Mashg`ulotdan ko’zlangan maqsad:
1. Ta’limiy- talabalarda ta’lim mazmuni va uni aks ettiruvchi hujjatlar haqida to’liq tasavvur hosil qilish. Mutaxassislik bo’yicha DTSni mazmunini, mohiyatini o’rgatish.
2. Tarbiyaviy-ta’lim mazmuni asosida o’quvchilarga tarbiya ham berish lozimligini o’rgatish.
3. Rivojlantiruvchi-talabalarni pedagogik me’yoriy hujjatlar ustida ishlashga o’rgatish.
MAShG`ULOTNING BORIShI:
1. Ta’lim mazmuni tushunchasi. Mutaxassislik fani bo’yicha o’quv reja, dastur va darsliklar bilan tanishish, ularni tahlil etish.
. Ta’lim mazmunini tanlasning “Moddiy ta’lim nazariyasi va “Formal ta’lim nazariyasi” mohiyatlarini o`rganib, munosabat bildiring.
Har bir fakultet talabalari o’z mutaxassisliklari bo’yicha o’rta ta’lim uchun o’quv rejasi, biron sinf uchun o’quv fani dasturi va darsligini olib ularning tuzilishi, mazmuni asosiy bo’limlari bilan tanishib chiqishadi. Ular haqida o’z fikrlarini qisqacha bayon etib berishadi. Bu hujjatlar haqida dastlabki tasavvurga ega bo’lishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |