Pedagogik vaziyat


Download 17.11 Kb.
Sana04.06.2020
Hajmi17.11 Kb.
#114392
Bog'liq
2-fan 2-mav


Pedagogik vaziyat: Qahraton qish. Ayoz kichik ariqlarni, ko‘llarni va Sirdaryoning qirg‘oq chetlarini muzlatgan. Uch o‘rtoq muzlagan Bordon ko‘l ustida o‘zaro gaplashib ketmoq-dalar. 

    Alisherning botinkasiga qor kirdi. U o‘rtoqlaridan ortda qoldi, oyoq kiyimining ipini echish uchun engashdi. To‘satdan qulog‘iga — Qutqaringlar! — degan qichqiriq eshitildi. Alisher o‘girilib qaradi. Uning oldida Vali turar, Doniyor esa o‘sha atrofda muz yorig‘idagi suvda tipirchilamoqda edi. 

Qo‘lingni! Qo‘lingni uzat... YOrdam ber! — qichqirar edi unga Doniyor bo‘g‘iziga suv tiqilib. Lekin Vali qo‘rquv ostida muz teshigidan uzoqlashdi.

Alisherning elkasidan nimadir itarib yuborgandek bo‘ldi. Tezlikda botinkasini tortib, do‘stlari oldiga shoshildi. 

Muzga yotib ol, mening oyog‘imdan ushla, men muz yoriq joygacha sudralib boraman.  Ildam bo‘l! — Alisher, yugurgan holda dong qotib qolgan Valiga murojaat qilib buyurdi. Lekin Vali turgan joyida qotib qoldi.   

Ildam, bo‘lsang-chi! Meni ushla! — qayta qichqirdi, muzda yotgan, Alisher. Vali qat’iyatsizlik bilan oldinga bir qadam tashladi va birdaniga o‘girilib oldi. 

Qo‘rqoq! — Alisher muz yorig‘iga qarab sudralib ketdi. Borgan sari yaqinroq, yaqinroq.... Faqat ulgurish kerak. Suvga bo‘kkan Doniyorning kiyimlari uni tobora tang ahvolga solib, pastga tortar edi. 

Alisher sudralib kelar edi. Mana muzning cheti. U qo‘lini Doniyorga uzatmoqda.

Ushla... SHunday, — Alisher do‘stini muz ustiga torta boshladi. — YAna ozgina...

Lekin muz ushlab turolmadi. Alisher qo‘rquv ostida tagidagi muz qirsillaganini eshitdi, kostyumi tagidan sovuq suv kirganini sezdi... Faqat ulgursak bo‘ldi. YAna bir harakat…

Muz qarsillaydi va ikkala bola suv tagiga kirib ketdilar.

Mana, ularning boshlari yana suv sathida paydo bo‘ldi. Qalqib, charchoq va sovuq suvdan sillasi qurigan, Alisher bir qo‘li bilan do‘stini, boshqasi bilan muz chekkasini ushlab turar edi. Lekin mustahkam bo‘lmagan muz barmoqlari orasida maydalanar edi. “Nahotki o‘lim?” Alisherning boshiga fikr keldi.  «Yo‘q, mumkin emas. Faqat o‘ng qo‘lni bo‘shatish kerak». U Valijonni ko‘rish umidida u yoq - bu yoqqa qaradi… Lekin u allaqachon g‘oyib bo‘lgandi. Alisher, tayanch izlab, yana muzning chetidan ushladi. 

...Yo‘q, do‘stlar cho‘kib ketmadilar. Qiyinchiliklarga qaramay, Alisher Doniyorni suvdan chiqarib oldi, ular zo‘rg‘a uylariga kirib keldilar. 

 

Javob:Do’stlar o’g’il bola bo’lganligi sabali ular qo’rqmas bo’lishlari kerak. Nima bo’lganda ham do’stlarini yolg’iz qoldirmasligi kerak edi.

 

Quyidagi pedagogik vaziyatning yechimini toping

 

Pedagogik vaziyat: Nizomiy nomidagi buxdu matematika fakultetining o‘quvchilaridan bir guruhi kechqurun uyga qaytib kelayotgan edilar. Ular o‘tgan-ketganlarga e’tibor qilmagan holda Anxor bo‘ylab kelishar, nimalardir haqida gaplashishar va xursand holda kulishar edilar. 

Tasodifan anhor tomonidan bolaning yig‘isi va qichqiriq ovozi eshitildi:

Oyijon, yordam bering!...

Yigit va qizlar har tomonga qaray boshladilar va suvga cho‘kayotgan yosh o‘g‘il bolaga ko‘zlari tushdi. 

Botirali sumkasini uloqtirib, qirg‘oq to-monga yugurdi. Uning ketidan, yo‘l-yo‘lakay: “Suvga tushma, sen yaqindagina o‘pka shamollashidan tuzalgansan! To‘xtab tur, men o‘zim suvdan olib chiqaman”, degan ogohlantirish bilan Bahodir yugurdi. 

Lekin  Botirali unga rad ishorasini bildirgan holda qo‘lini siltab, o‘zini suvga tashladi va cho‘kayotgan bolaning sharfidan tutib, qutqarib qolishga muyassar bo‘ldi.  

Bahodir va boshqalar birgalikda Botiralini bola bilan qirg‘oqqa chiqishiga yordam berdilar va tez yordam chaqirdilar.

Bolaning hayoti saqlab qolindi.  

Javob:Inson yaxshilik qilishi kerak. Botirali to’g’ri ish qilgan.

 

Quyidagi pedagogik vaziyatning yechimini toping

 

Pedagogik vaziyat: Farruh otasi bilan uzoq safardan uyga qaytish uchun CHimyon tog‘idan piyoda tushayotgan edi. Ularning elkalarida ryukzaklar bor edi. Har ikkala sayohatchi ham charchashgan, lekin sport bazasiga ancha yaqinlashib qolishgan edi. Bu nimasi? Birdaniga ota to‘g‘ri yo‘ldan burildi va yakka o‘sayotgan yoshgina archa oldiga qarab yurdi. Farruh ham otasining ketidan bordi. 

Qara, shamolmi yoki birovmi, kim sindirgan ekan? — ota avaylab archa daraxtining yarim singan barglari so‘lib qolgan nozik shoxini to‘g‘riladi.

Qoziq kerak, — dedi Farruh va yo‘l bo‘ylab yugurib ketdi. Farruh tezlikda ryukzakidan bint olib daraxtni bog‘ladi, archa daraxti to‘g‘rilandi

Mana, endi archa daraxti unib-o‘sib ketadi, — dedi ota.

Ular yana yo‘lga tushdilar. Farruh bir necha marotaba ortiga – archa daraxtiga qarab qo‘ydi. Unga archa daraxti shoxining uchini silikib rahmat deyayotganga o‘xshar edi. 

 Javob: tabiatni asrash kerak. Ular chindan ham rahmat aytishadi.

 

 

 
Download 17.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling