Pedagogika fan sifatida
Download 1.49 Mb.
|
umumiy pedagogika
K.D.Ushinskiyning 1824 yilning 19 fevralida Tula shahrida tug’ildi.
Ushinskiy 22 yoshida YAroslav litseyiga kameral (yuridik) fanlar professori vazifasini bajaruvchi sifatida xizmatiga kirdi va ish boshladi. U uch yillik dastlabki pedagoglik faoliyatida katta iste’dod egasi ekanini namoyish eta oldi. SHuningdek, Ushinskiy zo’r ishtiyoq bilan o’qituvchilik ishini olib borib, talabalarga havas bilan bilim berishga harakat qildi, ularda ilm-fanga nisbatan qiziqish uyg’otdi, eng muhimi, o’z halqi va ona yurtini jondan sevish, ardoqlash hamda vijdonan halol mehnat qilishga da’vat etdi. Bu yosh va iste’dodli professorning mazmunli ma’ruzalarini litsey talabalari maroq bilan tinglab, chuqur va mustahkam saboq olar edilar. K.D.Ushinskiy pedagoglik faoliyatini ilmiy-ijodiy ish bilan birga qo’shib olib bordi. 1848 yilda, 1861 yilda uning I va II o’quv yillari uchun «Ona tili» darsligi nashr etildi va unga «Muallimlar uchun qo’llanma» degan metodik asari ilova qilindi. 1870 yilda esa III o’quv yili uchun ham «Ona tili» darsligi bosilib chiqdi. Bundan tashqari, Ushinskiyning pedagogika sohasidagi asosiy nazariy asari hisoblangan «Inson — tarbiya predmeti sifatida» («Pedagogik antropologiyadan tajriba») nomli asari ayrim jildlarga bo’linib nashr qilina boshladi. 1867 yilda bu asarning I jildi, 1869 yil II jildi bosilib chiqdi. Ushinskiy bu kitobning hamma jildlarini qisqartirib ingliz tiliga tarjima qilish maqsadida uchinchi jild ustida zo’r g’ayrat bilan ishlay boshladi.
Тolstoy o`z pedagogik tizimida "erkin tarbiya" nazariyasini olg`a suradi. Bu bola shaxsini hurmat qilishga asoslangan. Uning maktabida o`qish, yozish, din darsi, tarix, arifmetika, tabiat fanlari o`qitilgan. Qat’iy o`quv reja, dastur, darslik bo`lmagan. Uy vazifasi berilmagan. Tolstoy ta’limning mazmuni va o’qitiladigan fanlarning hajmini belgilashda o’quvchilarning qiziqishi va havasi mezon bo’lish kerak deb hisoblaydi. U 12 ta fan o’qitilishi, lekin ularning hajmi va ularni o’qish uchun ajratilgan vaqt o’quvchilarning xohishiga bog’liq edi. O`qitishning metodlari ta’lim prinsiplariga oid qarashlari ham ahamiyatlidir. U ta’lim metodlari orasida o’qituvchining jonli so’zi (hikoya, suhbat)ga alohida o’rin beradi. U bolalarning ijodkorligini o’stirishga kattta ahamiyat beradi. Mustaqil ish berish, insholar yozdirishga e’tibor qaratadi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling