Munavvar Qori Abdurashidxonov (1872-1931) Toshkent shahrida ziyoli oilasida tug`iladi. Onasi otinoyi bo`ladi.
1901 yili birinchi jadid maktabini ochadi. Yangi maktablar uchun tovush usulida «Adibi avval» (1907), «Adibi soniy» darsliklarini yozadi. 1906 yili Ismoil Obid muharrirligida «Taraqqiy» gazetasini tashkil qiladi. Darsliklari qayta-qayta nashr qilinadi.
Munavvar Qori o`rta maxsus va oliy ta’lim asoschisi sifatida 1916 yil 9 aprelida o`z uyida to`plangan jadidlar bilan birga Turkiston xalq dorilfununining musulmon bo`limini tashkil etish yuzasidan komissiya tuzadi. O`zi raislik qiladi. 3 bosqichdan iborat dastur tuziladi.
1918 yil 13 may, yakshanba kuni Dorilfunun (hozirgi yosh tomoshabinlar teatri binosida) ochiladi. Munavvar Qori rais (rektor), Iso To`xtaboyev 1-, Burxon Habib 2-, muovin qilib belgilanadilar. O`qituvchilar soni 190 ga yetadi. Ular orasida Fitrat, Kamol Shams, Haydar Shavqiy va boshqalar bor edi.
Shu munosabat bilan Toshkent davlat universitetiga Milliy universitet nomi berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |