Pedagogik vaziyatlar


Download 294.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.01.2023
Hajmi294.82 Kb.
#1095814
  1   2


 PEDAGOGIK VAZIYATLAR 
Vaziyat — voqealar to‘plami boshlanishini insonning qabul qilishi va 
faoliyatiga ochiladigan hayotiy sharoit va holatlari o‘tishining bir amalligi va 
takrorlanmasligidir.
Pedagogik vaziyat – tarbiyachi o‘zining kundalik hayotida duch kelgan va 
yechim talab etiladigan pedagogik masalalarni tug‘dirgan dalil, hayotiy tarixdir. 
Ba’zi turdagi ko‘p uchraydigan pedagogik vaziyatlar, o‘quvchilarning harakatlarini 
tahlil etish jarayonida pedagogik masalalarni tezlikda ifodalash, ularni yechish va 
bu vaziyatlarni bartaraf etish imkoniyatini bersa, kam uchraydigan boshqa turdagi 
vaziyatlar murakkab, takrorlanmaydigan, o‘zining yechimi uchun yetarlicha ko‘p 
vaqt talab etadigan, ba’zan esa, umuman yechilmaydigan vaziyatlar bo‘lishi 
mumkin.
Ideal aniq vaziyat – qandaydir (biznes, marketin yoki boshqa) faoliyatining 
biror qiziqarli tarixi yoki ushbu faoliyat tarixidan joy olgan, yechish talab 
etiladigan boshqotirma; tahlili eskirgan va qo‘shimcha axborot izlash talab 
etadigan axborotlarning ko‘pligi; kelajakda vaziyatning davomini berishga qodir 
bo‘lgan dolzarb muammo; eng asosisi – qaralayotgan masala “nazariyasi” bilan 
ustma-ust tushadigan vaziyatdan iborat bo‘lib, katta yoki kichik (mini ham bo‘lishi 
mumkin) keysda qo‘yilgan muammoni yechishga turtki beradigan savollar 
to‘plamini o‘z ichiga olishi zarur. 
O‘qitish amaliyotida vaziyatlarning: standart, kritik, ekstremal va sh.k. 
kabi turli ko‘rinishlari foydalaniladi.
Standart vaziyat – qandaydir darajada tipik bo‘lib, bir xil vaziyatlarda tez-
tez takrorlanadi; bir xil manbalar, sabablarga ega; u salbiy ham, ijobiy ham
tabiatga ega bo‘lishi mumkin.
Kritik vaziyat – tirik bo‘lmagan, odatda, kutilmagan, avvalgi hisob-kitobni, 
rejani buzadi; belgilangan me’yorlarni, tartibni, qoidalar, qadriyatlar tizimini 
buzishi mumkin; material va axloqiy ziyon yetkazishi hamda sog‘liq, ekologiya 
uchun zararli bo‘lishi mumkin; tezchan va keskin aralashishni, mezonlarni
nizomlarni, me’yorlarni ko‘rib chiqishni talab etadi. 
Ekstremal vaziyat (yoki favquloddagi hodisa) - ajoyib, o‘xshashi 
bo‘lmagan; qandaydir ob’ektlarni, jarayonlarni, qarashlarni, munosabatlarni salbiy, 
ba’zan esa buzg‘unchi o‘zgarishlarga olib keladi; o‘zidan keyin material, jismoniy 
va axloqiy yo‘qotishlarni olib keladi; rejalashtirilmagan va ko‘zda tutilmagan 
material va insoniy ashyolarni jalb etishni talab etadi; keskin harakatlarga, 
noan’anaviy yechimlar qilishga, yordam qilishga: masalan, yer qimirlashi, yong‘in, 
suv toshqini, bo‘ron, vulqon otilishi, ko‘chkilarda murojat qilishga undaydi. 
Yoritish va materialni taqdim etish tabiatiga ko‘ra vaziyat-ko‘rgazmalar, 
vaziyat – baholash va vaziyat-mashqlar foydalanilishi mumkin. 
Vaziyat-ko‘rgazmalar – bu amaliyotdan olingan (pozitiv ham, negativ 
ham) masalani va vaziyatni yechish. Vaziyat-baholash - vaziyatning tavsifi va
tayyor holdagi mumkin bo‘lgan yechim bo‘lib, faqat, u qanchalik to‘g‘ri va 
samarali ekanligini baholash talab etiladi. Vaziyat-mashq - aniq boshqaruv yoki 
ijtimoiy–psixologik faoliyat lavhasi bo‘lib, uni yechimi qandaydir standart 


harakatlarni, masalan: me’yorlar hisobi, jadvallarni to‘ldirish, yuridik hujjatlarni 
foydalanishni talab etadi.
Vaziyatli masalalar muammoli masalalarga ancha yaqin va u faoliyat 
uslubini aniqlash hamda tushunishga qaratilgan. Vaziyat-masalalarini yechish 
mobaynida o‘qituvchi va o‘quvchilar turli: o‘quvchi uchun – berilgan vaziyatga 
mos yechimni topish, o‘qituvchi uchun – faoliyat usulini o‘quvchilar tomonidan 
o‘zlashtirishi va uning mohiyatini tushunish maqsadlariga egalar.
Vaziyatli masalalar o‘quv jarayonida ham, auditoriyadan tashqarida ham 
foydalanilishi mumkin, chunki umumiy ta’lim maqsadlariga ko‘ra vaziyatli 
masalalar ushbu maqsadlarning ixtiyoriysini amalga oshirish uslubi sifatida 
namoyon bo‘lishi mumkin.
Ko‘pgina vaziyatli masalalarni yechimi jamiyatda bo‘layotgan 
o‘zgarishlarni ifoda etuvchi aniq vaziyatlarni tahlili bilan bog‘liq. Bu vaziyatlar 
nafaqat o‘quvchiga, balki o‘qituvchiga ham yangi bo‘lishi va o‘z o‘rnida 
o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi munosabat tabiatini o‘zgartirishi mumkin. 
An’anaviy o‘quv amaliyotida o‘qituvchi «biladi», o‘quvchilar «bilmaydilar» 
tamoyili hukm suradi. Vaziyatli masalalarni hal etishda, esa o‘qituvchi va o‘quvchi 
birgalikda muammoni yechishni o‘rganayotgan teng huquqli hamkor sifatida 
chiqadilar. Shunday qilib, vaziyatli masalalarni hal etish mobaynida, o‘qituvchi 
to‘g‘ri javob manbai sifatida emas, balki o‘quvchiga «yordam beruvchi» inson 
sifatida chiqib, o‘quv-tarbiya jarayonidagi o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatini 
o‘zgartishga olib kelinmoqda. 
O‘qitishning o‘ziga xos maqsadlariga bog‘liq ravishda keyslar unga taqdim 
etilgan material mazmuni va tashkil etilishiga ko‘ra juda turli-tuman:tahlil va 
baholashga o‘rgatish keyslari; muammoni yechish va qaror qabul qilishga 
o‘rgatuvchi keyslar; muammoni, yechimni yoki umuman konsepsiyani namoyish 
etdigan keyslar bo‘lishi mumkin. 
Keyslarni sinflarga ajratish turli xossalariga ko‘ra amalga oshirilishi 
mumkin. Ularni sinflarga ajratishda keng qo‘llaniladigan yondashuvlaridan biri 
uning murakkabligidir. Bunda quyidagilarni ajratadilar:
- o‘quv vaziyatlarni namoyish qiladigan – o‘quvchilarni biror amaliy 
misolda aniq vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish algoritmini o‘rgatish maqsadidagi 
keyslar;
- o‘quv vaziyatlar – aniq vaqt mobaynidagi vaziyatni tavsiflash, 
muammoni aniqlash va aniq ifodalashni shakllantiradigan keyslar; bunday 
keyslarning maqsadi – vaziyatga tashxis qo‘yish va ko‘rsatilgan muammo bo‘yicha 
mustaqil qaror qabul qilishdan iborat;
- o‘quv vaziyatlar – oldingi variantdan murakkabroq vaziyat 
tavsiflanadigan muammo yetarlicha aniqlanmagan bo‘lib, statistik ma’lumotlarda, 
jamoaviy fikrlar, hukumat organlari va boshqalar bahosida taqdim etilib, muammo 
ifodalanmagan keyslar; bunday keyslarning maqsadi – muammoni mustaqil 
aniqlash, mavjud ashyolarni tahlil qilish bilan uni muqobil yechimlarini 
ko‘rsatishdan iborat; 


- aniq sodir bo‘lgan vaziyat tavsiflanadigan, undan chiqish yo‘lini topish 
taklif etiladigan amaliy mashqlar; bunday keyslarning maqsadi – muammoni 
yechish yo‘llarini izlashdan iborat.
Keyslar bilan ishlashda o‘qituvchi xulqida mumkin bo‘lgan uchta 
strategiyasi mavjud:
1. O‘qituvchi qo‘shimcha savollar yoki (qo‘shimcha) axborot shaklida 
yechishga kalit beradi. 
2. Aniq bir sharotlarda o‘qituvchining o‘zi javobni beradi. 
3. Muammo ustida kimdir ishlayotgan vaqtda, ularda «g‘oya paydo 
bo‘lishi»ga haloqit qilmasdan, o‘qituvchi hech nima qilmasligi (jimgina o‘tirishi) 
mumkin. 
O‘quv vaziyatlarni tahlil qilish mobaynida o‘qituvchi «faol» yoki «passiv» 
rol egallashi mumkin. Ba’zan, u tahlilga «dirijorlik» qiladi, ba’zan esa munozarani 
yakunlash bilan chegaralanadi. Isbotlashning ajoyib yo‘lini ko‘rib, uni qo‘llab-
quvvatlashi yoki hatto boshqalarni muhokama maydonidan chiqarib, shu yo‘lni 
ustivor bo‘lishiga qat’iy turadi. «Keysni sinfda tahlil qilib, men odatda qanday 
yechimni to‘g‘ri hisoblashimni aytaman, so‘ngra talabalardan meni nuqtai 
nazarimdan bo‘sh tomonini topishni so‘rayman. Bu ularga muammoga shaxsiy 
nuqtai nazarni ishlab chiqishga yordam beradi»-degan edi Piter Ekman.
Vaziyatli masalalarni yechish jarayoni doimo o‘quvchini o‘quv 
jarayonining chegarasidan, ijtimoiy amaliyot fazosiga «chiqishini» ko‘zda tutadi. 
Boshqacha aytganda, bunday jarayonda o‘quvchilarni faol jamoaviy faoliyatga
kirish shartlari yaratiladi.
O‘quvchilarning faol faoliyatga kirishishi amaliy kompetentlikni-bazaviy 
ko‘nikma, malaka va harakat qilishga tayyorgarligini rivojlantirishga imkoniyat 
beradi.

Download 294.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling