Pedagogika fanlarni o`qitish metodlari va ulardan foydalanishning zarur shartlari mundarija: Kirish i-bob Ta’limni rivojlantirish bosqichida pedagogik texnologiyalarning mohiyati


Download 78.2 Kb.
bet1/11
Sana05.05.2023
Hajmi78.2 Kb.
#1429702
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi Farrux


Pedagogika fanlarni o`qitish metodlari va ulardan
foydalanishning zarur shartlari


MUNDARIJA:


Kirish


I-bob Ta’limni rivojlantirish bosqichida pedagogik texnologiyalarning mohiyati

1.1 Pedagogik texnologiyada dars o`tish metodikasi


1.2 Pedagogik texnologiyalarning turlari


II-bob Pedagogika fanlarini o’qitishdagi metod va usullari

2.1 Mavjud shart-sharoyitlardan kelib chiqib metod va usullardan


foydalanish
2.2 Ta’lim samaradorligini oshirishning interfaol usullaridan
foydalanish yo’llari.


Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar


K I R I SH

Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, talim muammolariga oid maruzalar,


rasmiy hujjatlarda "yangi pedagogik texnologiya", "ilg’or pedagogik
texnologiya", "zamonaviy pedagogik texnologiya" iboralari keng qo’llanilmoqda.
Aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiya asosida o’qitishni boshqa
yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi. Ta’lim maqsadlari, uning
mazmuni, o’qitish va ta’lim berish metodlari, nazorat va natijalarni baholashni
o’zaro aloqada va bir-biri bilan bog’liqlikda loyihalash- ko’pincha ananaviy
o’quv jarayonida yetishmaydigan narsalardir.
Pedagogik adabiyotda pedagogik texnologiyaga berilgan boshqa ta’riflar
(V.Bespalko, V.Guzeev, V.Slastenin, B.Lixachev, İ.Volkov, M.Choshanov,
M.Klarin, İ.Lerner, Ch.Yudin va boshqalar) ham keltiriladi, ammo ularning
birortasi YuNESKO tarifi darajasiga ko’tarila olmaganlar. Aytib o’tilgan olimlar
orasida pedagogik texnologiya to’g’risidagi axborotni MDX mamlakatlari,
jumladan, O’zbekistonda tarqalishida V.P.Bespalko va M.V.Klarinlarning tasiri
kuchliroq. M.V.Klarin pedagogikadagi texnologik yondashuvning tarkibiy
tuzilishi va mazmuni to’g’risida birmuncha to’laroq ma’lumotlarni e’lon qilgan.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion
texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida
qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan – kunga kuchayib bormoqda, bunday
bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi –
talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy
texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil
o’rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi – talaba asosiy figuraga aylanadi.
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan
biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan
o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari
kengroq foydalanmoqdalar.
Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil
qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya
qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib,
rivojlanib boradi.
Ushbu masalalar bizning kurs ishining dolzarbligi bo’lib
hisoblanadi.

Download 78.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling