Saidrasul Aziziy (1866-1933) Toshkentda ziyoli oilasida tug`iladi. Eski maktab, so`ngra «Madrasai Mahmud dasturxonchi»da (Toshkent) o`qiydi. 1 rus-tuzem maktabini ham bitiradi. O`qigan madrasasida mudarrislik qiladi. 1900 yildan rus-tuzem maktabiga ham taklif qilinadi. U o`zbeklar orasida birinchi bo`lib rus-tuzem maktabida dars beradi. Keyin Toshkent o`qituvchilar seminariyasida «sharqiya muallimligi»ni olib boradi. Uni rus tilini yaxshi bilgani, rus maktabida dars bergani uchun «nasora maxsum» (kofir maxsum) deb ataladi.
Aziziy o`z ijodini shoir sifatida boshlaydi, lekin u madaniyatimiz tarixiga ko`proq islohatchi pedagog sifatida shuhrat topdi. 1900 yili «Ustozi avval» kitobini yozdi, 1902 yil bosilib chiqdi. U yangi maktablarni (tovush usuli) «usuli savtiya» maktablari deb atadi. Bular o`zbek pedagogikasi va metodikasida reforma yasadi. Aziziy «usuli savtiya»ning asoschilaridan biri sifatida shuhrat topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |