomida amal qilib, kelinayotgan vaqt 
davomida tashkil etilishi, mutaxassislik fani bo’yicha mavzularga har o’quv yilida 
takror murojaat qilinishi, o’quvchilar ta’limiy faoligi hamisha ham yuqori darajada 
bo’lavermasligi kabi holatlar hatto o’qituvchining o’zida ham darsda tayyorlashga 
nisbatan befarqlikni yuzaga keltiradi. 
Iqtisodiy o’quvchilarni matematik fikrlashlarni taraqqiy ettirishda mustaqil 
fikrlashga o’rgatishda ularga turli misol, masalalarni turli usullar bilan yechishni 
o’rgatish yaxshi natijalar beradi. Ayniqsa, maktab dasturiga kiritilgan mavzular yoki 
o’quvchilarga tanish bo’lmagan yangi mavzular ularda yana ham katta qiziqish 
uyg’otadi. Bu esa o’quvchini o’z-o’zining mavzuga katta qiziqish bilan kirishiga ijobiy 
ta’sir ko’rsatadi. 
6. 
Mavzu mazmuniga mos ta’lim vositalarni tanlash va ulardan ko’proq 
o’quvchilarning foydalanishiga erishishi. 
7. 
O’quvchilarning bilim manbalari bilan mustaqil ishlashga o’rgatib borish. 
Bugungi kunda Respublikamizda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi” asosida amalga oshirilgan ishlarni har tomonlama tahlil qilish va uni 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ya’ni O’zbekistonda 
ta’limning zamon talablari darajasida yuqori bosqichga olib chiqishdir. Islohotlarning 
bosh maqsadi komil inson va malakaviy mutaxassis kadrlar tayyorlashdan iboratdir. 
Ma’lumki o’quvchi har tomonlama mukamal shaxs sifatida shakllanishi hamda 
ma’lum bir yo’nalishda yuqori darajadagi kasbiy bilim malakaga ega bo’lishi ta’lim 
jarayoni bilan chambarchas bog’liq. Ta’lim mazmuni o’z navbatida, o’quv reja, o’quv 
dastur, o’quv predmedlarini o’z ichiga olib ta’limning asosiy tashkiliy shakli dars orqali 
amalgam oshiriladi. Dars juda tarixiy davr mobaynida bugungi kungacha davom etib 
kelayotgan ta’lim jarayoni bo’lib, yildan yilga uning mazmuni va metodlari rivojlanib, 
sayqallanib kelmoqda. U shunday pedagogik jarayonki, jamiyat taraqqiyoti bilan 
hammohang ravishda mazmunan boyib takomillashib, har bir darsda o’quvchi nimanidir 
o’rganadi, qandaydir yangi bilimlarni o’zlashtiradi, hamda uning zaminida xohish-istak, 
qiziqish, ma’lum maqsad sari intilish paydo bo’ladi. Shuningdek, dars o’quvchini 
kelajak hayotga tayyorlaydi, ya’ni o’quvchi darsning ishtirokchisi sifatida tarbiyalanadi, 
ma’naviy rivojlanadi. Zero dars ma’lumdan noma’lumga bilishdan yana bilishga intilish 
sari doimiy ravishda davomli ta’lim jarayonidir.
Darsning yana bir jihati- u ta’limning boshqa shakllari bo’lgan fan olimpiadalari, 
tanlovlar, sayohatlar, to’garaklar, turli tematik kechalar va boshqa tadbirlar uchun asos 
sifatida xizmat qiladi. 
8. 
O’quvchilarning dars mazmuniga mos ravishda milliy istiqlol mafkurasi, 
o’z tarixi, milliy urf-odatlari hamda boy madaniyatimiz bilan faxrlanishga o’rgatish. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling