Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 3- bosqich 204 –guruh talabasi Bekmetova Barchinoyning “Pedagogika va psixologiya fanlarni o’qitish metodikasi ” fanidan tayyorlagan Kurs ishi Mavzu


Download 227.52 Kb.
bet2/10
Sana19.06.2023
Hajmi227.52 Kb.
#1620007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
barchinoy

Mavzuning dolzarbligi Mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli insonlarga bog‘liq. Shu bois oxirgi to‘rt yilda ta’lim sifatini yaxshilash, o‘qituvchilar mavqeini yuksaltirish bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi. Endi mamlakatimiz yangi davrga qadam qo‘ymoqda. O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish aynan ta’lim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan.Davlatimiz rahbari bu hayot-mamot masalasi ekanini ta’kidladi.
– Bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q. Maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak. Bunga barcha e’tiborimiz va resurslarimizni safarbar qilamiz. Qiyin yo‘lni tanlayapmiz, lekin shu yo‘l muammolarni yechadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Maktablarni yaxshilash faqat Xalq ta’limi vazirligining emas, balki barcha vazirlik va idoralar, hokimliklar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
Predmeti: Ilk bolalik davrida aqliy taraqqiyotning o’ziga xosligi.
Kurs ishining maqsadi: Ilk bolalik davrida aqliy taraqqiyotning o’ziga xosligini o’rganish.
Kurs ishining vazifalari:

  • Mavzuga oid manbalarni tahlil qilish va umumlashtirish.

  • Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik va rivojlanishning ijtimoiy shart sharoitlarini o‘rganish.

  • Ilk bolalik davrida aqliy taraqqiyotning o’ziga xosligini o’rgamish.

  • O‘quv faoliyatiga tayyorgarlikni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar tahlili.

Ob’ekti: Ilk bolalik davridagi bolalar.
Tadqiqot ishining ilmiy farazi. Bolaning maktabga tez moslashishi va muvaffaqiyatli o‘qishida shaxsiy, intellektual va ijtimoiy-psixologik tayyorgarligi muhim jarayon bo‘lishi mumkin.
Tadqiqot metodlari: Kuzatish, individual suhbatlar, O‘xshashliklar (analogiya) metodikalari.
Tadqiqotning metodologik asoslari. Mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli insonlarga bog‘liq ekani ta’kidlandi. «Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot bilimda. Maktab ta’limini rivojlantirsak, oliy ta’lim ham, ilm ham kelajakda rivojlanadi.Hozir shu masalani qilmasak, nafaqat kechirmaydi, yoshlarimiz sharoit bor joyga ketadi.Biz ko‘p vaqt yo‘qotdik, desak to‘g‘ri bo‘ladi. E’tibor bermadik.Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq ta’limi vazirligining ishi, deb o‘ylasa, bu juda xato fikr va xato yondashuv.Butun elimiz bilan, butun jamiyatimiz bilan Xalq ta’limi vazirligiga e’tibor bermasak, qo‘ygan natijalarimiz bo‘lmaydi. Bir kun emas, bir soat ham kechiksak, iqtisodiyotimizga, ertangi kunimizga, yoshlarimizga katta ziyon bo‘ladi», degan prezident.

Download 227.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling