Pedagogika fan sifatida


Download 1.49 Mb.
bet42/142
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#226522
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   142
Bog'liq
umumiy pedagogika

Ekologik tarbiya - bu insonni tabiatga dastlabki qadam qo’ygan kunidan boshlab, butun hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda foydalanishga, psixologik, ahloq-odob yuzasidan xalqimizning tabiatga hurmat va e’tibor bilan qaraydigan urf odatlarini, udumlarini tarbiyalash, tabiiy boyliklarni ko’paytirish, bog`-rog`lar, gulzorlar tashkil qilish orqali uning qalbida yaxshi xislatlar uyg`otishdan iboratdir.

Jismoniy tarbiyaning maqsadi - o’quvchilar tanasidagi barcha a’zolarini sog’lom o’sishini ta’minlash barobarida ularning aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlashdan iborat. Abdulla Avloniyning fikricha, sog’lom fikr, yaxshi axloq va ilm - ma’rifatga ega bo’lmoq uchun badanni tarbiya qilish zarur.

Jismoniy tarbiya kishilarga katta ta’sir ko’rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishga yordam beradi.



3-11.chizma

Nafosat tarbiyasi- borliqdagi va sa’natdagi go’zallikni tushunish, ulardan zavqlanish va uni yaratishga intilishni tarkib toptirish.

Nafosat tarbiyasi har bir davrda, har bir xalqda turlicha bo’lsada, uni amalga oshirishning asosiy vositalari, tabiat go’zalligi, badiy ijod namunalari hamda inson shaxsiyatidagi go’zallikni sanab o’tadi. Bu vositalar bir-birini to’ldirib, boyitib beradi.



Estetik tarbiya bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda, hayotdagi va san’atdagi go’zallikni tushunish va qadrlashni bilishida, ma’naviy dunyosini boyitishda katta rol o’ynaydi.

Jismoniy madaniyat mazmuniga quyidagilar kiradi:

1. Inson a’zolarining tuzilishi va ularning funksional kamoloti.

2. O’quvchilarning sog’ligini mustahkamlash.

3. Gigiyena qoidalariga ko’nikish.

4. Bo’lajak ishchi-mehnatchilarning jismoniy va fiziologik sifatlarini kasb ahamiyati jihatidan shakllantirish, ish qobiliyatlarini oshirish.

5. O’quvchilarda iroda, chidamlilik, qat’iy intizom, do’stlik hissini kamol toptirish.

6. Shaxsiy jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash.



Huquqiy tа’lim vа tаrbiya o`zаrо bоg`liqlik, uzviylik, аlоqаdоrlik hаmdа diаlеktik хаrаktеrgа egа bo`lib, shахs huquqiy mаdаniyatini shаkllаntirish gаrоvi hisоblаnаdi. Zеrо, huquqiy tа’lim o`quvchilаrgа huquqiy mе’yorlаr, qоnunlаr hаmdа ijtimоiy-huquqiy munоsаbаtlаr mоhiyati to`g`risidа tizimlаngаn bilimlаrni bеrish, ulаrdа huquqiy bilimlаrni egаllаshgа bo`lgаn ehtiyojni yuzаgа kеltirish, huquqiy оngni shаkllаntirish jаrаyoni bo`lib, u izchil, uzluksiz, tizimli tаrzdа tаshkil etilishi lоzim.

Fuqаrо – fuqаrоligi huquqiy jihаtdаn e’tirоf etilgаn hаmdа muаyyan jаmiyat (dаvlаt) а’zоsi bo`lgаn shахs. O`z fuqаrоlаrigа egа bo`lish hаr bir dаvlаtning zаrur vа muhim bеlgisi sаnаlаdi. Fuqаrоlаrning mаvjudligi sаbаbli dаvlаt mаvhum tushunchа bo`lmаy, muаyyan mехаnizmgа egа sub’еkt sifаtidа mаydоngа chiqаdi. Huquqiy o`rni qоnun yo`li bilаn kаfоlаtlаngаn shахsning dаvlаt chkаrisidа yoki tаshqаrisidа bo`lishidаn qаt’iy nаzаr, mа’lum bir dаvlаtgа qаrаshliligi hоlаti fuqаrоlik dеyilаdi.


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling