Pedagogika fan sifatida


Korreksion pedagogikaning asosiy vazifalari


Download 1.49 Mb.
bet44/142
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#226522
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   142
Bog'liq
umumiy pedagogika

Korreksion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish, o`qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. Korreksion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o`rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:

  1. rivojlanishida turli kamchiliklar bo`lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korreksion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;

  2. differensatsiyali o`qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish;

  3. anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;

  4. rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish;

  5. bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo`qotish yoki kamaytirish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

  6. anomal bolalikning oldini olish bo`yicha profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;

  7. anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish.

Korreksiya (yunoncha tuzatish) bolaning psixik va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish, yo`qotish va pasaytirishni nazarda tutadi.

Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» – o`rnini to`ldirish, tenglashtirish) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining o`rnini to`ldirish yoki qayta qurishdir. Kompensatsiya jarayoni oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayanadi.

Ijtimoiy reabilitatsiya (yunoncha «rehabilitas» – layoqati, qobiliyatini tiklash) tibbiy-pedagogik mazmunida anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Bu korreksion pedagogika nazariyasi va amaliyotida asosiy vazifa hisoblanadi.

Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha «adapto» - moslashish) – anomal bolalarning individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari va qadriyatlari tizimiga mos kelishini ta’minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish qiyin, sodir bo`layotgan o`zgarishlarga mos ravishda javob qaytarish qobiliyati past, shu bois murakkab talablarni bajarishga ularning layoqati yetmaydi. Ijtimoiy adaptatsiya bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi.


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling