Pedagogika fan sifatida
Download 18.3 Kb.
|
1 2
Bog'liqBosimova M Pedagogika fan sifatida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA Bosimova Mahliyo Dilshod qizi Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang‘inch ta’lim fakulteti 1-bosqich talabasi Annotasiya: Ushbu maqola pedagogika fan sifatida vujudga kelishi, pedagogik g‘oyalarning tarqalishida mashhur faylasuflarning fikrlari va o‘z faoliyatida o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalariga mos tarzda ishlab chiqilgan nazariyalar haqida bo‘lib, pedagogika fanining obyekti, predmeti va tuzilishini ham o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: pedagogika, bilim malaka, ko‘nikma, pedagogika tuzulishi, pedagogika tarmoqlari,tarbiya,o‘qitish Insoniyatning shaxs sifatida shakllanishi uning jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishi, jismoniy, ma’naviy salohiyati bilan belgilanadi. Bola dunyoga kelar ekan ilk kunlardan jamiyatga moslashish, atrof muhitni o’rganishga bo’lgan harakatlar faollasha boshlaydi. Uning tarbiyasi oila, mahalla va ta’lim muassasalarida shakllanadi va bu pedagogika fanining bosh masalasi sanaladi. Pedagogika fani shaxsni rivojlantishning ikki muhim jihati-uni o‘qitish va tarbiyalash uning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Pedagogika bu tarbiya haqidagi fandir. "Pedagogika" grekcha soʻz boʻlib, “peydogogos”-“bola yetaklovchi” ma’nosini anglatadi. Pedagogikaning asosiy masalasi bu tarbiyadir. Tarbiya bu jamiyatning rivojlanishi uchun asosiy tushuncha hisoblanadi. Tarbiya orqali barkamol, komil, jamiyat rivojlanishi uchun o‘z hissasini qo‘shadigan insonni voyaga yetkazish mumkin. Bu esa Pedagogika fanining asosiy vazifasi. Pedagogika fanining obyekti-yaxlit pedagogik jarayon, predmeti esa ta’lim tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalaridir. Pedagogika fanining vazifalari quyidagilardan iborat: - Sharq va G‘arb xalqlari og‘zaki ijodiyoti, pedagogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilg‘or g‘oyalarini tahlil qilib, komil inson tarbiyalash jarayonini o‘rganish; - komil insonni tarkib toptirishning qonuniyat, qoida va zarur sifatlarini aniqlash; -pedagogika-tarbiyashunoslikdagi ta’lim va tarbiya nazariyasini hozirgi davr xususiy metodikasi bilan uzviy muammolarini ishlab chiqish va yangi pedagogik texnologiya tamoyillariga amal qilish; -ta’lim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, metod va usullarni maktab amaliy hayoti bilan bog‘lab bo‘lajak o‘qituvchilarga o‘rgatish; - xalq ta’limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o‘rganib bo‘lajak o‘qituvchilarni qayta tayyorlash muammolarini hal qilish Pedagogika fanining mana shunday vazifalari va maqsadlari o‘z-o‘zidan paydo boʻlib qolmagan. Bu nazariyalarni ishlab chiqqan va o‘z faoliyatida qo‘llagan, nazariyalarini isbotlab, pedagogika faniga oid asarlar yaratgan mashhur Yunon faylasuflariga Suqrot, Aflotun, Arastu, Demokratik va boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. O‘rta Osiyolik buyuk ajdodlarimizdan esa Mahmud Qoshg‘ariy, Ibn Sino, Beruniy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Qadimgi Yunon faylasufi Suqrot o‘zining pedagogik qarashlarida mehnat tarbiyasiga alohida e’tibir beradi. U mehnatni kishining axloqiy go‘zalligi deb hisoblaydi. Suqrotning axloq xususidagi ta’limotiga koʻra, ezgulik-bilim, donishmandlik-yaxshilikni biluvchiga yaxshilik qilishdir. Aristotelning ta’kidlashicha esa, bola 5 yoshidan boshlab 7 yoshgacha kelajakda o‘rganishi kerak boʻlgan fanlar bo‘yicha darslarga qatnashi kerakligini aytadi. Tarbiyaning bosh maqsadi bolani bo‘sh vaqtini ongli ravishda unumli o‘tkazishga o‘rgatish ekanligini ta’kidlaydi. Yunonistonda pedagogikaning rivojlanishidaga ulkan hissa qo‘shgan mutafakkir olimlardan biri Demokrit esa bolalarga namuna bo‘lish, so‘z orqali ta’sir ko‘rsatish, ishontirish va dalillar bilan tarbiyalashga, ularni mehnat qilishga o‘rgatishga alohida ahamiyat bergan. Demokrit jamiyat oldidagi burchiga sadoqatli, ijtimoiy va siyosiy hayotda faol ishtirok etuvchi kishini axloqli inson deb hisoblagan. O‘rta Osiyolik ajdodlarimiz qarashlariga keladigan bo‘lsak Ibn Sino tarbiya jarayoni aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik, va mehnat ( hunar o‘rgatish) tarbiyalarining bir butunligini tashkil etadi, deb ko‘rsatgan edi. Yana u bilim olishda bolalarni jamoa boʻlib maktabda o‘qitish zarurligini ko‘rsatadi va ta’limda quyidagilarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: 1. Bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik. 2. Ta’limda yengildan qiyinga sari o‘rgatish. 3. Olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos kelishi. 4. O‘qitishda jamoa boʻlib maktabda o‘qitishga e’tibor berish. 5. Bilim berishda bolalarni mayli,qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish. 6. O‘qitishni jismoniy bilimlar bilan qo‘shib olib borish. Oilada ota-onaning o‘rnini alohida ko‘rsatish zarur. Ular bola tug‘ilgach, ota unga yaxshi nom qo‘yishi va yaxshi tarbiya berishi lozim. Bu Ibn Sinoni qarashlarida ham mavjuddir. Chunki tarbiya avvalo mana shu ishlardan boshlanadi. Ibn Sino " Kitob-al qonuni fit-tib"( "Tib qonuni"), Donishnoma"," Hayy ib yaqzon" qissasi, " Hidoyat"," Klunj"," Risolatul tayr", " Tadbiri manozil" va boshqa asarlarida pedagogikaga doir qarashlari bayon etilgan asarlari mavjud. Yana bir allomamiz Abu Nasr Farobiy birinchi boʻlib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir: "Ta’lim-so‘z va o‘rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi",- deb ta’kidlab o‘tgan. Mana shunday ko‘plab allomalarimizni misol qilib keltirishimiz mumkin. Ularning barchasi pedagogika fanining yaratilishi uchun o‘z hissasini qo‘shishgan va unga asos tayyorlab berishgan shaxslardir. "Kelajak bugundan boshlanadi",-deydi dona xalqimiz. Yosh avlodni kelgusi hayotda tayyorlash, ruhiy va maʼnaviy jarayonining qay maqsadga yo‘nalganligi aniqlash va uni maqsad sari tarbiyalash pedagogika fanining vazifalaridan hisoblanadi. Pedagogika fanining maqsadi ham o‘qituvchilarning o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, o‘z ustida ishlashi, izlanishi ,intilishi va tarbiyachilik san’atiga tayyorlashdan iboratdir. Download 18.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling