Pedagogika fan sifatida
-maruza TARBIYA JARAYONIDA SHAXSNING SHAKLLANISH
Download 1.15 Mb.
|
ped.psix.maruzalar
3-maruza
TARBIYA JARAYONIDA SHAXSNING SHAKLLANISH REJA: 1.SHaxsning rivojlanish jarayoni. 2.Faoliyat - shaxs shakllanishining asosiy omili sifatida. 3.SHaxs rivojlanishida yosh va individual xususiyatlar. Shaxsning rivojlanish jarayoni-Har qanday jarayon o‘z natijasiga erishishga qaratilgan qonuniy va izchil harakatlar jamidan iborat bo‘ladi. Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishdan iboratdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatida aktivlik ko‘rsatishni ham talab etadi. CHunki, tarbiya beruvchi tarbiyaning umumiy maqsadlarini amalga oshirish dasturini ishlab chiqadi, tarbiya formalari, metodlari va usullarini asosli tarzda tanlab oladi va tadbiq etadi. SHarqda ham azaldan farzand tarbiyasiga katta e’tibor bilan qarab kelingan. Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir". YUrtga, vatanga muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy hususiyatdir. Ana shu noyob insoniy fazilatlarni asrab, avaylash va yanada takomillashtirish, farzandlarimizni ozod va demokratik O‘zbekistonning munosib o‘g‘il – qizlari qilib tarbiyalash masalasi ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning asosiy yo‘nalishini tashkil etmog‘i kerak. Ma’naviyat tarbiyaning eng ta’sirchan quroli ekan, undan oqilona foydalanish, tarbiyalanuvchilarni vatanparvarlik, rostgo‘ylik, xalqsevarlikka o‘rgatish kerak bo‘ladi. Aslini olganda, axloq ma’naviyatning o‘zagi. Inson ahloqi shunchaki salom –alik, hushmuomaladangina iborat emas. Ahloq bu insof va adolat tuyg‘usi, iymon, halollik deganidir. Qadimda ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir ahloqiy talablar majmuasini,ya’ni zamonaviy tilda aytsak, sharqona ahloq kodeksini ishlab chiqqanlar. SHarq tarbiyasida islom dinining roli muhimdir. "Islom dini - bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham ahloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yig‘indisi emas. Bizning ma’rifatparvar ollomalarimiz tomonidan yaratilgan asarlar asosida, o‘quvchilarda mehr -oqibatli, nomusli, oriyatli, andishali, izzat-ehtiromli kabi tushunchalarini shakllantirish va unga rioya etish tarbiyaning bosh vazifasidir." Islom dini, har qanday davrda ham insonlarni poklikka undagan va yaxshi xislatlarni ko‘paytirib yomon xislatlardan halos etishga chorlagan. Pedagogika tarbiyalanuvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan eng samarali shart-sharoitlarni o‘rganadi va aniqlaydi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling