Pedagogika fanining maqsadi va predmeti


Ilmiy tadqiqot metodlaring tavsifi


Download 21.5 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi21.5 Kb.
#192303
1   2
Bog'liq
Pedagogika 14 bilet

Ilmiy tadqiqot metodlaring tavsifi.

1.Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha. Har qanday fan o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali u o‘z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda va obyektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o‘rgatish

va qanday o‘rgatish kerak, kimni qanday tarbiyalash lozim degan

masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim – degan muammolar o‘rtasida dialektik birlik mavjuddir.

Pedagogika o‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida

mavjud pedagogik hodisa hamda jarayonlarni uning maqsadi va

vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o‘rganadi. Shu

ma’noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh

avlodni tarbiyalash, bilim berish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo’lmagan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari hamda vositalari majmuini tushunamiz. Pedagogika o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va

ularning mohiyatini quyidagicha o‘rganishni nazarda tutadi:

1) ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi hamda o‘zaro

ta’sir jarayonida bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, fan, madaniyat, axloq

va san’at, ta’lim-tarbiyaning qayerda amalga oshirilishidan qat’iy

nazar uzviy aloqada bo’lishi;

2) ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etish

jarayonida vujudga keladigan o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalari,

metodlarining o‘zgarishi, hamma bolalarni bir xil andozada o‘qitish

va tarbiyalash mumkin emasligi;

3) bolalarning o‘sishida ularning o‘ziga xos xususiyatlarini

hisobga olish, aqliy va xulqiy faoliyat, so‘z va ish birligi mezonlariga

tayanish;

2

Bog’cha  yoshidagi  bolalarning  ehtiyojlari  va  qiziqishlari  jadal  ravishda  ortib 

boradi.  Bu  avvalo  keng  doiraga  chiqish  ehtiyoji,  munosabatda  bo’lish,  o’ynash 

ehtiyojlarinig  mavjudligidir.  Bog’cha  yoshidagi  bolalar  nutqni  bir  muncha  to’la 

o’zlashtirganlari  va  haddan  tashqari  harakatchanliklari  tufayli  ularda  o’zlariga  yaqin 

bo’lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bo’lish ehtiyoji tug’iladi. Ular 

tor  doiradan  kengroq  doiradagi  munosabatlarga  intila  boshlaydilar.  Ular  endi  quni-

qo’shnilarning bolalari bilan ham jamoa bo’lib o’ynashga harakat qiladilar. 

Hamma narsani bilib olishga bo’lgan ehtiyoj kuchayadi, bog’cha yoshidagi bola 

tabiatiga xos bo’lgan kuchli ehtiyojlardan  yana biri, uning har narsani  yangilik  sifatida 

ko’rib, uni har tomonlama bilib olishga intilishidir. 

Bog’cha  yoshidagi  bolalar  hayotida  va  ularning  psixik  jihatidan  o’sishida 

qiziqishning roli kattadir. Qiziqish xuddi ehtiyoj kabi, bolaning biror faoliyatga undovchi 

omillardan  biridir.  Shuning  uchun  ham  qiziqishni  bilish  jarayoni  bilan  bog’liq  bo’lgan 

murakkab psixik hodisa desa bo’ladi. 

Bolaning  kamol  topishida  qiziqishning  ahamiyati  shundaki,  bola  qiziqqan 

narsasini  mumkin  qadar  chuqurrok,  bilishga  intiladi  va  uzoq  vaqt  davomida  qiziqqan 

narsasi bilan shugullanishdan zerikmaydi. Bu esa o’z navbatida bolaning diqqati hamda 

irodasi kabi muhim xislatlarni o’stirishga va mustahkamlashiga yordam beradi. 

Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati o’yindir. Bog’cha yoshidagi 

bolalarning o’yin -faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda ko’p olimlarning diqqatini 

o’ziga jalb qilib kelmoqda. 

Bog’cha  yoshidagi  bolalar  o’zlarining  o’yin  faoliyatlarida  illam  qadamlar  bilan 

olg’a  qarab  borayotgan  sermazmun  hayotimizning  hamma  tomonlarini  aks  ettirishga 

intiladilar. 

Ma’lumki,  bolaning  yoshi  ulg’ayib,  mustaqil  harakat  qilish  imkoniyati  oshgan 

sari, uning atrofidagi narsa va hodisalar bo’yicha dunyoqarashi kengayib boradi. 

Bog’cha  yoshidagi  bola  atrofidagi  narsalar  dunyosini  bilish  jarayonida  shu 



narsalar  bilan  bevosita  amaliy  munosobatda  bo’lishga  intiladi.

3

Ekologik ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifa va maqsadlari insonni tabiat bilan va unda sodir bo’layotgan voqeliklar bilan qiziqtirish, inson, tabiat o’rtasidagi muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, echish yo’llari, chora-tadbirlarini topish yetarli ekologik bilimlarga ega bo’lgan holda atrof muhit muhofazasini amalga oshirishdir. Ekologik ta’lim tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Jamiyat va tabiatning rivojlanish qonunlari; ular o’rtasidagi munosabatlarni chuqur o’rgatish va zamonaviy fikrlay oladigan shaxsni tayyorlash;

  2. Ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish va ishlab chiqarish kuchlarini yo’naltirishda turli tabiiy hududlarning ekologik holatini biladigan va kelajakning ekologik rejasini tuzadigan avlodni tayyorlash;

3. Har bir inson, jamiyat va jamiyat ichidagi turli guruhlar, toifalar, sinflarning o’zlari yashab turgan tabiat, uning boyliklarni saqlashga xizmat qiladigan yoshlarni etishtirish;

4. Jamiyat a’zolariga o’zlarining ijtimoiy, madaniy, diniy qarashlari va urf-odatlarini rivojlantirishda yashab turgan joy, vodiy, adirlar, tog’larning go’zalligi, ularning inson xayoti va saloamatligidagi ahamiyatini tushuntirish ishlarini olib borish.

Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda bog’cha tarbiyachilari, maktab va o’quv yutrlari o’quvchilari, turli o’yinlar, kinotfilmlar orqali tabiiy va ijtimoiy fanlarni o’tishda o’zlari yashab turgan joydagi tabiiy voqelik va ekologik holatlarga bog’lab, ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishi xamda darslar o’tishi kerak.

Ekologik ta’lim asosida inson, jamiyat a’zolarini tabiat va uning boyliklarini saqlash, tejamkorlik bilan foydalanishda to’g’ri va oqilona yo’l tutishi, amaliy ishlarni muhit muammolarini echishga bag’ishlashi, shaxsning ekologik ta’limoti, tarbiyasi va madaniyatiga befarqdir.
Download 21.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling