Pedagogika I


Download 41.99 Kb.
bet2/3
Sana02.04.2023
Hajmi41.99 Kb.
#1319568
1   2   3
Bog'liq
Dars ishlanma

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Ishni
2. Savol-javob:

1. Massa deb nimaga aytiladi?
2. Masssaning asosiy birligi nima? Qo’shimcha birliklar haqida ham ma’lumot bering.
3. Massani o’lchash uchun qanday asbobdan foydalaniladi? Tarozining qanday turlarini bilasiz?
4. O’lchash aniqligi va o’lchash chegarasi nima?
5. Prujinali tarozining ishlash prinsipini tushuntiring. 6. Pallali tarozining ishlash prinsipini tushuntiring.

3. Yangi mavzu bayoni:
Kerakli asboblar: Shayinli tarozi toshlari bilan, stakan, suv, massasi o‘lchanishi kerak bo‘lgan kub, shar, silindr shaklidagi jismlar.

Ishni bajarish: 1. Shayinli tarozining tuzilishi, turli massaga ega bo‘lgan tarozi toshlari bilan tanishish

2. Jism massasini o‘lchashdan oldin tarozi muvozanatga keltiriladi. Lozim bo‘lsa, pallalarga qog‘oz parchalari qo‘yiladi.

3. Massasi aniqlanadigan jismni tarozining chap pallasiga, toshlarini o‘ng pallasiga qo‘yiladi.

4. Tarozini buzib qo‘ymaslik uchun toshni taxminan jism massasiga yaqinrog‘ini tanlab qo‘yiladi. Juda ko‘p farq qiluvchi toshni qo‘yganda tarozining og‘ishi chegaradan chiqib ketishi mumkin.

5. Tarozi pallasiga hol, iflos, issiq jismlarni qo‘yish mumkin emas. Unga suyuqlikni bevosita quyish, idishsiz sochilib ketuvchi narsalar (shakar, tuz)ni ham solish mumkin emas.

6. Tarozida faqat uning pasportida yozilgan yukdan ortiqcha yukni tortish mumkin emas.

7. Kichik massali toshchalarni faqat pinset (mo‘ychinak) yordamida idishidan olib pallaga qo‘yiladi. Chunki qo‘l bilan ushlansa, qo‘ldagi nam va yog‘ tosh chaga o‘tib, uning massasiga ta’sir qilishi mumkin. 8. Pallaga qo‘yilgan tosh yengil bo‘lsa, unga chamalab yengilroq toshdan boshlab qo‘shib borish kerak.

9. Tarozi muvozanatga kelib, strelkasi nolni ko‘rsatsa yoki u pallalar qo‘yilgan tomonlarning ko‘rsatkich uchlari bir to‘g‘ri chiziqqa kelsa, palladagi toshlar massalarining yig‘indisi hisoblanib yozib olinadi.

10. Tarozida suvsiz bo‘sh stakan massasi mst. tortib olinadi

11. Stakanni palladan olib, unga ma’lum miqdorda suv quyiladi.

12. Suvli stakanni tarozi pallasiga qo‘yib, massasi mst.suv o‘lchanadi.

13. msuv = mst.suv mst formuladan stakandagi suv massasi hisoblanadi.


Download 41.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling