Pedagogika fanining rivojlanish tarixi
Download 167.48 Kb.
|
1427769403 60970
Pedagogika fanining rivojlanish tarixiPedagogika tarixi qadim zamonlardan tortib, to hozirgi kungacha bo’lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o’rganib keldi. Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning xayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog’liqlir.Axloqan pok va yetuk insonlarni tarbiyalash masalasini muvafaqiyatli hal etishda xalqimizning tarixiy an’analari, ma’naviy boyliklari, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ilmiy me’roslari va tarixiy – tarbiyaviy tajribalarini o’rganib chiqish, ularning yutuqlarini hayotga, ta’lim – tarbiya ishlariga tadbiq etishning ahamiyati kattadir. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti A.I.Karimovning qo’yidagi so’zlari alohida e’tiborga loyiqdir.«Naslu nasabini bilmagan kishi inson sanalmaydi. Necha yillar bizni tariximizdan, dinimizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar. Ammo biz hurriyatni orzu etishdan, hurriyat uchun kurishishdan charchamadik. Maslagimizni naslu nasabamizni doimo yodda saqladik.Ulug’ bobokalonlarimiz ruhiga, bashariyat tarixi va madaniyati xazinasiga katta xissa qo’shgan ulug’ ajdodlarimizga, ular qoldirgan ulkan merosga munosib bo’lish istagi jamiyatimiz a’zolari orasida keng yoyilishi, har bir fuqaroning ongidan mustahkam joy olishi – bu ham yangi zamonning muhim xususiyatidir».1991 yilga kelib O’zbekiston xalqi mustaqillikka erishgach, o’zining yangi milliy Qomusi asosida hamma sohada bo’lganidek, o’zbek milliy fani va madaniyati, «Pedagogika tarixi»ga ham yangicha yondoshish imkoniyati tug’ildi.O’tmishda progressiv pedagoglar va atoqli mutafakkirlar pedagogikaga doir muhim fikrlarni aytib qoldirganlar, bularni o’rganish pedagogika tafakkurining o’sishiga, pedagoglik madaniyatining ortishiga imkon beradi.Pedagogika tarixi jamiyat taraqqiyoti qonunlariga suyangan holda turli pedagogik nazariyalarni, ta’lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini o’rgatadi. O’tmishning pedagogik sistemalarida bo’lgan ilg’or va progressiv fikrlarning hammasidan ijodiy foydalanadi.Pedagogika tarixan ijtimoiy fandir. U tarixiy pedagogika xodisalariga davr talabi asosida yondoshadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarda xilma-xil bo’lganligini ochib beradi, ilg’or qarashlarning taraqqiyot yo’lini ko’rsatib beradi.Pedagogika tarixi fani quyidagi fanlar bilan uzviy aloqadadir: 1.pedagogika 2.psixologiya 3.madaniyat tarixi 4.O’zbekiston tarixi 5.jahon xalqlari tarixi 6.falsafa 7.etnografiya 8.arxeologiya 9.ahloqshunoslikBiz pedagogika tarixi fanini o’rganish va tahlil qilishda : 1.qadimgi yozuvlar, 2.bitiklar, 3.qo’lyozma yodgorliklari, 4.sharq mutafakkirlarining ilmiy – ma’naviy me’rosi, xalq og’zaki ijodi, 5. muqaddas kitoblar, 6. pandnomalar, 7.dasturlar, 8.o’quv qullanmalari va darsliklar, 9.xalq maorifi masalalariga oid materiallar, matbuot materiallari, 10. prezident Islom Karimovning ta’lim-tarbiyaga, oir asarlariga asoslanamiz.Eramizdan oldingi ming yillik o’rtalarida oromiy, Aleksandr Makedonskiy istilosidan so’ng esa yunon, shuningdek, forsiy mixxat yozuvlari ham ma’lum vaqtlarda qo’llanilib kelgan. Eramizdan oldingi birinchi ming yillik o’rtalariga kelib, oromiy yozuvi negizida Avesto, Xorazm, So’g’d, Kushon, Run (Urxun-Enisey), uyg’ur va boshqa yozuvlar paydo bo’ladi va ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.Download 167.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling