Pedagogika fani, uning
Download 481.71 Kb.
|
Pedagogika fani, uning
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.6. Xorijiy mamlakatlarda boshlang’ich ta’lim-tarbiya tizimi yuzasidan qisqacha izoh.
Ijtimoiy tajriba o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishning integral natijaviy tavsifini o‘zida aks ettirib, faoliyatga yo‘naltirilgan va aksiologik yondashuvlarga asoslanishni talab etadi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv nuqtai nazaridan ijtimoiy tajriba o’quvchining boshqa kishilar, atrof-muhit bilan o’zaro harakati natijasida yuzaga keluvchi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va ustanovkalar yig’indisini o’zida aks ettiradi. Ana shu sababli shaxsda o’z-o’zini tashkillashtirish va o’z-o’zini korrektsiyalash madaniyatini shakllantirishga yo’naltirilgan “o’z-o’zini boshqarish tajribasi”ni ijtimoiy tajribaning komponenti sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. O’z-o’zini boshqarish tajribasini shakllantirishning asosiy ijtimoiy sohalari sifatida individni sub’yekt-sub’yekt munosabatlariga jalb etish; sub’yektda tashabbuskorlikni shakllantirish; hayotiy faoliyat jarayonida o’z-o’zini tashkillashning universal namunalarini qabul qilish kabilarni kiritish mumkin. Aksiologik yondashuv nuqtai nazaridan shaxsda ijtimoiy tajribani shakllantirish ikkita o’zaro aloqador yo’nalishda amalga oshadi. Birinchidan, inson hayotining mazmuni, shaxslararo munosabatda ma’naviy-axloqiy me’yor va qoidalar sifatida individda qadriyatga yo’naltirilgan orientatsiyani shakllantirish, ikkinchi tomondan shaxsiy nuqtai nazardan yuqori mavqega ega o’z-o’zini boshqarishda aks etuvchi o’zaro birgalikdagi faoliyat jarayonidagi xatti-harakatlar, ijtimoiy va hayotiy ahamiyat kasb etuvchi xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirish bilan bog’liqlikni o’zida aks ettiradi. O’quvchilarni o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish pedagogik hodisa sifatida shaxs salohiyatini rivojlantirish bilan bog’liq intellektual, emotsional-hissiy va faoliyatga yo’naltirilgan sohalar uyg’unligini talab etadi hamda o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini yuqori darajada rivojlantirish asosida ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. O’quvchilarning ijtimoiy tajribani o’zlashtirishi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim: ijtimoiy moslashuv: ijtimoiy vaziyatlarda o’zining rolini aniqlay olish, vaziyatga moslashuvchanlik va safarbarlik; loyihaviy: ijtimoiy faoliyat jarayonida o’z-o’zini anglash, individual xulq-atvor strategiyalarini tanlay olish; interiorizatsiya: ijtimoiy faoliyatning asosiy me’yorlarini qabul qilish va faoliyatda namoyon etish 1.6. Xorijiy mamlakatlarda boshlang’ich ta’lim-tarbiya tizimi yuzasidan qisqacha izoh. Download 481.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling