«Pedagogik va psixologik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanidan kursish I mavzu: «pedagogik fanlarni o’qitishda,,eng muhim tushunchalar’’ asosida mavzularni o’zlashtirish texnologiyasi»


Pedagogikada ,,Eng muhim tushunchalar’’ texnologiyasidan foydalanish


Download 75.46 Kb.
bet7/11
Sana17.02.2023
Hajmi75.46 Kb.
#1206628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi

2.2Pedagogikada ,,Eng muhim tushunchalar’’ texnologiyasidan foydalanish
Umuman, pedagogika fani o‘z oldidagi maqsad va vazifalarini hal etishda boshqa fanlar yutuqlaridan foydalanmasdan ish olib borishi mumkin emas degan xulosaga kelish mumkin.
Ilmiytadqiqotmetodalari. Har bir predmetining metodlari bilan chambarchas bog‘langan.Fan metodlari uning metodologiyasiga mohiyati va prinsiplariga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogikaning bunday mustahkam va ishonchli falsafiy asosi dialektik metoddir.Pedagogikaning hodisalarini o‘rganish va ularning qonuniyatlarini aniqlash masalasida bir-biriga qarama-qarshi ikkita yo‘nalish metofizik va dialektik yo‘nalish mavjuddir.Metofiziklar pedagogikaning hodisalari va faktlarini o‘zgarmas, vaqt, joy va konkret sharoitlardan tashqari boshqa ijtimoiy hodisalar bilan aloqasi bo‘lmagan hodisa sifatida olib qaraydilar.Dialektik metod esa metofizika talqiniga qarama-qarshi o‘laroq, o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatlarini quyidagicha o‘rganishni talab etadi:
1. Ularning umumiy aloqasi bir-birini taqoza etishi va o‘zaro ta’sir jarayoni-da bolalarni tarbiyalash, o‘qitishning turmush, siyosat, ideologiya, madaniyat, fan, axloq, san’at, ta’lim-tarbiya muassasasi tarmoqlarining va ijtimoiy, maktab va oilaviy tarbiyalarning o‘zaro bog‘liqligi va boshqalar.
2. Ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etishi jarayonida ijti-moiy va ilmiy vazifalarning tug‘ilishi natijasida kelib chiqadigan o‘qitish va tarbiyalash vazifalari, forma va metodlarning o‘zgarishi; tarbiyalash qisqa muddatli va tez olib boriladigan ish emas, balki qiyin va murakkab jarayondir, bolalarni andoza, universal sxema asosida o‘qitish va tarbiyalash mumkin emas.
3. Bolalarning o‘sishida miqdor va sifat o‘zgarishlari jarayonida har bir maktab yoshining o‘ziga xosligi, tarbiya va ta’lim bola shaxsining sifat jihatidan o‘sish va tarkib topishi ekanligi, ong va axloqning, so‘z va ishning birligi va boshqa mezonlar.
4. Qarama-qarshi tomonlar, an’analar, qarashlar va fikrlarni aniqlash jarayonida, tarbiya va ta’limda, turmush dialektikasida, yangi va eski o‘rtasidagi kurash, shaxs va jamoa o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar va h.
5. Pedagogikaning qonuniyatlarini ob’ektiv o‘rganishda dialektika kategoriyalari hodisa va mohiyat, sabab va natija, zaruriyat va tasodif, mazmun va shakl, tarixiy va mantiqiy, umumiy va shaxsiy, asosiy va xususiy, aniq va abstrakt kabi kategoriyalar muhim ahamiyatga egadir.
Dialektikaning yuqorida ko‘rsatilgan prinsiplari asosidagi pedagogika hodisalari, faktlari va jarayonlarini ilmiy tekshirish, ularning taraqqiy etish qoniniyatlarini bilish mumkin. Binobarin, pedagogik tadqiqot metodlariga ob’ektivlik, o‘qituvchilik, pedagogik faoliyatni oshirishga qaratilgan tadqiqot vazifalarining aniqligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini, bolalar psixologiyasi qonuniyatlarini hisobga olish kabi talablar qo‘yiladi.Lekin, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash amaliyotining o‘zi hamma vaqt pedagogik tadqiqotlarning manbai hisoblanadi.Faqat maktab tajribalarigina har bir ilmiy nazariyaning haqqoniyligi hisbolanadi.Tadqiqot metodlarining tanlash fanning o‘zi uchun muhim ahamiyatga egadir. Uning metodlari qanchalik mukammal bo‘lsa, shu fan oldida turgan aktual vazifalar ham shunchalik muvaffaqiyatli hal etiladi. Hozirgi pedagogik tadqiqotlarning metodlar tizimini to‘la hal etilgan deb bo‘lmaydi.Pedagogika tajribasini o‘rganishda quyidagi metodlar: kuzatish, eksperiment, suhbat, o‘quvchilar ijodini o‘rganish, tarbiya muassasalari hujjatlarini o‘rganish turli xilda qo‘shib olib borilishi mumkin.
1. Ilmiy pedagogik tadqiqotning asosiy metodlari kuzatish, suhbat, tekshirish, eksperiment metodlari singari faoliyat natijalarini o‘rganishdan iborat.
2. Hozirgi vaqtda quyidagi metodlar asosida ishlaydi. Bular: pedagogik kuzatish, so‘rash, o‘quvchilar faoliyati natijalari va o‘quv-tarbiya muassasalari hujjatlarini o‘rganish, pedagogik eksperiment, modellashtirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va yoyish, sotsiologik, matematika va statistika materiallarini ishlash kibernetika, anketa, intervyu olish va tasvirga olish singari metodlardan foydalaniladi.

Download 75.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling