Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari Pedagogika fanining maqsadi


Download 110.5 Kb.
bet8/9
Sana07.03.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1245807
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pedagogikaning umumiy komponentlari

Pedagogik ko‘zatish- odatda tabiiy ko‘zatish orqali o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalardagi o‘zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini belgilash uchun qo‘llaniladi. Bu metod tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni ko‘zda tutib idrok etish tashqil etadi. Bunda ko‘zatishlar tezligi va soni, ko‘zatish ob’ekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni ko‘zatish uchun ajratiladigan harakteristika va hokazolar hisobga olinadi.
Suhbat metodi- so‘rashning bir turi bo‘lgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko‘rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita aloqada bo‘li shvaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan erkin muomala formasida qo‘llaniladi.
Suhbat metodida- maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar jamoasi bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan,yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo‘llaniladi. Suhbat metodidan farq qilib intervyu olish metodi savollarni oldindan belgilangan izchillikda intervyu yo‘li bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so‘rash nazariyasi va praktikasi intervyu tashqil etishning ko‘p usullari mavjud:
- guruhlar bilan;
- intensiv;
- sinash va h.k.
Pedagogik so‘rash metodi - tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu metodning asosini tashqil qiladi. So‘rash savollarning mantiiqIy o‘ylangan sistemasini,ularning aniq ifodalanishini, nisbatan kamchiligi (3-5ta) nazarda tutiladi. Shuningdek, qat’iy formadagi javobni («ha», «yo‘q») ham taqozo etishi mumkin.
Test sinovlar metodi- bu yozma javoblarning ommaviy ravishda yig‘ib olish metodidir. Test sinovlarini(anketalarini) ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon. Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilayotgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Odatda test savollarining ma’lumotlarini kompyuterda matematik statistika metodlari bilan ishlashga imkon beradigan qilib to‘ziladi.

Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling