Pedagogik vaziyatlar


MASALA: O’yinchoq mashina


Download 294.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana16.01.2023
Hajmi294.82 Kb.
#1095814
1   2
 MASALA: O’yinchoq mashina. 
Anvar akaning xonadonida 2 nafar o’g’il va 1 nafar qizlari bor edi. Anvar 
aka maosh olgan kuni bitta o’yinchoq mashina olib keldi va farzandlariga dedi: 
“O’g’illarim hozircha shu mashina bilan birgalikda o’ynab turinglar, kelguvsi 
maoshimdan sizlarga yana boshqa o’yinchoqlar olib kelib beraman”. 
Bir ozdan keyin Anvar akaning farzandlari mashinani talashib qolishdi. 
Ularning janjalini kuzatib turgan Anvar aka va uning turmush o’rtog’i Hilola opa 
bu majoroni qanday hal qilish kerak?
Anvar aka bunday vaziyatda qanday ish tutish kerak? 
a) Hoy jim bo’linglar, talashmay o’ynanglar, bo’lmasa yana mashina olib 
kelmayman! 
b) Mashinani o’g’il bolalar o’ynasin, qizim senga boshqa o’yinchoq olib 
kelib beraman. 
v) Mashinani bu yoqqa olib kelib ber, yashirib qo’yaman, hamangga 
bittadan o’yinchoq to’g’ri keladigan bo’lganda o’ynaysan. Ayasi qaramaysanmi
bolalaring janjallashayapti. 
Hilola opa bunday vaziyatda qanday ish tutish kerak? 


a) Bolajonlarim dadajoningiz hozircha maoshidan bitta mashina olib 
kelibdi, yana maosh olganda albatta hammangga yetadigan qilib o’yinchoqlar olib 
keladi. 
b) Astagina borib mashinani olib qo’yibdi va debdi: “Agar o’yinchoqqa 
talashadigan bo’lsanglar, bu o’yinchoqni ham olib qo’yaman”. 
v) Men Sizlardan xafa bo’ldim. Endi dadangizga aytaman, hyech qachon 
sizlarga o’yinchoq olib kelib bermaydi. 
Tahlil: Birinchi holat. Anvar aka o’yinchoq mashina olishdan oldin bir 
o’ylab ko’rish kerak edi. Bunga sabab oilada 3 nafar farzand, ular ichida qiz bola 
ham bor. Anvar aka oiladagi farzandlarining ko’proq qismi o’g’il farzandlar 
ekanligini e’tiborga olib bu ishni qilgandir, ammo farzandlar orasida qo’pol 
munosabatlar (mashinani talashib qolish va natijada ular og’zidan so’kinish yoki 
yoqalashib ketishi holatlari) ning paydo bo’lishi ham yaxshi holat emas. Chunki 
farzandlar orasidagi so’kinish yomon illat yoki ular bir – biriga mashinani otib 
yuborib tan jarohati olish holatlari ham uchrab qolish mumkin. Eng achinarlisi 
bunday farzandlar tarbiyasida salbiy holatlar yuz beradi va ular ma’naviy jihatdan 
yetuk bo’la olmaydilar.
Ikkinchi holat. Anvar akaning o’yinchoq mashina olib kelganini ko’rgan 
Hilola opa darrov hushyor tortish kerak edi va “bu mashinaga farzandlari talashib 
qolsa, ular o’rtasidagi iliqlik yo’qoladi-ku”, - deb o’ylash kerak edi va Anvar 
akaga: “bu o’yinchog’ingizni yanagi maoshingizgacha bolalaringizga bermay 
turaylik, keyingi maoshingizdan qolgan farzandlarimizga ham yetadigan o’yinchoq 
olib kelganingizdan keyin, hammasini birdan hursand qilamiz”, deyish kerak edi. 
Yoki oiladagi farzandlarini to’plab quyidagi fikrni ham ayta ham bo’lar edi: 
“Bolalarim dadajoningiz bugun maosh olibdi va hozircha bittagina o’yinchoq 
mashina olibdi, keyingi maoshidan yana sizlarga o’yinchoqlar olib kelar ekan. 
Agar urushmasdan, talashmasdan o’ynaymiz deb va’da bersalaring o’yinchoqni 
beramiz, agarda bunday va’dani bera olmasalaring, o’yinchoqni dadajoningizning 
yanagi maoshigacha, ya’ni o’yinchoqlarni hammaga yetadigan qilib olib 
kelmaguncha yashirib qo’yamiz”. 
Ushbu mazmundagi masalani guruhni ikkiga bo’lib olib, kichik guruhlar 
hosil qilib, ularning navbatma – navbat fikrini eshitish ham yaxshi natija beradi. 
Mashg’ulot oxiridagi xulosangizda bolalar o’rtasidagi intiboqlik narsani 
o’rtada baham ko’rish ijobiy xislat ekanligini va qo’pollik esa yomon illat ekanligi 
o’qtirilsin. 

Download 294.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling