Pedagogika” fakulteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 4- kurs 194-guruh talabasi Sobirova Hayotxonning
II BOB. Noan'anaviy tarbiyaviy soat mashg‘ulotlarini o'tkazish metodikasi
Download 139.58 Kb.
|
Hayotxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Ma’naviyat va burch tarbiyasi
II BOB. Noan'anaviy tarbiyaviy soat mashg‘ulotlarini o'tkazish metodikasi.
2.1 Noan'anaviy tarbiyaviy soat mashg'ulotlarini tashkil etish, uni o'tkazishning tartib va uslublari Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin: -Kun shiori; -Kirish; -Asosiy qism: hikoya,suhbat,ma’ruza, guruhlarda ishlash; -Yakuniy qism. Tarbiyaviy soatlarda foydalanish uchun mavzuga doir adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni ochiq muloqot, davra suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noan’anaviy tarzda tashkil etish mumkin. (Izoh: Taqdim etilayotgan tarbiyaviy soatlar dasturiga Umumta’lim maktablarining sinf rahbarlari metod kengashi qaroriga ko‘ra 15% gacha o‘zgartirish kiritish mumkin.) Sinf tarbiyaviy soatlarning mavzulari quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi va quyidagi andozaga tartib bilan jamlanadi. Tarbiyaviy soat mashg‘ulotlari mavzulari yuqoridagi andozaga tartib bilan jamlanadi.Har bir pedagog ish faoliyatidan kelib chiqib, ta'lim-tarbiya maskanlarida olib boriladigan noan'anaviy tarbiyaviy soatlarni tashkil etsinki, toki uning mazmun-mohiyati uzoq muddat esdan chiqmasin. Ularni quyidagi mavzularga asoslanib olib borilsa ,maqsadga muvofiq bo‘lar edi: I. Ma’naviyat va burch tarbiyasi Ma’naviyatimizning qadimiyligi, mazmun va mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy tamoyillari, uning jamiyatimiz taraqiyotidagi roli va ahamiyati, Prezidentimiz asarlari va nutqlarida insonni jonli mavjudodlardan ajratib turadigan ong va til, aql-idrok va tafakkur, odamgarchilik, muruvvat va sahovat, rahm-shavqat, mehr-oqibat, iymon-e’tiqod, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, halollik, poklik, tabiatni e’zozlash, ilm va fanni, adabiyot va san’atni, madaniyatni sevib ardoqlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, o‘zi va o‘zga millat kishilarini, ularning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish va qadrlash xislatlarini tarbiyalash asosiy maqsad qilib olinadi. Tarbiyaviy soat mavzulari: Ma’naviyat insonga xavodek, suvdek zarur. Insonni hayotini bezaydigan, go‘zallashtiradigan omil ma’naviyatdir. Davlat va millat ma’naviyati bilan ko‘rkamdir. Ma’naviy barkamol kishilar hayoti biz uchun namuna. Xalollik va rostguylik - inson fazilati. Bugun niyat - ertangi haqiqat. CHin va yolg‘on do'stlik. Haqiqiy va qalbaki qaxramonlik. Yomon odatdan saqlan. 10. Iymonsizda Vatan tuyg‘usi bo‘lmaydi. 11.O‘z g‘ururingni himoya qila olasanmi? 12.Quroni karim va Hadisi sharifdan parchalarni o‘qish va muhokama qilish. Eslatma. Yuqoridagi va endi tavsiya qilinadigan mavzularni sinf o‘quvchilarining qabul qilish darajasiga qarab soddalashtirish yoki murakkablashtirish mumkin. Download 139.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling