Pedagogik texnologiyalardan foydalanish
PEDAGOGIK METODLARDAN FOYDALANISH HAQIDA
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
o-quv-mashg-ulotlarida-didaktik-talablardan-va-pedagogik-texnologiyalardan-foydalanish
PEDAGOGIK METODLARDAN FOYDALANISH HAQIDA
O’quvchilarning matematika fanidan mustaqil ravishda misol va masalalarni yecha olishi, turli didaktik o’yinlar bilan shug’ullanishi, tarqatma materiallar bilan mohirona ishlab bilishi, suhbatlar uyushtirishi, teatrlashtirilgan ko’rinishlarni tashkil etishi kabi turli usullardan foydalanib, faoliyat ko’rsatishi ularning amaliy san’at mashg’ulotlari mazmunini sifatli o’zlashtirishga keng yo’l ochib beradi va eng muhimi, amaliy san’at fanlari o’quv mashg’ulotlarini qiziqarli tashkil etishga yordam beradi. Har qanday yuqori saviyada o’tkazilgan dars garchand u aniq dalillarga tayangan bo’lsa ham, agar uzoq vaqt davom etsa, o’quvchining eshitish qobiliyati susayadi va SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1846 charchaydi. Bu holat o’quvchining loqayd eshituvchiga aylantirib qo’yishi mumkin. Shu sababli qisqa savol-javob, fikr almashuvlar olib borishga to’g’ri keladi. Dars davomida mavzuni asta-sekin o’quvchining kundalik faoliyatiga doir misollar bilan bog’lab borish orqali tegishli yechimlarini topishga keng yo’l ochadi, o’quvchilarda befarqli o’rniga ichki intilish yuzaga keladi. Eng muhimi, o’quvchini mustaqil o’z shaxsiy fikrini asoslashga va fikr almashuvi orqali o’z bilim hamda malakasini oshirishga olib keldi. Demak, biror bir narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish uchun qo’llash lozim bo’lgan usullar majmuasini amaliy qo’llashda alohida usullar orqali amalgam oshirish tartibi qo’llaniladi. O’quvchida mustaqil tafakkur uslubini shakllantirish uning aqliy taraqqiyotining belgilab beradi. Demak, o’z-o’zidan kelib chiqadiki, o’quvchida mustaqil tafakkur uslubini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lgan yangi pedagogik texnologiyaning aqliy taraqqiyotiga ham o’z hissasini qo’shar ekan. Umuman aytganda, shaxs taraqqiyotining asosiy yo’nalishlaridan biri uning aqliy taraqqiyotidir. O’quvchi aqliy taraqqiyotning natijasi o’laroq, shaxs ham taraqqiy qila boradi. Samarali ta’lim o’quvchilar xotirasida qanchalik ko’p ilmiy bilimlarning saqlanib qolishi bilan emas, balki shu muhim bilimlar asosida o’quvchi qay darajada mustaqil fikrlay olishiga qarb belgillaniladi. Ta’limga nisbatan qo’yilgan bu talab ta’limga yangi ta’lim usullarni joriy qilish zaruriyatini keltirib chiqardi. Shunday qilib, pedagogik tajribada yangidan-yangi izlanishlar dunyoga keldi va bu izlanishlar samarasi o’laroq, yangi pedagogik texnologiyalarning turlaridan biri-muammoli dars berish uslubi ishlab chiqildi. Muammoli dars berish uslubi o’quvchilarning xotirasiga emas, birinchi navbatda, tafakkur jarayoniga ta’sir qilishi ko’zda tutilgan. Ta’lim jarayonini, xususan matematika darslarini ijodiy yondashuv asosida tashkil etishda nostandart dars metodlarini o’rni va roli beqiyosdir. Zero ular o’z mohiyatiga ko’ra, o’quvchilarni faollikka undaydi, ta’lim jarayonida qizg’in bahs munozaralarni yuzaga keltirish imkoniyatlariga ega [1-30]. Ijtimoiy va tabiiy jarayonlar muayyan qonuniyatga ega bo’lganligi, har bir ijtimoiy voqelik tabiiy hodisalar ma’lum tartib asosida kechganidek, nostandart darslarda foydalanishda ham bir qator qoidalarga amal qilish ularning samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Quyidagi nostandart ta’limni tashkil etish yoki ixtiyoriy shakldagi ta’lim jarayonida nostandart darslardan foydalanishning asosiy shartlari tariqasida quyidagilarni e’tirof etish mumkin. Bulardan 1) maqsadni aniq belgilab olish. O’quvchilar bilan ularni qiziqtirgan mavzuda “kichik suhbat” tashkil etilganidan so’ng darsning umumiy holati qisqacha shartlanadi. Ya’ni o’quvchilar dars loyihasi bilan tanishtiriladi va ko’zda tutiluvchi maqsad ifoda etiladi. Maqsadning barcha uchun tushunarli bo’lishi muhimdir. Asosiy maqsad darsning har bir bosqichida o’z ifodasiga ega bo’lishi lozim. 2) mavzudan chetga chiqmaslik. Darsning har bir bosqichida vazifalarning bajarishiga e’tibor qaratish SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling