Pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Reja
Download 1.18 Mb.
|
1-modul Pedagogikaning metodologik asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amir Temur Ko’ragon ibn Amir Tarag’ay
- «Temur tuzuklari
Amir Temur saltanatni bino qilish va uni mustahkamlash uchun juda katta xizmat qildi. Ana shunday buyuk xizmatlaridan eng muhimi mamlakatda ta’lim tizimini rivojlantirish sohasiga qaratilganligi edi. CHunki uning e’tiqodiga ko’ra bilimdon va tadbirkor insongina mamlkatning rivojlanishiga hissa qo’sha oladi. SHuning uchun ham sohibqiron bilimli va ishbilarmon, tadbirkor kishilarni tarbiyalashga katta e’tibor beradi. Bu borada ta’lim tizimining o’ziga xos o’rni bo’lishi kerakligini anglagan holda maktab va madrasalar qurdiradi. Saltanat poytaxti Samarqand atrofida o’n ikki bog’ va qasr yaratadi, shahar arki Ko’ksaroy, uning atrofida esa Bo’stonsaroylar bino etadi. Jome’ masjidi, maqbaralar, me’moriy yodgorliklar qurdiradi. Bu ishlarga faqat Amirning o’zi emas, uning atrofidagi yaqinlari ham turli madrasalar qurishga bosh-qosh bo’ladilar. Bulardan Amir Temurning amirlaridan Idigu Temur, mavlono Qutbiddin, umr yo’ldoshi Saroymulkxonim, nabirasi Muhammad Sultonlar ham madrasalar qurdiradilar.
Amir Temur Ko’ragon ibn Amir Tarag’ay Kesh (SHahrisabz)ning Xo’jailg’or (hozirgi paytda bu qishloq YAkkabog’ tumaniga qarashli) qishlog’ida 1336 yilning 9 aprelida tavallud topgan. Uning otasi Amir Tarag’ay o’ziga to’q, badavlat kishi bo’lgan. Onasi Tegina Begim esa buxorolik taniqli olim Ubaydullohning qizi bo’lgan. Temur 7 yoshidan bilim olishni boshlaydi. U yosh bolalik davridan boshlab mard, dovyurak, jasur bo’lib o’sadi. Harbiy san’atni mukammal egallaydi. Qur’oni Karimni yod oladi, hadis ilmini o’rganadi. Dunyoviy bilimlarga ham ega bo’ladi. SHuning uchun ham iymon-e’tiqodli, halol pok, aql-zakovatli, o’z e’tiqodiga mustahkam rioya qiladigan, adolatli inson bo’lib yetishadi. Amir Temur o’z davlati qudratini yuqori ko’tarib dunyoga tanitadi. Amir Temur johillik, yovuzlikni, zo’ravonlikni yoqtirmas. Insonparvar, adolatli hukmdor edi. Masalan, «Temur tuzuklari» hukmdorning hokimiyatni boshqarish qoidalari hamda odob-axloq me’yorini belgilab beruvchi yo’riqnomadir. Taniqli olim Bo’riboy Ahmedov «Temur tuzuklari» podsholarning turish-turmush va axloq-odob normalarini belgilovchi risoladir, deb ta’riflaydi. Haqiqatan ham, mazkur asarni turmush odobi, hulq-odob qoidalari tartib berilgan an’anaviy asarlar qatoriga qo’ysak bo’ladi. Zero, tarixan ta’limiy-axloqiy asarlarning barchasida ham dastlab davlatni boshqarishga oid qarashlar, so’ng axloq me’yorlari bayon etiladi. SHunga ko’ra bu asardan ta’limiy-axloqiy asar sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Amir Temur bu asarida insonparvarlik, mehnatsevarlik, adolatlilik, vatanga sadoqat, jasorat, to’g’rilik, do’stlik va hamkorlik, mehr va muruvvat ko’rsatish, sabr-qanoat, yaxshilik kabi xislatlarni ulug’laydi va xiyonat, bevafolik, sotqinlikni qoralaydi. Hayotda «rosti-rusti» qoidasiga rioya etgan Amir Temurning o’zi naqshbandiylik tariqatidagi «Dil ba yoru, dast ba kor» tamoyiliga ko’ra ish tutib, YUsuf Xos Hojib, Abu Nasr Forobiy, Jaloliddin Davoniy va boshqalar tomonidan targ’ib etilgan va haqiqiy komil inson, adolatli g’ukmdor uchun zarur bo’lgan quyidagi o’n ikki qoidani o’ziga yo’riq qilib olganini ko’ramiz: Har yerda va har vaqt Islom dinini quvvatlash; davlat va saltanatni boshqarishda o’n ikki tabaqa, toifadagi kishilarga tayanish; dushman bilan kurashda maslahat, kengash, tadbirkorlik bilan ish ko’rish, faollik, hushyorlik, ehtiyotkorlik ko’rsatish, saltanat ishini yurg’izishda murosayu madora, muruvvat hamda sabr-toqat bilan ish ko’rish; davlat ishlarini yurg’izishda davlat qonun-qoidalariga qat’iy rioya qilish; adolat va insof bilan ish yuritish; sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqilu donolar, muhandislar, tarixchilarni izzat-hurmat qilish; azmu jazm bilan ish ko’rish (aytganiga rioya etish), buzuqchilikning oldini olish; fuqaroning ahvolidan ogoh bo’lib turish; barchaga hurmat-e’tiborda bo’lish, yaxshilik, muruvvat, ehson, izzatu ikrom, haqqini ado etish; farzandlar, qarindoshlar, oshnolar va do’st birodarlarni doimo yodda tutib, ular bilan yaqin aloqada bo’lish; sipohiylarni hurmat etish va ularga g’amxo’rlik qilish. Ko’rinib turibdiki, Amir Temur mazkur talablarga rioya etgani tufayli uning saltanati rivoj topdi, fan va madaniyat taraqqiy etdi, davlatining nufuzi oshib, nafaqat SHarqda, balki G’arbda ham mashhur bo’ldi. Bu o’n ikki qoidaga rioya qilishdan tashqari, Amir Temur o’zining hayoti tamoyillari haqida shunday degan: «Men o’z hayotim mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qo’ydim va hamishalig’ ularga amal qildim, ular ushbulardir: Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling